29-dars(9-amaliy mashg’ulot) ط to, ظ zo va


Download 55.66 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi55.66 Kb.
#1615682
1   2
Bog'liq
6-mavzu-1

51- tamrin.Quyidagi so‘zlarni o‘qing va yozing.
شاعر، شُروع، طوطی، دِفاع، وَسیع، ظاهر، عِمارت، ساعت، طاوُس، شعر، شُعبه، ظُلُم، عِلم، جُمعه، بَعد، لُطف، علی، تعطیل ، طُلوع، عادل، علیکم، جمع، عِبادت، شاعر، لفظ، الفاظ.
52- tamrin. Quyidagi so‘zlarni forscha yozing.
Lafz, defo‘, to‘lu, zoher, so‘at, o‘li, jo‘me’, tuti, sho‘er, zo‘lm, ba’d, taraf, zarf, vasi’,jam’ .
Marhamat so‘zi haqida
Marhamat so‘zi qo‘llanish holatiga qarab bir necha xil tarjima qilinadi. Agar siz ishora bilan suhbatdoshingizga o‘tirishni taklif qilsangiz فرمودن farmudan fe’li 2-sh.bir. qo‘llaniladi. فرمودن (فرما) farmudan (farmo) – buyuring بفرمایید befarmoid – marhamat. بفرمایین اینجا befarmoin injo – marhamat, bu yerga keling. بفرمایید تو befarmoid tu – marhamat ichkariga kiring. بفرمایید که befarmoid ke – marhamat, ayting. بله بفرمایید bale, befarmoid – allo, eshitaman (tel. orqali). Xushmuomalalik bilan aytilganda. خواهش می کنم xohesh miko’nam – iltimos. بنویس خواهش می کنم benavis xohesh miko’nam – iltimos yoz. javobi: خیلی ممنون xeyli mamnun – katta rahmat خواهش می کنم xohesh miko‘nam – marhamat.
Ko‘pgina rasmiy va norasmiy holatlarda لطفاً lo‘tfan so‘zi marhamat o’rnida ishlatiladi. Bu so‘zdan so‘ng albatta fe’l kelishi kerak. لطفاً سیگار نکشید lo‘tfan sigor nakashid – iltimos, chekmang. لطفاً به مادرش تلفن بکنید lo‘tfan be modarash telefo‘n beko’nid – iltimos, uning onasiga telefon qiling. لطفاً بلند بخوانید lo‘tfan bo‘land bexonid – iltimos, balandroq o‘qing. Xizmat qiladiganlar bilan suhbatlashganda لطف کردن lo‘tf kardan fe’li ishlatiladi قهوه لطف کنید یه ye qahve lo‘tf ko‘nid – iltimos qahva keltiring,آقای احمدی لطف کنید Og‘oye Ahmadi lo‘tf kardid – janob Ahmadiy marhamat qilingiz.
53- tamrin. Quyidagi gaplarni o‘zbek tiliga tarjima qiling.
بیا اینجا، خواهش میکنم. بفرمایید تو . بُرُو خانه اش . نترس ، اینجا که چیزی نیست. خواهش می کنم، از من چیزی نپرس. امشب گردش کن. زود باش، قاشُق و بشقاب بیار. لطفاً آب سرد نخورید. یه لیوان آب جوشیده لطف کنید. پیش من بیا، زود باش. بلند بشوید. آب سرد نخور. امروز کار کن، استراحت نکن. لطفاً دست راست بروید. یه قاشق دیگه، لطف کنید. بفرمایید سر میز. بفرمایید که خودش کجاست؟ بله، بفرمایید ، خواهش میکنم که به او نگو.
So’zlarni o’zlashtiring.
روزنامه اطلاعات
خبرنگاران با بیان مطلب بالا افزوده: توسعه خانه های عالم، مراکز تلیغی در مناطق محروم به ویژه مناطق روستایی، گسترش کمی و کیفی تبلیغات دینی، تولید و اراٸه پر حجم محصولات فرهنگی و دینی، از دیگر اولویت های امسال این سازمان است.
خبرنگاران xabarnegor -korrespondent مطلب matlab-mavzu
فزوده afzude- ko’paytirib, oshirib توسعه to’usee-kengaytirish
مراکز تلیغیmarokezi tablog’i- propaganda markazlari مناطق manoteq- mintaqah, joy
ویژهvije-maxsus مناطق روستایی manoteq rustoiy-qishloq joylar
کیفی Kayfi-sifatli گسترش go’staresh- kegayish تولید to’ulid-ishlab chiqarish
اراٸهiroye- ko’rsatish فرهنگی farhangi-madaniy پر حجم po’r hajm-ko’p, mahsuldor
اولویت o’ulaviyat -yutug’i, afzalligi امسال amsol- joriy yil
سازمانSozmon-birlashma
عموم مردم،umume mardo’m-barcha xalq اطلاعات etteloot- xabarlar
Savollar:
1.Arab tiliga xos harlar nimasi bilan farqlanadi?
2. Arab tiliga xos harlar nima uchun fors tiliga qo’llaniladi?
3. Ayn so’z boshi qaysi tovushlarni ifodalaydi?
4. Ayn so’z o’rtasida qaysi tovushlarni ifodalaydi?
5. Ayn so’z oxirida qaysi tovushlarni ifodalaydi?
6. Farmudan fe’li qanday ma’nolarda qo’llaniladi?
7. lo’tfan so’zidan so’ng qanday fe’llar qo’llash mumkin?
Download 55.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling