29-dars(9-amaliy mashg’ulot) ط to, ظ zo va
Download 55.66 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-mavzu-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayn harfining yozilishi va tilaffuzi. Ayn harfining xususiyatlari. Marhamat so‘zi haqida.
29-DARS(9-amaliy mashg’ulot) ط TO, ظ ZO VA عAYN HARFLARI Reja: To harfining yozilishi va tlaffuzi. Zo harfining yozilishi va tilaffuzi. Ayn harfining yozilishi va tilaffuzi. Ayn harfining xususiyatlari. Marhamat so‘zi haqida. Tayanch so‘zlar: To, zo, ayn, arab tiliga xos harflar, ayn ma’noni farqlaydi, tutuq belgisi. طTo, ظzo va عayn harflari To harfi «t» undoshini ifodalaydi. Bu harf o‘zbek tilida yo‘q. Uning talaffuzi «t» tovushini aytishda til orqasini yumshoq tanglay tomon yaqinlashtirish orqali hosil qilinadi. Shu sabab bu harfning talaffuzi qattiq bo‘ladi va o‘zbek tilidagi «t»dan farqlanadi. Shuning uchun bu harfning tagiga chiziqcha qo‘yamiz (t) va eski o‘zbek yozuvidagi «te»dan shu tomoni bilan farqlaymiz. To harfi muttasil harflar sirasiga kiradi va ikki xil yozilish shakliga ega. Harfning hamma shakllari satr chizig‘i ustida yoziladi va boshqa harflar bilan ulanishida harfning shakli o‘zgarmaydi. T o harfi somiy tasviriy yozuvdagi tayt – kalava shakli asosida yaratilgan. To harflari ikki element asosida yoziladi. Satr chizig‘ida yoziladigan qismi sod, zod harflarining so‘z boshidagi ko‘rinishiga, ikkinchi unsuri alif harfining yuqoridan pastga yoziladigan ko‘rinishidir. Talaba, tabobat, xat, Tohir kabi so‘zlarning yozilishida qo‘llaniladi.
ط ط طط طط ططط ططط طرف قطب طاهر لطفی لطافت لطف خطا طبیب طلبه طبابت خط طاهر خطات خطر شرط لفظ ظلم ظلمت وظیفه تلفظ ظبط نظر کاظم ظریف حافظ نظامی ظهور منظور لحظه غلیظ اظهار انطزام منظوره ناظم نظام ظاهر ظفر ظفرنامه ظرافت نظم لفظ الفاظ
Ayn harfi xuddi g‘ayn harfidek yoziladi. Faqat nuqtasi bo‘lmaydi. Ayn, to, zo harflari faqat arab tilidan kirgan so‘zlarda uchraydi. Ayn harfi esa arab tilidan kirib kelgan maxsus tovushni ifodalaydi. Arab tilida ayn jarangli, portlovchi, bo‘g‘iz tovushi bo‘lib, fors tilida bu tovush o‘z talaffuz xususiyatini bir muncha yuqotgan holda ishlatiladi. Fors tilida aynning quyidagi xususiyatlari bor: a) So‘z oxirida kelib ma’noni farqlaydi; من man – men, منع man’– man qilish, زر zar – zar, oltin زرع zar’– ekin,فر far – hashamat,فرع far’ – o‘sish, ko‘payish; b) so‘z boshida kelganda ayn harfiga qo‘yilgan harakat talaffuz etiladi; علم ‘elm – ilm, عمر o’mar – umar, عقرب aqrab – chayon, عادل odel – odil. v) so‘z o‘rtasida yoki oxirida kelganda unli tovushdan so‘ng kelganda unga ta’sir qilib, cho‘ziqroq talaffuz etishga ishora qiladi: تعلیم ta’lim(taalim), دفاع defo‘ (defoo), تعطیل ta’til (taatil). g) So’z boshida alif bilan kelib „О” deb o’qiladi: عالم عاشق عاقل عادت A yn, g‘ayn va yevropacha „О” harflari somiy tasviriy yozuvdagi ayn – ko‘z shakli asosida hosil qilingan. Download 55.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling