2
Kirish
Qishloq xo'jaligi ASMning ikkinchi guruhini tashkil etadi.
Qishloq
xo'jaligining ikki muhim tarmog'i - dehqonchilik va chorvachilikda insonlar
uchun kundalik zaruriyat bo'lgan oziq-ovqat, sanoat uchun xomashyo
mahsulotlari yetishtiriladi.
Xomashyolar sanoatda
mehnat predmeti, ularga ishlov beriladigan
mashinalar
esa mehnat vositasi hisoblansa, qishloq xo`jaligida mehnat
predmeti ham, mehnat vositasi ham yer hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida
hosildorlik ko`p jihatdan yerning holatiga bo`g`liq. Shu
sababli melioratsiya
tadbirlari o`tkaziladi.
Melioratsiya - yerning holatini
yaxshilash uchun tekislash, sug'orish,
sho'rni yuvish, nihol o'tqazish, tuproq hosildorligini oshirish kabi
tadbirlar
yig`indisi. O'simliklarning o'sishi va hayvonlarning rivojlanishi tabiat
qonunlariga bo'ysunadi. Shu bois, qishloq xo'jaligida ko'pgina ishlar
mavsumiydir.
Mamlakatimizda qishloq xo`jaligi texnika bilan yaxshi ta`minlangan.
Dehqonchilik va chorvachilikdagi sermehnat ishlarni mashinalar bajarmoqda.
Ko`p ish
jarayonlari elektrlashtirilgan, kimyoviy o`g`itlardan, o`simlik
zararkunandalariga qarshi zaharli kimyoviy moddalardan hamda chorva
mollari kasalliklariga qarshi kurash vositalaridan keng foydalanilmoqda.
Shuningdek, kartoshka, sabzavotning serhosil, tashishga chidamli navlari
ekila boshlandi. Bog'dorchilikda ishlov berish hamda terishga qulay meva
navlari yaratildi. Natijada qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va
tayyorlash texnologiyasida tub o'zgarishlar ro'y berdi,
mehnat unumdorligi
ortdi. Bu hodisa «Yashil inqilob» deb baholanmoqda.