O’zbekiston qishloq joylar geografiyasi Mundareja: Kirish


Qishloq xo`jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o`rni


Download 473.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana28.03.2023
Hajmi473.46 Kb.
#1301645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbekiston qishloq joylar geografiyasi1

Qishloq xo`jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o`rni. 
Qishloq xo`jaligi ASMning muhim bog`lovchi bo`g`ini hisoblanadi. U 
nafaqat agrosanoat majmuasida, balki milliy iqtisodiyotda alohida o`rin tutadi. 
Darhaqiqat, qishloq xo`jaligi O`zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmog`i 
hisoblanib, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 64 foizi qishloq joylarida 
istiqomat qiladi. YAIMning 27-30 foizi, iqtisodiy faol aholining deyarli 40 
foizi, valyuta tushumlarining qariyb uchdan biri, ichki tovar aylanmasining 70 
foizdan ortig`i ushbu sektor hissasiga to`g`ri keladi.
Agrar sohada iqtisodiy o`sish sur`atlari 2000-2004 yillarda yiliga 
o`rtacha 6,2 %, jumladan, dehqonchilikda 7,2 % va chorvachilikda 5,0 foizdan 
iborat bo`lgan. Demak, agrar sohada iqtisodiy o`sishga dehqonchilik salmoqli 
ta`sir ko`rsatgan. Qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz oziq-
ovqat mustaqilligini mustahkamlashga yanada qulayroq shart-sharoitlar 
yaratmoqda. 2005 yilda oldingi yilga nisbatan paxta xom ashyosi yetishtirish 
126,1, meva va sabzavot yetishtirish-110,5, uzum-143,9, go`sht ishlab 
chiqarish-106,4, sut ishlab chiqarish-106,2, tuxum ishlab chiqarish-113,9, jun 
tayyorlash-106,8 foizga ko`paydi.
.
Agrar sektorda iqtisodiy o`sish dinamikasi. 
Tarmoqlar 
2000 
2001 
2002 
2003 
2004 
Qishloq xo`jaligining 
YAIMdagi ulushi 
30,4 
30,0 
30,6 
28,6 
26,8 
Qishloq xo`jaligi yalpi 
mahsuloti 
103,2 104,5 
106,1 
107,3 
110,1 


20 
Dehqonchilik 
103,1 106,5 
110,1 
103,4 
113,2 
Chorvachilik 
103,0 101,9 
102,0 
111,3 
106,8 
 
 
Ma`lumki, yer va suv resurslari agrar sektorning asosiy ishlab chiqarish 
vositalari hisoblanadi. O`zbekistonda yerlarning 72 foizi qishloq xo`jaligida 
turli yo`nalishda foydalaniladi hamda respublika suv limitining 86 foizi agrar 
sektorda ishlatiladi. Vatanimiz yer yuzasidagi sug`orma dehqonchilik hamda 
chorvachilikning eng qadimiy mintaqalaridan biri. Uning qulay tabiiy 
sharoitiga muvofiq tarzda xalqimizning mehnat ko`nikmasi tufayli 
O`zbekiston paxta, pilla, qorako`l terisi, mayiz, qovun va boshqa mahsulotlar 
yetishtirish bilan jahonga dong taratgan. 
Yaqin o`tmishda mamlakat qishloq xo`jaligi bir tomonlama 
rivojlantirilgan, "O`zbekiston-mamlakatning asosiy paxta bazasi" shiori 
amalda edi. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yilidanoq, paxta yakka- 
hokimligini bartaraf etishga kirishildi va "g`alla mustaqilligi"ni ta`minlash 
maqsadida dastur ishlab chiqildi. Paxta yakkahokimligiga barham berilib, don 
va boshqa ozuqa ekinlari maydonlari kengaytirildi. 2005 yilda 1,5 mln. ga 
maydonga boshoqli don ekinlari ekildi. 6,4 mln. t. boshoqli don, jumladan, 5,9 
mln. tonnadan ko`proq bug`doy hosili yig`ib olindi. 

Download 473.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling