O’zbekiston qishloq joylar geografiyasi Mundareja: Kirish


Qishloq xo’jaligining ahamiyati va joylashish xususiyatlari


Download 473.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana28.03.2023
Hajmi473.46 Kb.
#1301645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbekiston qishloq joylar geografiyasi1

Qishloq xo’jaligining ahamiyati va joylashish xususiyatlari. 
Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida qishloq xo`jaligi sohasi 
ham o`ziga xos o`rinini egallaydi va ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Yer yuzida qishloq xo`jaligi, hech bo`lmaganda uning biron-bir sohasi 
bilan shug`ullanmaydigan mamlakatni uchratish mushkul bo`lsa kerak. 
Ma’lumki, qishloq xo`jaligi aholining turli-tuman noz-ne`matlari, qator sanoat 
tarmoqlarini esa xom ashyo bilan ta`minlab turadi. Qishloq joylarda amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlar 
natijasiga 
suyanish 
zamonaviy 
agrotexnikadan keng foydalanish, seleksiya va urug`chilik va dehqonchilik 
madaniyatida jahondagi ilg`or tajribalaridan oqilona foydalanish tufayli 
qishloq xo`jaligining aksariyat tarmoqlarida yutuqlar qo`lga kiritilmoqda.
Qishloq xo`jaligi sohasida ishlab chiqarish darajasini yuksaltirish 
iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda mustaqil O`zbekiston 
oldida turgan qator muhim vazifalarni hal etishga imkon yaratdi. Qishloq 
xo`jaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish darajasiga qarab 
mustaqil respublikamizning kelajagi qanday bo`lishi aniqlanadi.
Shunga ko`ra mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida moddiy ishlab 
chiqarish sohasining yirik mexanizatsiyalashgan tarmog`i bo`lib hisoblangan 
qishloq xo`jaligiga e’tibor kuchayib bormoqda. Qulay tabiiy sharoit, 
mehnatsevar xalqimizning malakasi qishloq xo`jaligi oldida turgan ulkan 
vazifalarni 
muvaffaqiyatli 
bajarish 
imkonini 
beradi. 



Mustaqillikning o`tgan davri ichida mamlakatimizning turli jabxalarida 
bo`lgani kabi qishloq xo`jaligida ham tub o`zgarishlar ro`y berdi. Eng avvalo 
o`lkamizning iqtisodiy mustaqilligini va aholi turmushi farovonligi darajasini 
ko`tarish, jahon andozalariga mos keladigan qishloq xo`jaligi ishlab 
chiqarishini vujudga keltirish va birin-ketin hayotga tadbiq etila boshladi. 
Natijada o`tmishdan qolgan boshqaruv uslubiga asoslangan davlat xo`jaliklari 
tugatilib, qishloq xo`jaligi sohasida faoliyat ko`rsatishi lozim bo`lgan jamoalar 
qayta tashkil etildi. Ular o`rniga bozor munosabatlariga mos keladigan shirkat 
xo`jaliklari, fermer xo`jaligi va dehqon xo`jaligi tizimi tarkib topdi. Ishlab 
chiqarishni tashkil qilishning aynan shu ko`rinishi Respublika qishloq 
xo`jaligining asosiga aylandi. 
2006- yil ma’lumotlariga qaraganda qishloq xo`jaligiga (o`rmon 
xo`jaligi qo`shib hisoblanganda ) ish bilan band bo`lgan barcha aholining
33,6 foizi to`g'ri keladi. 




Download 473.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling