29-Ma’ruza suyuqliklarning xossalari Reja: Suyuqliklarning issiqlik sig’imlari


-rasm SUYUQLIKLARNING BUG‘LANISHI VA QAYNASHI


Download 2.26 Mb.
bet3/3
Sana09.10.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1695740
1   2   3
Bog'liq
29-мавзу

5-rasm
SUYUQLIKLARNING BUG‘LANISHI VA QAYNASHI
Suyuqliklarning sirt tarangligi tufayli suyuqlik sirtidagi har bir molekula suyuqlik hajmidagi molekulalarga tortilib turadi. Suyuqlik sirtidan tashqariga chiqish uchun suyuqlik molekulalari sirt taranglik kuchining qarshiligi engish kerak. Suyuqlik molekulalarining to’xtovsiz issiqlik harakati tufayli ayrim molekulalar to’qnashuv paytida shu kuchlarni engib chiqadigan energiyaga ega bo’ladi va suyuqlik sirtidan chiqib ketadi. SHu jarayonga suyuqlikning bug’lanishi deyiladi. Bug’lanish har qanday temperaturada ham bo’lishi mumkin. Bug’lanish jarayonida energiyasi katta molekulalar suyuqlik sirt taranglik kuchini engib chiqib ketib qolganliklari uchun suyuqlikda energiyasi kichik molekulalar qoladi, ya’ni bug’lanish jarayonida sovish ro’y beradi. Suyuqlik bug’lanish jaryonida sovimasligi uchun unga tashqaridan energiya berib turish kerak. Temperaturaning ko’tarilishi bilan bug’lanish intensivligi ortadi.
To’yingan bug’ zichligining ortishi bilan suyuqlikning sirt taranglik koeffitsienti ham kamayadi. CHunki suyuqlik sirtidagi molekulalar bilan ta’sirlashuvchi bug’ molkulalarining soni ortadi. Kritik temperaturaga yaqin temperaturalarda to’yingan bug’ning zichligi deyarli suyuqlik zichligiga tenglashib, kritik temperaturada esa ular o’rtasida farq qolmaydi. Kritik temperaturadan yuqori temperaturalarda esa suyuqlik shu suyuqlikni tashkil etuvchi ximiyaviy elementlar gaziga aylanadi.
SHunday qilib, suyuqlik bug’i uni tashkil etuvchi element gazidan farq qilib, birinchi yaqinlashuvdagina bug’larga gaz qonunlarini qo’llash mumkin.
O’zgarmas tashqi bosimda massa birligidagi suyuqlikni butunlay bug’ga aylantirish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdoriga bug’lanishning solishtirma issiqligi deyiladi. Bu kattalik turli xil suyuqliklar uchun turlicha bo’lib, temperaturaga bog’liq.
Agar bug’lanayotgan fazoda shunday markazlar bo’lmasa kondensatsiya bo’lmaydi va bunday bug’larga o’ta to’yingan bug’lar deyiladi. Kondensatsiyalanish jarayonida bug’lanish uchun sarflangan energiya qayta chiqariladi.
Suyuqliklarning bug’lanishi bilan to’yingan bug’ning bosimi orta boradi va u tashqi bosimga teng bo’lganda qaynash ro’y beradi. Qaynash paytida suyuqlikning butun hajmi bo’ylab bug’lanish bo’ladi. Qaynash to’yingan bug’ bosimining tashqi bosimga teng bo’lgan temperaturada ro’y beradi. Bu temperaturaga qaynash temperaturasi deyiladi.
SHunday qilib, qaynash deb qizdirilayotgan suyuqlikning to’yingan bug’ining bosimi tashqi bosimga teng bo’lgan paytda suyuqlikning barcha hajmi bo’ylab bug’lanish ro’y berishiga aytiladi. Tashqi bosimning o’zgarishi bilan qaynash temperaturasi ham o’zgaradi. Uning ortishi bilan qaynash temperaturasi ham ortadi va aksincha.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling