Ammo bu OT larda ko‘pgina muhim utilitalar mavjud emas (m-n, UNIX dagi shell kabi komanda protsessori). Mijozlarni (klientlarni) qo‘llash NetWare va Windows NT ShK tarmoqlariga xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lgani uchun, ular asosiy (klient) mijoz OT lari: MS-DOS, Win 3x, Windows 95, Windows NT Workstation, OS/2, Macintosh System 75. mijoz sifatida ikki tizimning ba’zi versiyalari ham qo‘llanadi, ammo hammasi ham har doim joyida emas. Etalon (namuna) sifatida NetWare 4.1 bilan “shaffof” integratsiyaga ega bo‘lgan SCO UNIX Ware2.1 xizmat qiladi. UNIX asosida qurilgan tarmoqlarda, shu vaqtgacha, mijoz OT ni quvvatlash jiddiy masala edi (UNIX asosidagi mijozlarni hisobga olmaganda). Ammo hozir deyarli barcha UNIX versiyalar. DOS/Win mijozlari bilan integratsiya vositalariga egadir. Undan tashqari, Windows 95 va Windows NT Workstation endi Stp, telnet, ping, Internet Explorer va boshqa ilovalar bilan birga chiqarilmoqda. Albatta, bu juda ko‘p sonni tashkil etmaydi, va shu bilan birga –ularning ba’zilari imkoniyatlari, to‘g‘risini aytganda, juda katta emas. Narhi Albatta birinchi marta qaraganda, eng arzon tarmoq OT Windows NT ga o‘xshaydi, undan keyingi o‘rinda NetWare, va ularning ichida eng qimmati UNIX bo‘lib ko‘rinadi (prays list ma’lumotlariga ko‘ra ham). Ahvol shunaqa, ammo biz shuni ta’kidlab aytamizki xarajatlar, siz qanday xizmat va ilovalarga ega bo‘lmoqchisiz va tizimni qanday yuritmoqchi ekanligizga bog‘liqdir. Tejamkorlik har doim ham yaxshi natijaga olib kelmaydi. Tarmoq OT ni, moliyaviy tomonini esdan chiqarmasdan turib, funksional imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tanlash kerak. Agar, siz Windows NT asosida geterogen tarmoq qurmoqchi bo‘lsangiz, har xil firmalardan talay turli dasturlarni sotib olish kerak (ba’zi vaqtda ular bir-biri bilan yaxshi kelisha olmaydi). Bu esa o‘z navbatida qimmatga tushadi (Windows NT prays-listida ko‘rsatilganga nisbatan). Bu holda, NetWare holati yaxshiroq, chunki turli tarkibli tizimlar integratsiyasi uchun dasturlarning to‘liq spektrini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |