29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish


Ustav kapitaliga ulush sifatida olingan asosiy vositalar


Download 1.58 Mb.
bet12/56
Sana23.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1652513
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
Bog'liq
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish

Ustav kapitaliga ulush sifatida olingan asosiy vositalar. Korxonaning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘yilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati ob’ektning korxona ta’sischilari bilan kelishilgan pul bahosidir.
Korxonaning ustav kapitaliga pulsiz ulushlarni baholash ko‘p hollarda korxonaning tashkiliy huquqiy shakllariga bog‘liq.
Chunonchi, mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitaliga ulush sifatida kiritiladigan asosiy vositalarning qiymat bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi (2001 yil 6 dekabrdan 310-P-son “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasi).
Aksiyadorlik jamiyatlarining nizom jamgarmasiga hissa sifatida kiritiladigan asosiy vositalarni baholashda shuni yodda tutish lozimki, agar jamiyatning shu yo‘sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariniig nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, asosiy vositalarning puldagi bahosini mustaqil baholovchi (auditor) chiqarishi kerak. Bu narsa 1996 yil 26 apreldagi 223-I-son “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan.
Tekinga olingan asosiy vositalar. Korxona tomonidan hadya shartnomasi va tekinga olishning boshqa hollari bo‘yicha olingan asosiy vositalar ob’ektining dastlabki qiymati bo‘lib uning kirim qilish sanasiga bo‘lgan qiymati yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymati hisoblanadi (21-son BHMS 5-bandi).
Soliq solish maqsadida tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritiladi (Adliya vazirligida 2002 yil 13 martda 1109-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)ga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 10 “d”-bandi).
Ko‘chmas mulk ob’ektlari buxgalteriya hisobiga faqat ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlabgina olinishi kerak. Bunda korxonaning barcha xarajatlari, shu jumladan, huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish va maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish asosiy vositalar ob’ektining dastlabki qiymatiga kiritiladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling