29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish
YIL UChUN QAYTA BAHOLAShGA MISOL
Download 1.58 Mb.
|
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalar nomi Xarid qilingan sanasi 1.01.2020 yilga dastlabki (tiklanish)
- 6-ust. x 7-ust.) 1.01.2018 yilga
- Asosiy fondlar nomi Summa, so‘m Debet
- Balansda qanday aks ettiriladi
- 15.9. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishini hisobga olish
3 YIL UChUN QAYTA BAHOLAShGA MISOL
Qayta baholash natijasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: asosiy vositalar (0100), moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar (0300), kapital qo‘yilmalar (0800), o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni (0700) hisobga olish schyotlari debeti - asosiy vositalar ob’ektlarining dastlabki (tiklanish) qiymatini qo‘shimcha baholash summasiga; asosiy vositalar eskirishini hisobga olish schyotlari krediti (0200) - asosiy vositalarning va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirishini qo‘shimcha baholash summasiga; 8510-«Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti krediti - asosiy fondlar ob’ektining dastlabki (tiklanish) qiymatini qo‘shimcha baholash va jamlangan eskirishi summalari o‘rtasidagi farq summasiga. Misolimizda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari quyidagicha bo‘ladi:
Balansda qanday aks ettiriladi? 1 yanvar holatiga ko‘ra qayta baholash natijalarini qayta baholash o‘tkazilgan joriy davr uchun moliyaviy hisobotda aks ettiring. Bu 2020 yil yanvarda o‘tkazilgan qayta baholash natijalari 2020 yil uchun hisobotda uni tuzish chog‘ida (2020 yil I choragi uchun hisobotda uni tuzuvchilar uchun) aks ettirilishi kerakligini anglatadi. Ular 2019 yil uchun hisobotda aks ettirilmaydi. Shu tariqa, 2019 yil uchun moliyaviy hisobotda asosiy fondlar qiymati yil oxiriga qayta baholashsiz aks ettiriladi. 2020 yil uchun moliyaviy hisobotda ushbu qiymat yil boshiga qayta baholash natijalarini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi. O‘tgan yil oxiridagi va hisobot yili boshidagi ma’lumotlarning bunday nomuvofiqligi 2020 yil uchun moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida tushuntirib berilishi lozim. 15.9. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishini hisobga olish Quyidagi xo‘jalik operatsiyalari natijasida asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aktivlari tarkibidan chiqib ketadi: sotilganda; undan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra hisobdan chiqarilganida; chet xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va shaxslarga bepul berilganida; boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shilganida; moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra topshirilganida; kamomad yoki yo‘qotish aniqlanganida. Asosiy vositalar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati asosiy vositalarni hisobga olishning tegishli schyotlari kreditidan 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» schyoti debetiga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni chetga sotishdan tushgan tushum 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» schyoti krediti bo‘yicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» va 0990-«Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari» schyotlari bilan korrespondensiyada aks ettiriladi. Asosiy vositalar chiqib ketganida ular bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi 0210-0290-schyotlari debetidan 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» schyoti kreditiga hisobdan chiqariladi. To‘liq amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalarning sotilishidan ko‘rilgan foyda (zarar) asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati, QQS (faqat QQS to‘lovchilari uchun) hamda sotish xarajatlari va tushumlariga to‘g‘rilangan, oyning 1-sanasiga hisoblangan eskirish o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Misol. «MALIKA» hissadorlik jamiyatida may oyida asosiy vosita hisobdan chiqarildi: balans qiymati 120000 so‘m, eskirish qiymati 30000 so‘m. Asosiy vositaning sotish qiymati 80000 so‘m. Moliyaviy natijani aniqlab, muomalaga quyidagicha provodka beramiz: ♦ dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga: D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 200000 so‘m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 200000 so‘m. ♦ balans qiymati hisobdan chiqarildi: D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 120000 so‘m K-t 0130-«Mashina va jihozlar» -120000 so‘m. ♦ eskirish qiymati hisobdan chiqarildi: D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 so‘m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so‘m. ♦ QQS hisoblab yozildi. QQS summasi asosiy vositalarning shartnomaviy qiymati va qoldiq qiymati o‘rtasidagi farqdan aniqlanadi. Soliqqa tortiladigan oborot 200-(120-30)=110000 so‘mdan iborat. QQS= 110000*20/100=18300 so‘m; D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 18300 so‘m K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» -18300 so‘m. ♦ Asosiy vositani sotishdan foyda olindi (200000+30000- 120000-18300)=91700so‘m: D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 91700 so‘m. K-t 9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan foyda» - 91700 so‘m. To‘liq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni bepul berishdan ko‘rilgan zararlar mazkur asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati hamda berilgan oydan oldingi oyning 1-sanasiga hisoblab yozilgan va berayotgan taraf tomonidan to‘lanadigan QQS summasiga ko‘paytirilgan eskirish o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Misol. Boshlang‘ich qiymati 70000 so‘m bo‘lgan stanok boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektga bepul berilgan, eskirish summasi-30000 so‘m. Bunda asosiy vositalarning qoldiq qiymati QQSga tortish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi, ya’ni 70000-30000=40000 so‘m. Hisoblab yozilgan QQS summasiq40000*20/100=6700 so‘m. Asosiy vositani bepul berishdan ko‘rilgan zarar summasi quyidagiga teng: 70000-6700-30000=33300 so‘m. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodka beramiz: ♦ balans qiymati hisobdan chiqarildi: D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 70000 so‘m K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 70000 so‘m. ♦ eskirish qiymati hisobdan chiqarildi: D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 so‘m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so‘m. ♦ QQS hisoblandi: D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 6700 so‘m K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» - 6700 so‘m. ♦ Stanokni bepul berishdan zarar ko‘rildi (70000-6700- 30000)^33300 so‘m: D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 33300 so‘m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 33300 so‘m. Mol-mulkni bepul berishdan ko‘rilgan zararlar teskari hisoblash yo‘li bilan berayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi. Asosiy vositalar boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitaliga badal sifatida kiritilishi mumkin. Misol. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitaliga boshlang‘ich qiymati 350000 so‘m bo‘lgan, 500000 so‘m shartnoma bahosiga ega bo‘lgan hamda eskirishi 140000 so‘m bo‘lgan stanokni ulush sifatida kiritdi. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodkalar beriladi: ♦ Boshlang‘ich qiymatni hisobdan chiqarish: D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 350000 so‘m K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 350000 so‘m. ♦ eskirish qiymati hisobdan chiqarildi: D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» -140000 so‘m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 140000 so‘m. ♦ shartnomaviy bozor bahosi bo‘yicha uzoq muddatli investitsiyal ar: D-t 0620-0690-«Uzoq muddatli investitsiyalar» - 500000 so‘m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 500000 so‘m. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling