29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish


Nomoddiy aktivlarni ulush sifatida berish


Download 1.58 Mb.
bet52/56
Sana23.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1652513
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish

Nomoddiy aktivlarni ulush sifatida berish. Nomoddiy aktivlar ularni ustav kapitaliga ulush sifatida berayotgan tashkilot balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi. Ayrim holatlarda boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga nomoddiy aktivlar boshqa qiymatda, ya’ni, balans qiymatidan farqlanadigan qiymat bo‘yicha ulush sifatida kiritishlari mumkin. Nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) ta’sis shartnomasiga yoki qonun hujjatlarida belgilangan boshqa tartibga muvofiq baholangan qiymat bilan rezerv kapitalni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldo)ga tuzatilgan, ustav kapitaliga ulush sifatida berish xarajatlarini hisobga olgan holda berilayotgan nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymati o‘rtasidagi farq, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu ob’ektini avvalgi qo‘shimcha baholashlar summalarining mazkur ob’ektni avvalgi arzonlashtirishlar summasidan oshishi sifatida belgilanadi.
Tashkilotlarda ulush sifatida ustav kapitaliga berish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ta’sis shartnomasiga muvofiq yoki qonun hujjatlariga ko‘ra boshqa hujjatga binoan belgilangan qiymat bo‘yicha ulush sifatida berish:
uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga olish hisobvarag‘i (0600) debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
b) nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati hisobdan chiqarilganda:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i (0400) krediti;
v) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganida:
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga olish hisobvarag‘i (0500) debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
g) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berish xarajatlari:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
materiallarni (1000), xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni (6700), sug‘urtalash va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni (6500) hisobga olish hisobvaraqlari va boshqa tegishli hisobvaraqlarning krediti;
d) rezerv kapitalni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlar ushbu ob’ektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
8510-“Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘i debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
e) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan foyda summasiga:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
9320-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvarag‘i krediti;
j) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan zarar summasiga:
9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag‘i debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti.
Ta’sischilar chiqayotganda nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish. Nomoddiy aktivlar tashkilotning balansidan ta’sischilar yuridik shaxsning ta’sischilar tarkibidan chiqayotganda nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi. Ta’sischilar yuridik shaxsning ta’sischilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) ularning ulushi bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarzni hisob-kitob qilish uchun nomoddiy aktivlarning berilayotgan qiymati bilan rezerv kapitalni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldo)ga tuzatilgan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymati o‘rtasidagi farq, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu ob’ektini avvalgi qo‘shimcha baholashlar summalarining mazkur ob’ektni avvalgi arzonlashtirishlar summasidan oshishi sifatida aniqlanadi.
Berilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati ularning ulushi bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz summasidan oshib ketsa, farqni chiqib ketayotgan ishtirokchilar qoplaydi.
nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarni ularning ulushlari bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarzni hisob-kitob qilish uchun berish:
6620-“Ularning ulushlari bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz” hisobvarag‘i debeti - ularning ulushlari bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz summasiga;
turli debitorlarning qarzini hisobga olish hisobvarag‘i (4800) debeti - berilayotgan nomoddiy aktivlar qiymati bilan ularning ulushlari bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz summasi o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadigan, chiqib ketayotgan ishtirokchilarga qoplash summasiga;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti - ularning ulushlari bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun nomoddiy aktivlarning berilayotgan qiymati summasiga;
b) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab yozilganda:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisobvarag‘i krediti;
v) nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati hisobdan chiqarilganida:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i (0400) krediti;
g) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganida:
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga olish hisobvarag‘i (0500) debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
d) rezerv kapitalni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy ob’ektlar ushbu ob’ektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
8510-“Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘i debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
e) ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlar chiqib ketishidan foyda summasiga:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
9320-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvarag‘i krediti;
j) ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlar chiqib ketishidan zarar summasiga:
9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag‘i debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling