29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish


Download 1.58 Mb.
bet50/56
Sana23.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1652513
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish

Boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga sotish hollarida:
Dt 5110 Kt 4010 Tushum summasiga
Dt 9220 Kt 6410 QQS summasiga
Dt 9220 Kt 0400 Nomoddiy aktivning boshlang‘ich
qiymati bo‘yicha hisobdan chiqarilishi
Dt 0500 Kt 9220 Hisoblangan eskirishning hisobdan
chiqarilishi
Dt 9220 Kt 9320 Sotishdan ko‘rilgan foyda
Boshsa jismoniy va yuridik shaxslarga tugatish hollarida:
Dt 9220 Kt 0400 Nomoddiy aktivning boshlang‘ich
qiymati bo‘yicha hisobdan chiqarilishi
Dt 0500 Kt 9220 Hisoblangan eskirish
Dt 9220 Kt 6710,6520 Tugatishga oid xarajatlar
Dt 9430 Kt 9220 Tugatishdan ko‘rilgan zarar
Dt 1040 Kt 9320 Temir tersaklarning kirim qilinishi
Boshqa jismoniy va yuridik shaxslargatekinga berish hollarida:
Dt 9220 Kt 0400 Boshlang‘ich qiymati summasiga
Dt 0500 Kt 9220 Eskirish summasiga
Dt 9220 Kt 6410 QQS summasiga
Nomoddiy aktivlarning sotilishi va tekinga berilishiga oid oborotlar QQSga tortiladi. Tekinga berish vaqtida QQS to‘lovchisi bo‘lib, uni beruvchi tomon hisoblanadi (qabul qiluvchi tomon foyda solig‘ini to‘laydi).
Shuni ta’kidlash kerakki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar odatda huquqiy himoya qilinadigan va litsenzion shartnomalar bilan rasmiylashtiriladigan nomoddiy aktivlar ob’ektlarini emas, balki ulardan foydalanishga oid huquqni sotadilar. Bunday hollarda nomoddiy aktivlar qiymati va ularning eskirish summasi o‘zgarmaydi va sotish hisobvarag‘i bo‘yicha faqatgina tegishli nomoddiy aktivlar ob’ektlariga bo‘lgan huquqni sotishdan tushgan tushum summasigina aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarni tugatishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlar va ularni tugatishga doir xarajatlar qoldiq (balans) qiymatining rezerv kapitalni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldo)ga tuzatilgan summasi, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu ob’ektini avvalgi qo‘shimcha baholashlar summalarining uni avvalgi arzonlashtirishlar summasidan oshishi sifatida belgilanadi.
Nomoddiy aktivlar chiqib ketishidan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlayotganda ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivlarni qo‘shimcha baholash summasining qoldig‘i, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu ob’ektini avvalgi qo‘shimcha baholashlar summalarining bu ob’ektni avvalgi arzonlashtirishlar summasidan oshishi boshqa aktivlar chiqib ketishini hisobga olish hisobvarag‘i kreditiga kiritilib, ayni vaqtda 8510-“Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘i bo‘yicha rezerv kapital kamaytiriladi.
Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan sabablar bo‘yicha chiqib ketgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2005 yil 25 martdagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Nomoddiy aktivlar” Buxgalteriya hisobi milliy standarti (7-son BHMS) (ro‘yxat raqami 1485, 2005 yil 27 iyun - O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005 yil, 25-26-son, 188-modda) kuchga kiritilguniga qadar, 8510-“Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘ida hisobga olingan, chiqib ketgan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldo), ya’ni ushbu nomoddiy aktivlarni avvalgi qo‘shimcha baholashlar summalarining ularni avvalgi arzonlashtirishlar summasidan oshishi 8520-“Rezerv kapital” hisobvarag‘iga ko‘chiriladi. Shu munosabat bilan, tashkilotlar 8510-“Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘ida hisobga olinadigan qayta baholash natijalari (saldo)ni, ya’ni avvalgi qo‘shimcha baholashlar summalarining avvalgi arzonlashtirishlar summasidan oshishini quyidagi ikki qismga bo‘lishlari kerak: balansda qayd etilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha va “Nomoddiy aktivlar” 7-son BHMS kuchga kiritilguniga qadar chiqib ketgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha qayta baholash natijalari (saldo) bo‘lib aks ettiriladi.
Bu «Nomoddiy aktivlar» buxgalteriya hisobi milliy standartining 47-48 bandlarida va «Nomoddiy aktivlarni baholash, Intellektual mulkni baholash» standartlarida ham o‘z ifodasini topgan. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishning moliyaviy natijalari balansdagi va soliqqa tortiladigan foydaning miqdoriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda hisobdan chiqarish dalolatnomasi (NMA-3 shakl) tuziladi. Uni hujjatda nomoddiy aktivlarni xo‘jalikdan chiqarish sababi, balans qiymati, amortizatsiya meyori, amortizatsiyaning jami qiymati ko‘rsatiladi. Nomoddiy aktivlar belgilangan xizmat muddatlari davomida amortizatsiyalanib boradi va xizmat muddati tugagandan so‘ng to‘liq amortizatsiyalanib hisobdan chiqariladi.
Bu aktivlar boshqa aktivlardan farqli o‘laroq to‘liq amortizatsiyalangandan so‘ng ulardan qayta foydalanilmaydi va qoldiq qiymati nolga teng bo‘ladi.
Nomoddiy aktivlar to‘liq amortizatsiyalanganda hisobdan chiqarish quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi;
Debet: 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti
Kredit: 0410-0490 «Nomoddiy aktivlar» schyoti.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, nomoddiy aktivlar bo‘yicha «Schyotlar rejasi»da ma’lum yangi schyotlar kiritish zaruriyati kelib chiqmoqda. Bizning fikrimizcha, schyotlar rejasiga alohida «Patentlarni sotilishi va hisobdan chiqarilishi» (9230) deb nomlangan schyotni kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi, Natijada bir vaqtning o‘zida patentning amortizatsiyalanish qiymati buxgalteriya yozuvlarida alohida aks etgan bo‘lur edi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:
Debet: 0510 -«Patentning amortizatsiyasi» schyoti
Kredit: 9230-«Patentlarni sotish va hisobdan chiqarilishi» schyoti
Patentlarni hisobdan chiqarishda «Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» (NMA-3 shakl) bilan birga tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar ham asos bo‘ladi. Nomoddiy aktivlarni sotish ya’ni realizatsiya qiymati bu-bitim (shartnoma) tuzilayotgan paytida manfatdor taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summa hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar xizmat muddati davomida hisobdan chiqarilib, uchinchi bir yuridik yoki jismoniy shaxslarga sotilganda olingan daromad yoki zarar nomoddiy aktivning balans (qoldiq) qiymati o‘sishidagi tafovut sifatida belgilanadi. U «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»da (2-shakl) daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi. Yangi schetlar rejasiga muvofiq nomoddiy aktiv ob’ektlarni sotishdan olingan daromad (foyda) «Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimdan olingan foyda» (9320) schyotining «Nomoddiy aktivlarning sotilishi va turli chiqimdan olingan foyda» (9321) schyotida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet: 9220–«Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimlari» schyoti
Kredit: 9320–«Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimdan olingan foyda» schyoti
Nomoddiy aktivlarning sotilishi jarayonida olingan foydani to‘g‘ri hisobga olish maqsadida 9321 schetning «Nomoddiy aktivlarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda» schyotini taklif etamiz.
Nomoddiy aktivlarni sotilishidan ko‘rilgan zararlarni (9432) «Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va turli chiqimi bo‘yicha zararlar» schetida aks ettiriladi:
Debet: 9220-«Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimi»
Kredit: 9432–«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va turli chiqimi bo‘yicha zararlar» schyoti.
Ushbu masalalarni quyidagi misollarda ko‘rib o‘tamiz.
Korxona tuzilgan shartnomaga muvofiq kompyuter uchun dasturiy ta’minot sotib olgan. Olingan dasturiy ta’minot balans qiymati –200000 so‘m, foydali hizmat muddati –5 yil. Bu ob’ekt 4 yildan so‘ng boshqa yuridik shaxsga sotiladi. Yillik amortizatsiya me’yori 20 foiz yoki dastur 4 yilda 80 foiz (4y*20foiz)ga amortizatsiyalangan;

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling