29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish
Download 1.58 Mb.
|
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish
Mualliflik huquqlari- musiqa, adabiyot, ilmiy, tasviriy sanat asarlariga takdim etiladigan mualliflik himoyasidir. Mualliflik huquqi sohiblariga o‘z ishlarini nashr qilish, qayta nashr qilish va ko‘paytirish, ko‘chirma nushalarini sotish, yozib olish huquqi beradi.
Mualliflik huquqi qiymati tannarx qoidasiga binoan o‘lchanadi, deb faraz qilinadi. U ko‘pincha butun amal qilish muddati mobaynida iqtisodiy qiymatga ega bo‘lmaydi va uning qiymati mualliflik huquqiga oid ishning daromad keltira boshlashi ko‘tilayotgan davr davomida amortizatsiya qilinishi lozim bo‘ladi. Ammo u har qanday holatda ham butun amal qilish muddatidan ortiq vaqt davomida (muallifning hayot ekanligi davrining yana 50 yil) amortizatsiya qilinmasligi kerak. Gudvill - korxonani xarid qilish chog‘ida yuzaga keladi va sotib olinayotgan korxona uchun haq hamda uning sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi (bozor) qiymati o‘rtasidagi farq Eng ommaviy tarqalgan va oddiy aktivlar bo‘lib gudvill (firma bahosi) hisoblanadi. U o‘zida firmaning aniqlanadigan aktivlaridan olinishi ko‘tilayotgan daromadlariga qo‘shimcha ravishda daromadlarning ko‘payishiga olib keluvchi firmaning imidji natijasida yuzaga kelgan qimmatlikni aks ettiradi. Gudvill, faqat, bir xo‘jalik yurituvsi sub’ekt ikkinchi-sini sotib olgan hollardagina ro‘yxatdan o‘tkaziladi. U sotib olish dalilisiz ham amal qilishi mumkin, biroq buxgalteriya hisobida, bir korxona boshqasini sotib oladigan bo‘lsa yeki ularning ko‘shilishi yuz beradigan bo‘lsagana tan olinadi. Gudvill (firma bahosi)"ning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2005 yil 25 maydagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standartiga (7-BHMS) "Nomoddiy aktivlar"ga (2005 yil 27 iyunda 1485-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ("O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2005 yil, 25-26-son, 188-modda) muvofiq amalga oshiriladi. (O‘zR AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MV Buyrug‘i taxriridagi band) Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling