29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish


Download 1.58 Mb.
bet47/56
Sana23.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1652513
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish

S= n (n+1) / 2.
bunda n – amortizatsiya ob’ekti faoliyat ko‘rsatadigan yillar soni.
Jadallashtirilgan amortizatsiyaning qoldiqni kamayib borish usuli (Declining-balance mehtod)- sonlar yig‘indisi usuli tamoyil-lariga asoslangan bo‘lib, har qanday qat’iy me’yor qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa ham, lekin to‘g‘ri chiziqli usulda foydalangan me’yorga nisbatan ikki marotaba ko‘paytirilgan me’yor qo‘llaniladi. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning kumulyativ usuli, ya’ni yillar summasi usuliga ko‘ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Kumulyativ usulda amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi nomoddiy aktivning tugatish qiymati chegirilgan holda boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan hamda suratida nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa – nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati yillari soni yig‘indisining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Masalan, ARTYeL korxonasi ACYeR tovar belgili noutbuklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Kompaniyadan tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqni sotib oldi va tovar belgisini sotib olish kunidagi dollar kursiga muvofiq ravishda uning so‘mdagi hajmi qo‘shimcha xarajatlari bilan birga 750 mln. so‘mni tashkil etdi. Mazkur vaziyatda ushbu nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati 750 mln. so‘mni, besh yillik foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati 7,5 mln. so‘mni, xizmat muddati esa 5 yilni tashkil etsin.
Ushbu tovar belgisi uchun amortizatsiyani kumuyativ usul bo‘yicha hisoblash vaziyatini ko‘rib chiqamiz.
Kumulyativ usul maxraji foydali foydalanish yillari soni yig‘indisiga, surati esa teskari tartibda xizmati oxirida qoladigan yil soniga teng bo‘lgan hisob-kitob koeffitsiyentini aniqlashga asoslangan. Ushbu koeffitsiyent foydalanishning turli davrlarida turlicha bo‘ladi, lekin o‘zgarmas amortizatsiyalanadigan qiymatga qo‘llanadi. Kumulyativ usul qo‘llanilganda birinchi yillardagi amortizatsiya summasi keyingi yillarnikiga qaraganda ancha katta bo‘ladi.
Nomoddiy aktivdan foydalanish yillari sonlarining yig‘indisi (kumulyativ son) 15 ga teng: (1+2+3+4+5). So‘ngra har bir kasr (5/15, 4/15, 3/15, 2/15, 1/15) ni 742 500 000 so‘m (750 000 000 – 7 500 000 = 742 500 000) miqdoridagi amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirgan holda har yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi.
Ushbu vaziyatda amortizatsiya ajratmalari jadvali quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling