29-mavzu. Yaponiya soliq tizimi
Download 34.77 Kb.
|
29-yaponiya mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqq dortiladigan daromad (ien)
- Yaponiyada jismoniy shaxslar uchun daromad solig’i bo‘yicha soliqqa tortiladigan eng kam miqdorini hisoblash tartibi
- Daromad solig’ining xususiyatlari (1)
- Daromad solig’ning xususiyatlari (2)
- Daromad solig’ning xususiyatlari (3)
- Mol-mulk solig’i
- Meros solig’i .
* asosiy chegirma
SHaxsiy daromad solig’ini hisoblash
Jismoniy shaxslar uchun daromad solig’iga nisbatan soliqqa tortiladigan eng kam miqdorni hisoblash tizimi quyidagi jadvalda berilgan: Yaponiyada jismoniy shaxslar uchun daromad solig’i bo‘yicha soliqqa tortiladigan eng kam miqdorini hisoblash tartibi
Daromad solig’ni hisoblash uchun, soliq to‘lovchining turli manbaalardan olgan daromadlari qo‘shiladi va so‘ngra daromadning umumiy summasidan turli chegirmalar ( ijtimoiy sug’urta badallari, xayotiy sug’urta va nafaqa fondi, tibbiy hizmatlarga ketadigan harajatlar hamda nogironlar qariyalar, bevalar uchun maxsus chegirmalar) inobatga olingan holda soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdor chegirib qolinadi. Yaponiyada 4 kishidan iborat bo‘lgan oyla uchun soliqqa tortilmaydigan eng kam daromad qiymati AQSH, Germaniya, Angliya, Frantsiya kabi mamlakatlarga nisbatan ancha yuqoridir. Daromad solig’ining xususiyatlari (1) Soliq to‘lovchilar: jismoniy shaxslar Soliq davri: Kalendar yil (1 yanvardan 31 dekabrgacha) Soliq stavkasi: 4 guruh (10%, 20%, 30%, 37%) 15% foizdan olingan daromad va dividend daromadi Soliqqa tortiladigan daromad 10 kategoriya Foiz daromadi 2. Dividend daromadi Mulk daromadi 4. Bizness daromadi Mehnat daromadi 6. Nafaqa daromadi Yog’och daromadi 8. Kapital foydasi 9. Tasodifiy daromad 10. Aralash daromad Daromad solig’ning xususiyatlari (2) SHaxslarning jamlangan daromadiga soliq. (Istisno: nafaqalik daromadi, yog’och daromadi, foiz, divident va boshqalar) O‘z-o‘zini baholash tizimi (Soliq to‘lovchilar o‘zlarining jami soliqlarini keyingi yilning 16 fevralg’ va 15 martigacha topshirishlari kerak. To‘lov muddatiga binoan: keyingi yilning 15 martigacha (qayta to‘lov: bir yilda 2 marotaba (31 iyulg’ va 30 noyabrg’) Soliq ushlash tizimi keng qo‘llaniladi (mehnat daromadi, foiz daromadi, dividend daromadi va b.q) Daromad solig’ning xususiyatlari (3) Ushlab qolish va soliqdan ozod qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi. Meditsina xarajatlariga ushlab qolish 100000 dan oshiќ meditsina xarajatlari (maksimum 2 mln.) Sotsial sug’urta mukofotlardan ushlab qolish Hayotni sug’urta qilish mukofoti (maksimal 100000) Er –xotinlardan ushlab qolish(380000) Qaromog’ida bo‘lganlardan ozod qilish (har biriga 380000) Soliqqa ozod qilish asosi (380000) Mol-mulk solig’i: Soliqlarning ikkinchi guruxiga mol-mulk soliqlari kirib, ularni Rossiyadan farqli o‘laroq, xuquqiy va jismoniy shaxslar bir xil stavka bo‘yicha to‘laydilar. Odatda bu mol-mulk qiymatidan 1,4 foizga teng bo‘ladi, uch yilda bir marta qayta baxolanadi. Soliq solish oboektiga butun ko‘chmas mulk, bank depozitlari bo‘yicha foizlar kiradi. Soliqlar shuningdek, mulkning bir egadoridan boshqasiga o‘tayotgan paytdan yaoni mulkni harid qilish va sotish paytida ham to‘lanadi. Meros solig’i . Meros solig’i milliy soliq turiga kirib boyliklarni qayta taqsimlash hisobiga undiriladi. Soliq to‘lovchilar mulkni Meros yoki vasiyat orqali oladigan shaxslar hisoblanadi. Soliq ob’yekti olinadigan mulkning yalpi qiymati hisoblanadi. Soliqdan ozod qilish asoslari: 50 mln. (10 mln * qonun bilan o‘rnatilgan Merosxo‘rlar soni hisobga olinadi. Soliq stavksi progressiv (10% -50%) da undiriladi. Soliqqa tortish tizimi Meroslik boshlanishidan 10 oy ichida amalga oshiriladi. Download 34.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling