290 “cho‟l zonasida joylashgan shaharlar rekreatsion hududlari landshaft dizayni”
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
A.A. Saidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism.
Kalit so‟zlar: cho’l hududlar, rekreatsion zonalar, o’simliklar, butalar.
Key words: desert areas, recreational zones, plants, bushes. Kirish. Respublikamizning aynan cho‘l hududlarining shaharlarda ana shunday rekreatsion zonalarni tashkil etish, nafaqat tashkil etish b alki to‘g‘ri yechimli landshaft dizayni qo‘llay olish asosiy masalalardan biridir. O‘zbekiston 291 hududida ham rekreatsion zonalarni tashkil etishda asosiy e‘tiborni ekologiya muammosiga qaratish foydadan holi bo‘lmaydi. Sanoat, transport va qishloq ho‘jaligining jadal rivojlanishi sharoitida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishdek keng qamrovli vazifalar bunda katta ahamiyat kasb etadi. Parklarni rekreasion xizmat ko'rsatadigan markazlar vazifasini bajaruvchi shahar atrofidagi manzilgohlarida loyihalash, u aholi joylashuvining lokal (mahalliy) tizimlarida (ichki xo'jalik, xo'jaliklararo va h.k.) bo'lishi maqsadga muvofiq. Rekreasion landshaftni loyihalashtirishda ko'chatlar sonini elementlar bo'yicha qayta taqsimlab chiqish mumkin. Ko'chatlardan unumliroq foydalanish maqsadida ularni markazni shakllantiruvchi jamoat binolari oldidagi hiyobonlar (bog'lar), turar- joy guruhlari va turar- joy uylarining o'rtasida joylashtirish cho‘l zonasida yaxshi tashkil qilinmagan. Bulvarlar tuzilishini transport yo'llari bo'lmagan joylarga, asosiy piyoda harakati yo'nalishlariga moslash lozim. Bir piyoda yo'lkasi bulvarlar kengligi kamida 1m bo'lishi kerak. Kengligi 100 m va undan katta bo'lgan sanitar-himoya hududida kengligi kamida 50 m bo'lgan, 100 m gacha kenglikdagi hududda esa qanday o‘lchamdagi daraxt-buta ko‘chatzor ko'zda tutishimiz lozim. Asosiy qism. Kuchli shamol, bo'ron, garmselga duch keluvchi cho'l hududidagi loyihalashtiriluvchi shahar rekreasion landshafti uchun shamol ko'proq esadigan tomondan eni 50 m bo'lgan daraxtlar majmuini barpo etish ko'zda tutiladi. Bunday daraxtlar majmuasi o'tkazish imkoni bo'lmaganda ob-havo injiqliklariga bardosh beruvchi va turli hil boshqa tabiiy noqulayliklarga bardosh bera oladiganlarini tanlab olishimiz kerak. Cho‘l hududidagi shaharlar rekreasion landshaftini tashkil etishda, o‘simliklar guruhini turkumlar ekanmiz, ularning o‘sish tezligi va noqulay sharoitga chidamliligiga e‘tibor qaratishimiz lozim. Shu sababdan ham tez o‘suvchi o‘simlik turlarini sekin o‘sadiganlar bilan yoki yorug‘likni sevuvchilar bilan yonma yon joylashtirib bo‘lmaydi. Shu bilan birgalikda yorug‘likni sevuvchi butalarni zichtomirlari bor daraxtlar ostiga ekish tavsiya etilmaydi. Landshaft kompozisiyalarini shakllantirishda daraxtsimon butalarning yoshi va o‘sish tezligini inobatga olgan holda, hududning nisbatan yorug‘lik ko‘p tushadigan qismini aynan yorug‘lik 292 sevuvchi o‘simlik, daraxt, buta va chala butalar bilan loyihalashtirish to‘g‘ri bo‘ladi. Bular: eman, klen, shum tol,oddiy qarag’ay , qora ol’ha va boshqa yorug‘sevarlar bo‘lib, o‘ziga mos hududda yahshi natija beradi. Nisbatan soya ko‘proq tushuvchi joylarga esa soyaga chidamli bo‘lgan o‘simliklar sohta kashtan, archa, chinor, do’lana, shilvi va kalian daraxt yoki butalari bilan hudud landshaftini tashkillashtirish lozim. Loyihalashtirishda dekorativ effektga tezroq erishish uchun esa asosa quyidagi o‘simlik turlaridan foydalanish lozim: qayrag’och, shumtolbargli va tatar zarang, majnuntol, yashil shumtol, tikanli ar cha, oddiy qarag’ay, oq akasiya, do’lana, bog’ yasmini va jiydalardan foydalangan ma‘qul. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling