290 “cho‟l zonasida joylashgan shaharlar rekreatsion hududlari landshaft dizayni”


Lyossli cho„l yoki efemer cho„l o„simliklari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana03.11.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1743026
1   2   3   4
Bog'liq
A.A. Saidov

Lyossli cho„l yoki efemer cho„l o„simliklari. Efemer cho‗llar O‗rta Osiyoning 
qalin soz tuproq (lyoss) qatlamlari mavjud bo‗lgan sharqi va janubidagi tog‗ 
etaklaridag
i tekisliklarda tarqalgan. Ular Mirzacho‗lda, Zarafshon vodiysida, Badxiz 
cho‗lida, Kopetdog‗ oldida, Murg‗ob — Amudaryo oralig‗ida, Тoshkent yaqinidagi 
Keles tekisligida, shuningdek, Qashqadaryo hamda Surxondaryoning tog‗oldi 
hududlaridagi qalin lyossli y
erlarda uchraydi. O‗rta Osiyoning efemer cho‗llarida 
rang va qo‗ng‗irbosh boshqa o‗simliklarga qaraganda ko‗p uchraydi. Bu yerda 
boychechaklar, ayiqtovon, arpag‗on, mortuq, chitir, lolalar va boshqa ba‘zi 
o‗simliklar o‗sadi. 
Тo„qay o„simliklari. O‗rta Osiyoning tekislik qismidagi daryo vodiylarida
ko‗llar bo‗yida to‗qay o‗simliklari ko‗p o‗sadi. Bu yerlarda namlik, issiqlik, yorug‗lik va 
oziqa moddalarning yetarli bo‗lishi o‗ziga xos tabiiy kompleks — to‗qaylarni vujudga 
keltirgan. 
Тo‗qaylarda o‗simliklarning 3 turi: daraxt, buta va o‗t o‗simliklari o‗sadi. 
Daraxtlardan, asosan, turang‗il, tol va jiyda eng ko‗p tarqalgan. Butalar yulg‗un, 
jing‗il va oqtikandan iborat. Qayirlarning pastki qismidagi sernam yerlarda, asosan, 
qamish yoki
qo‗g‗a, balandroq va quruqroq yerlarda yirik g‗allagulli o‗simliklar — 
savacho‗p, oqbosh, yantoq, qizilmiya va boshqa o‗t o‗simliklari o‗sadi. 
Hiyobonli ko‟chatlar – har qanday fazoviylikni rejalash tizimini aniqlashda, 
piyodalar uchun yolkalar va hiyobonlarni turli funksion
al zonalarini bog‘lash uchun 
qo‘llaniladi. 
Hiyobonlarni quyidagi tartibda ajratish kerak: ahamiyatli rejalashtirish 
elementlarini bog‘lovchi; turli belgilangan maqsadli maydonlarni o‘zaro bog‘lovchi; 
ikkinchi darajali 
– turli tuman kirishga olib boruvchi; dekorativ – uncha katta 
bo‘lmagan dam olish uchas
tkalarida kichik bir go‘sha tashkil etish. Hiyobonlarning 
kengligi ularning funksional vazifasiga , piyodalar oqimining intensivligiga qarab 
o‘lchami 0,75 dan 3,5 m gacha o‘zgarib turishi mumkin. 


293 
Asosiy hiyo
bonlarga yashil ekinlarni o‘tkazish muntazamliylik uslubida 
loyihalanadi. Asosiy va ikkinchi darajali hiyobonlarni ko‘kalamzorlashtirishda 
muntazam, aralash va erkin uslubda tashkil etish lozim. 
Hiyobonlar uchun o‘tkazilgan daraxtlar tanasi tekis, to‘g‘ri va rostlangan shoh-
shabbaga ega bo‘lishi lozim. Agar asosiy hiyobonning cho‘zilishi 200 m bo‘lsa, tekis 
qatlamda daraxtlar ikki tamonlama o‘tkaziladi. Agar hiyobonning uzunligi 300 – 600 
m va uni kichik yo‘llar kesib o‘tsa, bir xil qatorlab o‘tkazilgan joylarning zaiflashib 
qolganini ko‘rish mumkin. Daraxtlarni burilish va kesib o‘tgan yo‘llarda, shohlarning 
shakli, barglarning rangi va hajmini bir-
biridan farq qiladigan asosiy o‘tkazmalardan 
foydalaniladi. Keng hiyobonlar bo‘yiga serbarg shoh-shabbali daraxtlarni o‘tkazish 
kerak. Asosiy va ikkinchi darajali hiyobonlarni ingichka bargli shoh-shabbali 
daraxtlar bilan bezatish mumkin.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling