299-modda. Arizaning mazmuni


Bolaning roziligisiz chunki birga yashayapti


Download 20.22 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2023
Hajmi20.22 Kb.
#1112496
1   2
Bog'liq
norma

Bolaning roziligisiz chunki birga yashayapti.

301-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ajrim chiqaradi, unga ko‘ra farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga farzandlikka olishning asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida sudga xulosa taqdim etish majburiyati yuklanadi.
Vasiylik va homiylik organining farzandlikka olishning asosli ekanligi to‘g‘risidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga quyidagilar ilova qilingan bo‘lishi kerak:

  • farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasida boshqa ma’lumotlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olish uchun to‘siqlar borligi yoki yo‘qligi ko‘rsatilishi shart;

  • farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;

  • farzandlikka olinayotgan bolaning sog‘lig‘i holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;

  • o‘n yoshga to‘lgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;

  • bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, o‘n olti yoshga to‘lmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;

Zarur bo‘lgan hollarda, sud boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni) ham talab qilib olishi mumkin.
302-modda. Ishni ko‘rib chiqish
Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda ko‘rib chiqadi.
Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek o‘n yoshga to‘lgan bolaning o‘zini ishda ishtirok etishga jalb qilishi mumkin.
Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni sudning yopiq majlisida ko‘rib chiqadi.
303-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishni mazmunan ko‘rib chiqib, farzandlikka olish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqaradi.
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganligini qayd etish daftariga o‘zgartirishlar kiritish uchun zarur bo‘lgan farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) haqidagi barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olinayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab, agar farzandlikka oluvchi erkak bo‘lsa, onasining xohishiga ko‘ra yoki agar farzandlikka oluvchi ayol bo‘lsa, otasining xohishiga ko‘ra, shuningdek agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan bo‘lsa, vafot etgan ota yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga ko‘ra sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi qarorida farzandlikka olingan bolaning otasi yoki onasi bilan yoxud vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlari bilan huquqiy munosabatlari saqlanib qolishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, farzandlikka oluvchilar (oluvchi) va farzandlikka olinayotgan bolaning o‘zaro huquq va majburiyatlari farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganligini qayd etish daftariga zarur o‘zgartishlar kiritilgan kundan e’tiboran belgilanadi.
Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan ko‘chirma nusxasini farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.

Farzandlikka olish to‘g‘risida qaror chiqarilgunga qadar ota-ona o‘z roziligini qaytarib olishga haqli ekanligini inobatga olib, rozilik Oila kodeksi 159-moddasining 3-qismida belgilangan tartibda tasdiqlangan arizada bayon etilgan bo‘lsa, ularning bolani farzandlikka olinishiga roziligini qayta aniqlash talab etilmaydi. Shu bilan birgalikda, sud ishni ko‘rish vaqtida ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olgan-olmaganligini aniqlamog‘i lozim.


Shu sababli sud arizani hal etishda, farzandlikka olishni istisno etuvchi holatlar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashi shart bo‘lib, bunda Oila kodeksining 152-moddasiga binoan:

  • ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;

  • qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;

  • asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;

  • ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;

  • qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar farzandlikka oluvchi bo‘la olmasliklari inobatga olinishi lozim.

  • Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o‘tay ota va o‘tay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasnodir.

Shu sababli sud Oila kodeksi 151-moddasining 4-qismiga muvofiq, farzandlikka olinayotgan bolaning aka-ukalari va opa-singillari borligini va ishni ko‘rish vaqtida ularni farzandlikka olish uchun asoslar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashi kerak.
16. Nazarda tutmoq lozimki, Nizom talablariga muvofiq farzandlikka oluvchilar bo‘lish imkoniyati to‘g‘risida xulosa tayyorlash uchun vasiylik va homiylik organi bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma boshqa zarur hujjatlar bilan birga ariza beruvchilarni farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yish uchun asos hisoblanadi.
Shu sababli sudlar farzandlikka oluvchilarning turmush sharoitlarini o‘rganish haqidagi dalolatnomalarni ish bo‘yicha boshqa dalillar bilan birgalikda tekshirish va baholash lozimligiga e’tibor qaratishlari lozim.
Агар фарзандликка олинаётган бола фарзандликка олишни ҳоҳловчи шахсга қариндош (невара, ўгай ўғил ёки ўгай қиз ва ҳоказо) бўлса ёки унинг оиласида яшаётган бўлса, фарзандликка олувчи бўлиш имконияти тўғрисидаги хулоса 10 иш куни мобайнида тузилади ва ариза берувчига берилади.
Download 20.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling