2–mustaqil ishi bajardi: Adizov. F
-rasm OT ni sinflarga ajratish
Download 348.24 Kb.
|
Adizov F
1-rasm OT ni sinflarga ajratish
OT tizimli boshqaruvchi va ishlov beruvchi dastur majmuasidan iborat bo`lib, bular dastur modullari va ma’lumotlar tuzilmalarining o`zaro bog`langan murakkab tuzilmasidir, ular hisoblashlarning ishonchli va samarali bajarilishini ta’minlashi zarurdir. OT ning ko`pgina potentsial imkoniyatlari, uning texnik va istehmol parametrlari – bularning hammasi, tizim arxitekturasi OT ning strukturasi, qurilish printsiplari bilan belgilanadi. Shu vaqtgacha biz OT larga tashqi tarafdan nazar soldik, ya’ni OT qanday fuknsiyalarni bajaradi. Endi esa, OT larni ichki qismini va ularni qurishda qanday yondashishlar mavjudligini turli tuman sohalarda ko`rib chiqamiz. Zamonaviy OT larga qo`yiladigan talablarni qondirishda uning strukturali qurilishi (tuzilishi) katta ahamiyatga egadir, OT lar o`z rivojlanish bosqichlarida, monolit tizimlardan to yaxshi strukturalashtirilgan, rivojlanish xususiyatiga ega bo`lgan, kengaytirish va yangi platformalarga o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo`lgan tizimlargacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdilar. Mohiyatiga ahamiyat beriladigan bo`lsa, OT-oddiy dasturdir, shuning uchun ham, uni deyarli barcha dasturlar kabi tashkil etish, ya’ni protsedura va funktsiyalardan iborat ko`rinishda yaratish to`g`riroq bo`ladi. Bu holda OT komponentalari mustaqil modullardan iborat bo`lmay, balki bitta katta dastur tashkil etuvchilardan iborat bo`ladi. OT ning bunday tuzilishi monolit yadro (monolitik kernel) deyiladi. Umumiy holda, monolit tizim “strukturasi” uning OT, har biri zarur vaqtda bir-birini chaqirishi mumkin bo`lgan protseduralar toplamidan iboratdir. Bu holda, tizimning har bir protsedurasi yaxshi yo`lga qo`yilgan interfeysga egadir. Bunday monolit tizimni ko`rish uchun, hamma alohida protseduralarni kompilyatsiya qilib, keyin ularni yagona ob’ekt fayliga birlashtiriladi (komponovkachi yordamida). Bunday tizimlarga, UNIX ning ilk versiyalari va Nowell Net Ware misol bo`la olishi mumkin. Har bir protsedura birbiri bilan bog`lana oladi. Modulli strukturadan farqli ravishda, modulli strukturada har bir protsedurani maxsus kirish nuqtalari orqali chaqirish mumkin. Download 348.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling