3- §. Hayotning hujayrasiz shakllari


Immunitet to'g'risidagi ta'limot


Download 1.55 Mb.
bet8/9
Sana08.01.2022
Hajmi1.55 Mb.
#242651
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Patogen mikroorganizmlar

Immunitet to'g'risidagi ta'limot

  • Yuqumli kasalliklarning ba'zi xili bilan kasallanib, tuzalgan odam shu kasalliklarga berilmaydigan bo'lib qolishi aliaqachon ma'lum. Masalan, bir marta qizamiq bilan og'rigan bola ikkinchi martabu kasallik bilan kasallanmaydi. Odam organizmining kasallik tug'diruvchi mikroblarga berilmasligi immunitet deyiladi. Immunitet fiziologik himoya reaksiyalarining murakkab kompleksidan iborat.
  • Tabiiy immunitet. Bu immunitetnnng tug'ma turi, kasallikka beriimaslikni vujudga keltiradi. U organizmning biologik xusuyat-laridan kelib chiqadi. Masalan, odamlar qoramol o'lati, tovuq vabosi va boshqa kasalliklar bilan kasallanmaydi. Tug'ma immunitetda hujayralarda ro'y beradigan biokimyoviy jarayonlar katta aha­miyatga ega. Odam yuqumli kasallik bilan kasallanib bo'lganidan so'ng uning organizmida immunitet paydo bo'ladi, bu immunitet-ning hayotda orttirilgan turidir.
  • Sun'iy immunitet. Yuqumli kasallik paydo bo'Imasligi uchun bu immunitet organizmda sun'iy yo'l bilan yaratiladi. Sun'iy immunitetning aktiv va passiv formalari bor. Aktiv formasi odam organizmiga nobud qilingan yoki zaiflashtirilgan vaksina yuborish bilan hosil qilinadi.
  • Immunitet omillari va mexanizmlari. Odamni kasalliklarga berilmaydigan qilib qo'yadigan himoya omillari spetsifik, ya'ni ma'lum bir qo'zg'atuvchiga qaratilgan va nospetsifik, ya'ni odam va ko'pgina hayvonlarga xos bo'lishi rnumkin. Nospetsifik omillar xilma-xil mikroorganizmlarga qarshi himoyani amalga oshiradi.
  • Agglyutinatsiya reaksiyasi. Agglyutinatsiya reaksiyasi antitelalar (agglyutininlar)ning yaxlit mikrob hujayralari yoki boshqa hujay-ralar bilan spetsifik ravishda o'zaro ta'sir etishiga asoslangan. Shunday o'zaro ta'sir natijasida cho'kmaga tushadigan aglomerat zarralar hosil bo'ladi (agglyutinat). Bu reaksiya ikki fazada o'tadi: birinchi faza — antigen bilan antitelaning spetsifik tarzda birikishi, ikkinchisi faza — nospetsifik fazabo'lib, ya'ni ko'zga ko'rinadigan agglyutinat hosil bo'lishi bilan bog'liq.
  • Pretsipitarsiya reaksiyasi. Bu reaksiyalarda ishtirok etadigan antitelalar pretsipitatlardir. Organizmda hosil bo'ladigan mayda dispersli antigen — antitela kompleksi oddiy metodlarda qo'yilgan pretsipitatsiya reaksiyasida ma'lum bo'ladi. Masalan, kuydirgi, toun, tulyaremiya, meningit kasalliklarininl'diagnostikasida halqa-simon pretsipitatsiya reaksiyasidan foydalaniladi. Buning uchun ingichka probirkalarga maxsus immun zardob quyiladi va unga juda ehtiyotlik bilan qoplam qilib antigen tushiriladi. Ikki suyuqlik chegarasida halqa, ya'ni pretsipitat paydo bo'Ushi tegishli antigen borligini ko'rsatadi.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling