3- “A” sinf o’qituvchisi Shermatova R. Matematika fanidan “ochiq dars” ishlanmasi


Shaxs. Insonning shaxs sifatida rivojlanishi


Download 371.35 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi371.35 Kb.
#1390728
1   2   3
Bog'liq
9-сниф

Shaxs. Insonning shaxs sifatida rivojlanishi
Mazkur taʼlimot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, А.Kombelar ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydi. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy oʼzgarishdan iborat, deb qaraydi. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladi. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bogʼlaydi. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil bilan belgilaydi. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitta bogʼliq deb koʼrsatadi. Muhit deganda inson yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi taʼsir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani oʼzi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs boʼlib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning taʼsirini aniqlashda ilgʼor pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar taʼlimotiga suyaniladi. 
Shaxs. Insonning shaxs sifatida rivojlanishi
Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki yoʼq qilishi mumkin. Shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham taʼsir koʼrsatadi. Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga taʼsiri tarbiya asosida kechadi. Zero, birinchidan, tarbiya taʼsirida muhit bera olmagan bilim, maʼlumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bogʼliq koʼnikma va malakalar hosil boʼladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tugʼma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga yetadi.Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy taʼsirini ham yoʼqotish mumkin. Toʼrtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga taʼsir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi oʼringa ega boʼlib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit taʼsirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin

Download 371.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling