3 – amaliy ish Mavzu: owasp webGoat simulyatorida sql ineksiya tahdidini amalga oshirish Ishdan maqsad


Download 477.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.11.2023
Hajmi477.63 Kb.
#1740111
  1   2   3   4
Bog'liq
3-dvx



3 – amaliy ish 
Mavzu: OWASP WebGoat simulyatorida SQL ineksiya tahdidini amalga 
oshirish 
Ishdan maqsad: Ma’lumotlar ba’zalariga bo‘ladigan SQL – ineksiya tahdidi 
haqidagi nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarni shakllantirish 
Nazariy qism 
SQL ineksiya tahdidi ma’lumotlar bazasiga tegishli bo‘lgan tahdid bo‘lib, 
SQL so‘rovlarga taqiqlangan belgilarni kiritish va buning natijasida ma’lumotlar 
bazasida boshqa natija olishga qaratilgan. Bu tahdid turi eng ko‘p uchraydigan 
tahdid turi bo‘lib, uning hajmi yildan – yilga ortib bormoqda.
Sodda misol. Bu tahdidni tushunish uchun quyidagi sodda hayotiy misolni 
keltiraylik. “Alining otasi onasiga Aliga 100$ pul berish kerakligini yozib maktub 
qoldirdi.” Bu gapni SQL so‘rovi shaklida ifodalansa quyidagicha bo‘ladi: 
cho‘ntagimdan 100$ OL VA HAMMASINI BER ALIGA”. 
Qoldirilgan maktubni Alining akasi Vali ko‘rib qoldi. Vali bo‘lg‘usi xaker 
bo‘lganligi uchun, qoldirilgan maktubga “YoKI VALIGA” deb qo‘shib qo‘yadi.
Ona kelib maktubni oladi va kecha Aliga pul berganligi uchun pulni Valiga 
beradi. Bu SQL ineksiya tahdidiga bir hayotiy misol. Ona qoldirilgan maktubni 
filterlamaslik natijasida pulni Valiga berib yubordi. 
SQL ineksiyaning 5 ta asosiy sinfi mavjud: 
UNION query SQL injection. Ushbu tur ineksiyaning klassik ko‘rinish 
bo‘lib, bundan so‘rov “UNION ALL SELECT” dan takshil topgan bo‘ladi. Bu 
turdagi ineksiya SELECT dagi natija to‘g‘ridan – to‘g‘ri qaytarilganda yuzaga 
keladi. 
Error-based SQL injection. Bu holda skaner tekshirish davomida zaif 
belgini almashtirish yoki qo‘shgan vaqtda yuzaga keladi va ma’lumotlarni 
boshqarish tizimlarida xatolik yuz berganda foydalaniladi. 
Stacked queries SQL injection. Bu turdagi ineksiyada SELECT 
komandasidan tashqari buyruqlar (INSERT yoki DELETE) foydalanilgan holda va 


HTTP so‘rovlarini tekshirish jarayonida nuqtali vergul (;) bilan almashtirish sodir 
bo‘lganda yuzaga keladi. 

Download 477.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling