3- amaliy mashg’ulot: Bino va inshootlarning texnik holatining umumiy monitoringi


Download 39.94 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1299338
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot



3- Amaliy mashg’ulot: Bino va inshootlarning texnik holatining umumiy monitoringi.
Bino va inshootlarning texnik holatining umumiy monitoring qilishda quyidagi normativ hujjatlardan foydalaniladi:
QMQ. 2.01.03-19 ”Zilzilaviy xududlarda qurilish”,
QMQ. 2.03 .Ol -97 ”Beton va temirbeton konstruksiyalari”,
QMQ. 2.03.07-98 “Tosh va temir-tosh konstruksiyalar”
QMQ. 2.03.05-13 ”Po’lat konstruksiyalar”
QMQ. 2.01.07-96 ”Yuklar va ta’sirlar”
SHNQ. 2.01.16-97 ”Turar joy binolarining jismoniy eskirishini baholash.

  • Bino — funksional maksadiga karab odamlar yashashi va xar xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo’ljallangan, tayanch, yoki xar ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;

  • Inshoot — jar xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy kimmatliklarni joylashtirish va saklash, odamlarning vaktincha bo’lishi (xarakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (o’tkazish, ulash) uchun muljallangan, tayanch, to’sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat xajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;

  • Rekonstruksiya — bino va inshootlarning mustaxkamligi va zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko’taruvchi qismlarning o’zgarishiga olib keladigan xajmi va maydonini o’zgartirish;

  • Kapital tamirlash — bino va inshootlarni xamda uning konstruksiyalarini eskirgan kismlarini ta’mirlash, ob’ektning foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash xamda yanada mustaxkam va tejamli konstruksiya yoki elementlarga almashtirish yoki tiklash;

  • Avariya xolati — ob’ekt konstruksiyalarini shikastlanish darajasi ularning qulashi mumkinligi haqida guvohlik beruvchi xolati;

  • Nuqson — konstruksiyani tayyorlash, transportirovka qilish va montaj bosqichida yuzaga keladigan kamchilik;

  • Zilzilabardoshlik — bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari va uning jixozlarining xavfsizligini ta’minlagan xolda ma’lum kuchdagi zilzila ta’siriga «qarshi tura olish xususiyati;

  • Dastlabki (vizual) tekshirish — ma’lumotlarni to’plash, qurilish konstruksiyalarining umumiy xolatini aniqlash, batafsil tekshirish uchun ish tarkibi va xajmini aniqlash;

  • Batafsil (instrumental) tekshirish — qurilish konstruksiyalarining texnik xolatini baholash uchun yakuniy ma’lumotlarni to’plash, asbob-uskunalar yordamida konstruksiyalarning mustaxkamlik ko’rsatkichlarini aniqlash, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishda konstruktiv yechimlarni tanlash va boshqalar;

  • Buzmasdan tekshirish — bino va inshootlar konstruksiyalarining mexanik va mustaxkamlik kursatkichlarini zamonaviy asbob-uskunalar yordamida ularni buzmasdan ekspluatatsiya sharoitida aniqlash;

  • Monitoring — uzoq muddat davomida konstruksiyalarning texnik xolatini o’lchov asboblari yordamida kuzatish;

  • Yuk ko’taruvchi konstruksiya — bino yoki inshootlarning yuk kutarish xususiyati va uning ta’sirlarini qabul qiluvchi, mustaxkamligini, bikrligini va ustivorligini ta’minlovchi qurilish konstruksiyasi;

  • Chegaraviy xolat — bino va inshootlar yuk ko’taruvchi konstruksiyalarining uz funksiyalarini bajarishi ruxsat etilmaydigan yoki maqsadga muvofik emasligini belgilovchi xolati;

  • Shikastlanish — konstruksiyalarning ekspluatatsiya mobaynida yuzaga keladigan sifati, shakli va haqiqiy o’lchamlarining texnik jijatdan tartibga solish soxasidagi xujjatlar va loyihaviy talablardan chetlanishi;

  • Chetlanish (og’ish) — istalgan texnik ko’rsatkichning xaqiqiy holatini me’yoriy, loyiha hujjatlari yoki texnik jarayonni ta’minlash talablaridan farqi;

  • Ishonchlilik — bino yoki inshootning xamda ularning yuk ko’taruvchi konstruksiyalarining o’z vazifalarini ekspluatatsiyasi mobaynida bajara olish imkoniyati.

Dastlabki tekshirishlar natijalari asosida binolar xolatining toifasini baxolash



Binoning xolati kategoriyasi

Shikastlanishlarning turlari

Konstruksiya larning eskirish,

Yuk kutaruvchi devorlar, karkas elementlari,
(ustunlar, tusinlar va boshkalar), poydevorlar

To’suvchi devorlar

Orayopmalar, zinalar, na vonla

1

2

3

4

5

I — normal
Foydalanish sharoitlari buyicha GOST 31937-2011 talablari va loyiha xujjatlari va me’yoriy talablar bajarilgan. Ta’mirlash ishlariga bo’lgan zarurat mavjud emas.

Tosh devorlarda ko’rinadigan nuqsonlar va shikastlanishalar mavjud emas. Korishmalarni kesib o’tmaydigan aloxida g’ishtlarda yoriqlar mavjud.
Temirbeton konstruksiyalarda kurinadigan nuksonlar va shikastlanishlar mavjud bo’lmaydi yoki aloxida kichik chuqurchalar, sinishlar, tolasimon yoriqlar mavjud bo’ladi (0,1 mm dan katta bo’lmagan). Konstruksiyalar va maxkamlanish detallarida korroziyaga qarshi shikastlanishlar mavjud bo’lmaydi.
Salqiliklar va yoriqlarning ochilish kengligi me’yorlar bo’yicha ruxsat etilgan qiymatlardan ortib ketmaydi.
Po’lat konstruksiyalarda ximoya koplamalarining shikastlanishi va konstruksiyalarning eskirishini tavsiflovchi belgilari mavjud bo’lmaydi.

Ko’rinadigan shikastlanishlar va yoriqlar mavjud emas

Siljishlar va yoriklar mavjud emas

5 gacha

II — koniqarli
(ish kobiliyati xolatida)
Materiallarning xajmiy xususiyatlarini xisobga olgan xolda amaldagi texnik

Tosh devorlarda devorning ikki katoridan kup bo’lmagan katorlaridan o’tuvchi yoriklarning mavjudligi (uzunligi 15 sm dan ko’p bo’lmagan).
Qoplamalarning 15 foiz chuqurlikkacha bo’lgan qalinlikda qatlamlarga ajralishi.

Devorda va panellar orasidagi choklarda tolasimon

Shikastlanishlar va siljishlar mavjud emas

15-20




jixatdan tartibga solish soxasidagi normativ xujjatlar talabalarini chegaraviy xolatlari I guruxi va II guruxi bo’yicha talablari buzilgan bo’lsada foydalanish (ta’mirlanganda).Konstruksiyalarni kuchaytirmasdan maxalliy shikastlanishlarini joriy ta’mirlash orqali bartaraf etish talab etiladi.

Temirbeton konstruksiyalarda armatura korroziyasi izlari aloxida uchastkalarda kichik ximoya qatlami joylarida paydo bo’ladi, ishchi armaturaning ko’ndalang kesim yuzasi 5 foizdan ko’p bo’lmagan miqdorda yo’qoladi.
Ximoya qatlam chegarasida betonining taxminiy mustaxkamligi loyihadagi ko’rsatkichdan kamida 10 foizdan kam bo’lmasligi kerak.
Po’lat konstruksiyalarda antikorroziya qoplamalarining joylardagi buzilishlar. Ba’zi uchastkalarda esa aloxida dog’larni qoldirgan xolda kundalang kesim yuzasining 5 foizgacha shikastlaydi. Transport vositalarining zarbalari ta’siridan maxalliy egilishlar va boshqa shikastlanishlar kundalang kesimini 5 foizgacha zaiflashishiga olib keladi.

yoriqlar







III — qonikarsiz
(cheklangan ish qobiliyati xolatida). Amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlarda belgilangan talablarning buzilishi (ammo qulab tushish xavfining yukligi va insonlar xavfsizligi tahdidlarining mavjud emasligi). Shikastlangan konsturksiyalarning yuk ko’tarish xususiyatini tiklash va kuchaytirish talab etiladi.

Tosh devorlarda
O’rtacha shikastlanish, devorning muzlashi va nurashi, 25 foiz chuqurlikkacha qalinlikdagi qoplamalarning qatlamlarga ajralishi, devor terimining to’rt qatoridan ko’p bo’lmagan katorlardan kesib o’tuvchi devorlar va ustunlarda vertikal va qiya yoriklar, bo’ylama va ko’ndalang devorlar orasida vertikal yoriqlarning paydo bo’lishi, devorning yuk ko’tarish xususiyatining kamayishi 25 foizgacha.
Temirbeton konstruksiyalarda ruxsat etilgan qiymatidan katta bo’lgan betonning cho’zilish zonasidagi yoriqlarning ochilishi, siqilish zonasida va cho’zuvchi kuchlanishlar zonalaridagi yoriqlar, ekspluatatsiya jarayonidagi ta’sirlardan elementlarda paydo bo’lgan salqiliklar ruxsat etilgan qiymati 30 foizdan oshganda.
Egiluvchi elementlarning siqilish zonasidagi betonning mustaxkamligini kamayishi 20 foizgacha bo’lganda, devor panellari choklar suv va xavo o’tkazuvchanligi mavjud bo’lganda. Egiluvchi elementlarning salkiligi uning oraligining 1/150 kiymatidan oshib ketsa, plastin kurinishdagi zanglash yuk kutaruvchi elementlarning kundalang kesim yuzalarini 15 foizgacha kamaytirgan xolatda, kundalang kesim yuzalarini 15 foizgacha zaiflashtirishga olib keluvchi transport vositalari zarblaridan va mexanik shikastlanishlardan maxalliy egriliklar, ferma fasonkalari tugunlarining egriligi.

5 mm gacha kenglikda ochilgan vertikal va qiya yoriklar.

Tayanchlarda orayopma plitalarining siljishi 1/5 joylashish chuqurligidan kup bo’lmagan, lekin 2 sm dan ko’p bo’lmagan qiymatda

25-40




IV — avariya oldi yopiq avariya xolati
(avariya xolatida).
Konstruksiyalardagi mavjud shikastlanishlar ularning foydalanishga yaroqsiz ekanligidan, ularning qulash xavfidan va konstruksiyalar joylashgan joylarda odamlarning bo’lish xavfidan dalolat beradi.

Tosh devorlarda kuchli shikastlanishlarning mavjudligi, konstruksiyalarda yuk ko’tarish xususiyatini 50 foizgacha kamaytirish to’g’risidan dalolat beruvchi deformatsiyalar, shikastlanishlar va nuqsonlar kuzatilishi.
Qalinlikning 40 foizgacha chuqurlikda joylashgan devorning muzlashi va nurashi, devorning to’rt qatoridan ortiq bo’lgan ustunlarda va yuk kutaruvchi devorlarda vertikal va kiya yoriklar, binoning notekis cho’kishi natijasida cho’kishi natijasida devorlarda 50 mm gacha va undan ortiq bo’lishi konstruksiyaning 1/50 dan ko’p qiymatda vertikaldan chetlashishi.
Qiya yoki gorizontal choklar bo’yicha devorlar (siljish), ustunlar, poydevorlarning siljishi. Konstruksiyalarda toshlar va qorishmalarning mustaxkamligin 30-50 foizga kamaytirish joylari mavjud bo’ladi, devorda 1/5 joylashish chuqurligidagi tayanchlarda orayopma plitalarining siljishi, peremichkalar, balkalar, fermalarning tayanch zonalarida ezilishdan devorning buzilishlari kuzatiladi.
Yo’nalishi o’zgaruvchan ta’sirlar ostida ishlovchi konstruksiyalardagi yoriqlar; yoriklar, jumladan cho’ziluvchi armatura ankerlash tayanch zonasini kesib o’tuvchi, ko’p oraliqli balkalar va plitalar oraliklarida qiya yoriqlar zonasida xomutlarning uzilishi, xamda armatura kesim yuzasini 15 foizgacha kamaytiruvchi katlamli zang va o’yiqlar, konstruksiyaning siqiladigan zonasida armaturaning bo’rtib chiqishi,



Panellarning siljishi, 5 mm dan katta bUlgan yoriklarning ochilishi.

Birikmalarda siljishlar va yoriklar, ankerlarning uzilishi.

40 dan yukori




Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling