3 – amaliy tophiriq. Printer va faksni sozlash, tarmoq printerini o‘rnatish printerlar chop etuvchi qurilmalar (printerlar)


Download 120.85 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi120.85 Kb.
#1509055
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-amaliy ZOTV

Purkagnchli printerlar bosuvchi kallakda ignalar o’rniga ingichka naychalar — soplolarga (konus naychalarga) ega, u orqali qog’ozga bo’yoq rangning (siyoxning) mayda tomchilari purkaladi. Bu zarbsiz bosuvchi qurilmadir. Bosuvchi kallakning matrisasi odatda 12 tadan b4 tagacha soploga ega.


Keyingi yillarda ularning mukammallashishida jiddiy rivojlanishga erishildi: tasvirni shakllantirishda bosuvchi kallakning juda mayda soplolari yordamida qog’ozga siyox tomchilarining yo’naltirilgan portlatishga o’xshash purkash — purkagichli bosishning «pufaknali» texnologiya deb ataluvchi usuli ishlatiladi.


Purkash jarayoni texnikasi quyidagicha bo’ladi. Soplo devoriga elektrik qizdiruvchi element o’rnatilgan bo’lib, uning xarorati elektr impulsi berilganda 5—10 mks ichida keskin ortadi. Qizdiruvchi element bilan kontaktda joylashgan siyoxning hammasi bir zumda burlanadi, bu bosimning keskin oshishiga olib keladi, buning oqibatida siyox soplodan qog’ozga otilib chiqadi. «Otilgandan» keyin siyox burlari kondensasiyalanadi, soploda pasaygan bosim zonasi xosil bo’ladi va unga siyoxning yangi porsiyasi (ulushi) suriladi. Bu yangi texnologiya purkagichli printerlar va plotterlar olamida burilish yasadi, bu esa ularning o’tkazish qobiliyatini yana bir pagonaga (dyumda b00—1440 ta nuqtagacha) ko’tarish imkonini  berdi.
Shunday qilib, xozirgi vaqtda purkagichli printerlar millimetrga 50 tagacha nuqtali o’tkazish qobiliyatini va sekundiga 500 tagacha belgini bosish tezligini ta’minlaydi va bunda bosish sifati lazerli bosish sifatiga yaqin bo’ladi.
Purkagichli printerlar yozuvchi kallakda katta miqdordagi soplolarni ishlatib, rangli bosishni ham bajaradi, lekin bunda o’tkazish qobiliyati oq-qoraga nisbatan taxminan ikki marta kamayadi (lekin Epson firmasi o’tkazish qobiliyati 400 dpi bo’lgan, rangli bosish tezligi sekundiga A4 o’lchamli 4 betni tashkil etgan noyob rangli purkagichli Stylus b00 printerini yaratganligi to’g’risida axborot mavjud).
Rangli tasvirni yaratish uchun odatda, poligrafiyada qabul qilingan SMYK rangli sxema ishlatilib, u o’z ichiga to’rtga bazaviy (asosiy) rangni oladi: Syan — xavo rang, Magenta — tuk qizil rang, Ellow — sariq rang, Key — etakchi (qora rang). Murakkab ranglar bazaviy ranglarni aralashtirib xosil qilinadi. Bosish sifati juda ajoyibdir — to’liq rangli plakat deyarli bosmaxonanikidan farq qilmaydi.
Purkagichli printerlarning asosiy afzalliklari:

  • yuqori bosish sifati, katta mikdorli soploli printerlar uchun lazerli printer bosish sifati bilan taqqoslasa bo’ladi;

  • xomaki bosish rejimida yuqori tezlik;

  • oddiy, albatta, yaxshi zichlikdagi qog’ozni ishlatish (b0 dan 135 g/m2 gacha), siyox yoyilib ketmasligi uchun;

  • shovkinsiz ishlashi.

Purkagichli printerlarning asosiy kamchiliklari:

  • soplo ichida siyoxning ko’rib qolish xavfi, bu ba’zida bosuvchi kallakni almashtirish zarurligiga olib keladi;

  • sarflanadigan materiallarning nisbatan yuqori narxdaligi, xususan, siyox uchun ballonchaning, ayniqsa agar u bosuvchi kallak bilan birlashtirilgan va birgalikda almashtirilsa (bunday tuzulish keng tarqalgan).

Lazerli printerlar 

Download 120.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling