3 – amaliy tophiriq. Printer va faksni sozlash, tarmoq printerini o‘rnatish printerlar chop etuvchi qurilmalar (printerlar)


Download 120.85 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi120.85 Kb.
#1509055
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-amaliy ZOTV

Lazerli printerlarda tasvirni shakllantirishning elektrografik usuli ishlatilib, bu usul shu nomdagi nusxa ko’chiruvchi apparatlarda ishlatiladi. Lazer o’ta ingichka yorug’lik nurini yaratish uchun xizmat qiladi, bu nur oldindan tayyorlab qo’yilgan yorug’likka sezgir baraban sirtida kurinmaydigan nuqtali elektron tasvir konturini chizadi — elektr zaryad lazer nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban sirtiga oqib tushadi. Elektron tasvir tushgandan keyin razryadlangan uchastkalarga yopishib qolgan bo’yoq, (toner) ko’kuni bilan bosish bajariladi — tonerni barabandan qog’ozga olib o’tiladi va tasvirni qog’ozda tonerni qizdirib, u erib ketguncha kotiriladi.


Lazerli printerlar millimetrda 50 tagacha nuqtalarni va sekundiga 1000 tagacha belgilarni bosuvchi tezlikni ta’minlaydigan o’tkazish qobililiyatli eng yuqori sifatli bosishni ta’minlaydi. Rangli lazerli printerlar keng ishlatiladi. Masalan, Tektonik (AQSh) firmasining Pxaser 550 lazerli printeri gorizontal bo’yicha ham, vertikal bo’yicha ham millimetrda 48 nuqtali o’tkazish qobiliyatiga ega; rangli bosish tezligi — minutiga A4 o’lchamli 5 bet, monoxromli bosish tezligi — minutiga 14 bet.
SHK larga printerlar ham parallel, ham ketma-ket portlar orqali ulanishi mumkin.
Parallel portlar Sentroniss tipidagi adapterlar orqali parallel ishlovchi (malumotni birdaniga baytlab qabul qiladigan) printerlarni ulash uchun (odatda bir vaqtning o’zida 3 tagacha printerni ulash mumkin) ishlatiladi.
Ketma-ket portlar (2 dona) RS 232S (S2 birikish joyi) tipidagi adapterlar orqali ketma-ket ishlaydigan (ma’lumotni ketma-ket 1 bitdan qabul qiladigan) printerlarni ulash uchun xizmat qiladi. Ko’pchilik tez ishlovchi printerlar parallel portlarni ishlatadi.
Tezkor printerlar shaxsiy buferli xotiraga ega bo’ladi, ular SHK bilan ma’lumotlarni almashishda ham, yuklanadigan shrifglarni saqlash uchun ham ishlatiladi. Matrisali printerlarning xotirasi katta emas — bir necha yuzlab kilobaytlargacha, purkagichli printerlarda bir necha megabaytlargacha va lazerli printerlarda bir necha o’nlab megabaytlargacha.
Xo’losa qilib shuni ta’kidlash kerakki, SHK larning eng ommaviy printerlarini Seiko Epson (Yaponiya) firmasi (ularning ulushi kamida 30% ni tashkil etadi) ishlab chiqaradi. Xattoki IBM PC printerlarining standarti — Epson standarti mavjud. Epson printerining tavsifi 30-jadvalda keltirilgan. Star, Mannesmann, Sitizen, Panasonis va b. firmalarning printerlari ham keng ishlatiladi.

Download 120.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling