3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari


Avtmobilning dinamik pasporti


Download 0.81 Mb.
bet5/10
Sana03.11.2020
Hajmi0.81 Mb.
#140083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-МАВЗУ (КИСМ)


Avtmobilning dinamik pasporti

Avtomobildan foydalanish davrida uning umumiy og‘irligi avtomobilga ortilgan yuk vazniga qarab o‘zgaradi. Bu esa dinamik faktor qiymatini o‘zgartiradi, natijada avtomobil vaznining har bir o‘zgarishiga ayrim dinamik xarakteristika grafigi chizish kerak bo‘ladi. Buni esa amalda ishlatish noqulay bo‘ladi.



N.A.YAkovlev dinamik xarakteristika grafigini bu kamchiligini yo‘qotish uchun uni massalar nomogrammasi bilan to‘ldirishni taklif etdi. Dinamik xarakteristikaning abssissaga o‘qini chapga uzaytirib 25%, 50%, 100% nuqtalar belgilanadi. Vazilar shkalasining boshlanish nuqtasidan D ga parallel va avtomobilga yuk ortilmagan vaqtdagi uning dinamik faktori D0 ordinatasi o‘tkaziladi. Avtomobil og‘irligi dan gacha o‘zgarganda D0 ning qiymati va masshtabi quyidagicha topiladi:

;

Bu erda harakatlanishga tayyor avtomobilni vazni;



yuksiz harakatlanayotgan avtomobilning dinamik faktori;

to‘la yuklangan va yuklanmagan avtomobil dinamik faktorining masshtabi.

ning masshtabi avvaldan ma’lum bo‘lgan uchun formulaga larning qiymatlariga mos ... qiymatlar aniqlanib, masshtabida ordinataga qo‘yiladi. Bir xil qiymatga ega 0,05-0,05; 0,1-0,1 ... qiymatli dinamik faktorlar to‘g‘ri chiziq bilan tutashtiriladi.



4-rasmda chizilgan grafikning chap tomonidagi tutash chiziqlar massalar nomogrammasi deyiladi. U avtomobilning umumiy vazni o‘zgarganda dinamik faktorning qanday o‘zgarishi, natijada qanday qarshiliklarni enga olishini ko‘rsatadi. Lekin bu shart avtomobilning harakatlanishi uchun etarli emas, shuning uchun etakchi g‘ildirakning shataksirash shartlarini ko‘rib chiqish zarur.



Dinamik faktor formulasidan foydalanib, g‘ildirak bilan yo‘l orasida tishlashish mavjudligi sababli avtomobilning tishlashish bo‘yicha dinamik faktorini aniqlash mumkin:

avtomobilni ketingi g‘ildiraklari etakchi;



oldingi g‘ildiraklar etakchi;



hamma g‘ildiraklar etakchi;



Avtomobilning tezlana olishi

Avtomobilning harakati tekis va o‘zgaruvchan (tezlanuvchan yoki sekinlanuvchan) bo‘lishi mumkin. SHaharda ekspluatatsiya qilinuvchi avtomobillar uchun tekis harakat umumiy va ish vaqtining 15-25%ini, tekis tezlanuvchan harakat 30-45%ini va g‘ildirakka tortish kuchi ta’sir etmagan xoldagi hamda tormozlanish rejimidagi harakatlar 30-40%ini tashkil qiladi.

O‘zgaruvchan harakatdagi avtomobil dinamikasi uning tezlanish qiymati hamda tezlikning ma’lum intervalida o‘zgarishi uchun zarur yo‘l va vaqt bilan o‘lchanadi.

Dinamik faktor farmulasidan tezlanish ning qiymati quyidagicha aniqlanadi:



Bu erda - avtomobilda to‘g‘ri uzatmada engishi mumkin bo‘lgan yo‘lning umumiy qarshiligi;

- aylanib harakat qiluvchi massalar ta’siri koeffitsienti.

Adabiyotlar:



  1. Litvinov A.S i dr. 23-25, 31-35, 39-41 betlar.

  2. Qodirov S.K va Qodirxonov M.O. 198-199, 201-202, 205-212 betlar .

Mavzu 2.2. Transport vositalarining tormozlash xususiyati

“Transport vositalarining tormozlash xususiyati” mavzusi bo‘yicha tayanch so‘zlar



  1. Tormozlanish xususiyatiga ta’rif

  2. Ish tormoz

  3. Zaxira tormoz

  4. Qo‘shimcha tormoz

  5. Baxolovchi parametrlar

  6. Tormozlanish sharti

  7. Tormozlovchi kuchning taqsimlanishi

  8. Maksimal sekinlanish

  9. Haydovchining reksiya vaqti

  10. Tormozlash diagrammasi

  11. Tormozlash vaqti

  12. Tormozlash yo‘li

  13. Umumiy to‘xtash vaqti

  14. Umumiy to‘xtash yo‘li

  15. Dvigatel transmissiyadan ajralmagan

  16. Gidravlik yuritma

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling