3- kurs 301- guruh talabasi Shernazarova Mohichehraning Musiqa tarixidan


Download 0.5 Mb.
Sana11.11.2020
Hajmi0.5 Mb.
#143617
Bog'liq
Surxon raqs maktabi shakillanishi, ijro uslubi va merosiy raqslari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Termiz davlat universiteti

Sanʼatshunoslik fakulteti musiqiy taʼlim yoʻnalishi

3- kurs 301- guruh talabasi Shernazarova Mohichehraning Musiqa tarixidan

Surxon raqs maktabi shakillanishi, ijro uslubi va merosiy raqslari”



Mavzusida tayyorlagan

Mustaqil ishi

Termiz 2020

Mavzu: Surxon raqs maktabi shakillanishi, ijro uslubi va merosiy raqslari

Reja;


1.Surxon raqslar shakillanishi.

2.Surxon ijro uslubi va meroslari.



3.Surxon raqs maktabi.

1.Surxon raqslar shakillanishi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratilib kelinmoqda. Bu kabi amaliy ishlar ayni paytda ham davom ettirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4956-sonli farmoni2 4-bandiga asosan «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi va «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi negizida «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tashkil etilib, muassasa tarkibida yangi bo‘lim – Raqs va xoreografiya san’ati faoliyatini rivojlantirish va tashkil etish bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan bir qatorda 2017-yil 22-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriligi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan “Milliy raqs san’atining rivojlanish tarixi, dolzarb muammolari va zamonaviy konsepsiyalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya, hamda 2018-yil 26- yanvarda “Buxoro jilolari” deb nomlangan raqs tanlovi o’tkazildi. Bu o’zbek milliy raqs san’atining kelajakda yanada rivoj topishi uchun berilgan katta imkoniyatlardan biridir. O'zbekistonning janubida joylashgan Surxon vohasi qadim-qadimdan insoniyatning beshigi bo'lgan hududlaridan biri ekanligi Boysun tumani Machay qishloqidagi tosh asriga mansub neandertal odamlarning qarorgohi hisoblangan Teshiktosh kamaridan topilgan ushbu noyob topilma o'z isbotini bergan.






2.Surxon ijro uslubi va meroslari.

Har bir tarixiy jarayon xalqning turmushi va madaniyatida o'z izini qoldirdi. Surxon diyori qadimiy Buyuk Ipak Yo'lining Shimolni Janub bilan, Sharqni G’arb bilan bog’lab turgan serqatnov bekat bo'lgani uchun bu hududda yashagan xalqlar qo'shni davlatlar, qo'shni xalqlar bilan doimiy aloqada bo'lib keldi. Natijada, Surxon vohasida o'ziga xos madaniyat paydo bo'ldi. San'atshunos olima L. Avdeeva o'zining  “O'zbek milliy raqsi tarixidan” nomli kitobida “Raqs zamon va makonda mavjud san'at bo'lib, bunda badiiy obraz inson gavdasining ritmik uyushgan tasviriy va ifodali qarakatlari bilan yaratildi”, deb yozadi. Raqs faqat bir millatga xos san'at emas. Balki umumiinsoniy badiiy ijodning maqsuli bo'lib dunyoning barcha millatlariga xos san'at turidir.



Har bir raqs inson ma'naviyatining bir qirrasini ochadi. O'zbek milliy raqslari xalqning turmushi, tabiati, makoni, ramziy marosimlari, xalq qayotining o'zidan tug’ilgan va shu xalqning hayotini tasvirlab kelgan. Shuning uchun qam raqs san'ati xalqimiz hayotining madaniyat va ma'rifatining bir bo'lagi sifatida yashab kelmoqda. Bu jarayonlarni Surxondaryo raqslarida ham ko'rish mumkin.



3.Surxon raqs maktabi.

Surxon vohasi raqslari xaqida Surxon raqs uslubi haqida aytarli hech narsa yozilmagan 2001 yilda nashr etilgan L.Avdeevaning “O'zbek milliy raqsi tarixidan” deb nomlangan kitobida ham Surxon vohasi raqs uslubi haqida qisqagina umumiy gaplar yozilgan va Boysun tumanida bir necha ma’lumotlar  tilga olingan xolos. Surxon vohasining raqs san'ati o'ta milliyligi, shuningdek, bevosita yuqorida tilga olingan yo'nalishning faqatgina xalq ijodiyotiga xosligi tufayli Sovet mafkurasidagi mahalliy rahbarlar tomonidan eskilik sarqiti sifatida qabul qilinganligi ham Surxondaryo raqs uslubining rivojiga, uning turli xil mavsumiy, marosimiy, urf-odat va an'anaviyligini saqlashda, asarb avaylashda xalaqit bergan va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Surxon raqs maktabi uslubi va maktabga mansub raqslar, raqslardagi turli xarakatlar tasviri haqida yanada ko'proq ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab etadi.



1980 yillarda “Boysun” folklor etnografik ansambli xalqimizning qadimiy qo'shiqlarini yig’ib, qayta tiklay boshladi.  Ular tomonidan “Sust xotin” marosim qo'shig’i ham aholi orasida so'rab-surishtirilib qayta tiklanilgan “saqnaviy” ko'rinishda  ijro etishdi. Unda marosim ishtirokchilari qo'shiq ijrosida raqsga tushib, turli xil qiziqchilik qilishgan. Boysun folklor etnografik ansambili to'plagan va yiqgan marosim raqsida erkak va ayollar birgalikda qulochlarini yoyib, kaft va panjalarini ochgan qolda goh aylanib, goh oyoqda ritmik harakat qilib, kuy-qo'shiq naqoratida osmonga iltijo qilgan holda o'yinga tushishgan. Ayrim raqoslar ikki tizanlab o'rtaga o'tirib olib, turli qo'l va kaftlarini qimirlatgan qolda o'ynaganlar.





Klassik raqsni 3 maktabga ajratish mumkin: хorazm, farg‘ona va buxoro.
Surxon maktabi harakat originalligi va ekspressiya bilan ajralib turadi. Ko‘plab raqslarning harakati asosida faunaga – kabutarlar,  echki, mushuk, xo‘roz va qo‘y jangi, qirg‘iylar, g‘oz, bedana va chag‘alay raqsiga taqlid mavjud. Raqqoslar xattoki, hayvonlar ovozini ham o‘xshatishga qodirlar.
Bu hududning ko‘plab raqs elementlari sirk san’ati bilan bog‘liq bo‘lib, “yuqori mahorat” ustalari olov, pichoq yoki osma jismlar bilan raqsga tushishadi.
Eng ta’sirli va taniqli xorazm raqslari «Lazgi», «Likobdagi raqs» va «Singan barmoqlar raqsi» hisoblanadi. Oxirgisi, eski afsona bilan bog‘liq, unga ko‘ra   shohning kanizagi kunlarning birida yiqilib tushadi va barmoqlarini sindirib qo‘yadi. Suyukli yorini hafa qilmaslik uchun u barmoqlarini bukmagan holda o‘yinga tushadi. Shoh esa mamnun bo‘lib, qizning g‘aroyib harakatlarini qabul qilgan holda uni yangi raqs turi deb hisoblaydi. Endi bu eng mashhur Surxon raqs uslublaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, Surxon makgtabida satiric raqslar mavjud bo‘lib, ular kasblar (baliqchi, sartarosh, oshpaz, chopon raqsi) haqida hikoya qiladi. Bunday raqslarda kasb emas, balki aniq biro dam masxara qilinadi.
Raqs liboslari o‘zining noodatiyligi bilan ajralib turadi. Surxon erkakalar raqs kiyimining ajralmas qismi qalin mo‘ynali shapka – papaxa sanaladi. Ayollar bosh kiyimi aksincha juda ham dilbar. Raqqosalar kiyimi ko‘plab tangachalar bilan bezalgan.

Surxon maktabi uchun yumshoqlik, noziklik va harakatlar ta’siri, yengil mayda qadam, bir joyda original harakatlar va yuqoridan bilaklarni pastga egish,  «so‘zlovchi harakatlar» va pantomima elementlari hosdir.
Shuningdek, Surxon raqslarida tez-tez ijodiy yondoshuvlar amalga oshiriladi, axir bu maktabda hayajon va his-tuyg‘ularga katta e’tibor qaratiladi.  Ko‘plab raqs kompozitsiyalari – bu chinakam miniatura spektakllari, yosh qizning hayotidan turli voqealarni hikoya qiluvchi  sahna ko‘rinishlari – masalan, sevgan yoridan ayriliq, yoki turli xildagi maishiy voqealar: paxta terish, ipak matosini to‘qish, non yopishni o‘z ichiga oladi.
Surxon vodiysining eng mashhur raqlaridan bir «Tanovar»dir.  «Tanovar» so‘zi ikki qismdan – «tan» – tana yoki qalb, «ovar» – orom, ya’ni «qalb oromi» iborat. Bu raqsning har bir harakati – o‘z sevgisini hirgoya qiluvchi ayol qalbining yorqin ifodasidir.

Buxoro maktabi Buxoro va Samarqand raqs an’analarini birlashtiradi. Shuningdek, hajviy vas irk elementlari ham mavjud. Bu raqslar anchayin jadal, xattoki ba’zi hollarda gimnastikaga ham o‘xshab ketadi. Juda ko‘p hollarda yelka bilan oldga va orqaga ta’zim qilish hamda tizza bilan yiqilish harakatlari kuzatiladi.
Raqqosalarning egiluvchanligi hayratga soladi, yuz o‘yini esa har qanday raqsga  ehtiros qo‘shadi. Buxoro maktabining eng taniqli raqslari  «zamin bozi», «larzon» va «sarizon bozi» bo‘lib, eng murakkab harakatlar va juda yorqin ifodalar amalga oshiriladi.
Klassikadan farqli o‘laroq, Buxoro xalq raqslari tabiiy tekis harakatdan iborat. Osiyoning toshli«qayrog‘i»dan foydalangan holda, raqs ritmi ushlab turiladi.  Qayroq ko‘rinish jihatdan 2 yassi toshni eslatadi. Ushbu instrument Buxoro xalq raqsining ajralmas qismi hisoblanadi.
Har bir viloyatning xalq raqslari o’zlarining uslublari, kostyumi va musiqiy asarlari bilan ajralib turadi. Har bir folklyor raqs raqqos o‘z madaniyati, tarixi va hayoti haqida hikoya qiluvchi sahna ko‘rinishidir.
Qashqadaryo viloyatining xalq raqslari juda ham yorqin sanaladi. Bunday raqslar eski qo‘shiqlar va raqqoslarning yorqin aktyorlik mahoratini o‘z ichiga oladi. Bu yerda ehtiros, ko‘z suzish va bosim mavjud.
Ko‘pincha bunday raqslarda eski oshxona anjomlari – yog‘och qoshiqlar, likoblar yoki ko‘zalardan foydalanishadi.
Liboslarni tikish oson va oddiy, biroq mato rangi va katta bezaklari yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Raqslar shuningdek, juda ham yuqumli bo‘lib, joyingizda jim tura yoki raqs taklifini rad eta olmaysiz!

Foydalanilgan adabiyotlar




  1. Achilov A. Badiiy gimnastika.: Т., G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010

  2. Бирюкова Л. Хореографическая подготовка в спорте. Киев: КГИФК, 1990.

  3. Бирюк Э.В., Ovchinnikova N.A. Хореографическая подготовка в спорте. Киев: КГИФК, 1990.

  4. Борбова Г.А. Художественная гимнастика в школе.-М.: FIS, 1984.

  5. Венгерова П.Н. Федорова О.С. Средства классического экзерсиса на уроках хореографической подготовки в сложно-координационных видах спорта. O'quv-uslubiy qo'llanma -SPb.:SPbGAFK,2000.

  6. Вербова З.Д. искусство произвольных упражнений. -М.: FIS, 1967.

  7. Гавердовский Ю. Техника гимнастических упраж­нений- М: Terra-sport, 2002.

  8. Karimov М.К. Xoreografiya mashqlari va badiiy gimnastika. O'quv qo'llanma. T.:2003.

  9. Каримов М.К. Упражнения хореографии, художествен­ной гимнастики и народные игры. O'quv qo'llanma. Т.:2005.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling