3- kurs 302 guruh talabasi xasanova Mamlakat Sharabidinovnaning


Metall kesish dastgohlarining turlari va ularni markalanishi


Download 1.01 Mb.
bet11/15
Sana02.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#197299
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xasanova Mamlakat Sharabidinovna

Metall kesish dastgohlarining turlari va ularni markalanishi

Zagatovkaga talab etilgan shakl berish, uni yo’nilgan yuzalarini talab etilgan darajada aniq va toza qilish maqsadida uni kesib ishlash uchun mo’ljallangan mashina metal kesish dastgohi deyiladi.

Tayyor detal olish maqsadida zagatovkani kesib ishlashning texnologik jarayonini amalga oshirish uchun metall kesish dastgohida zarur harakatlar hosil qilish, zagatovkani va kesuvchi asbobni o’rnatish hamda mahkamlash uchun tegishli mexanizm va moslamalar bo’lishi kerak. Stanok o’zoro bog’langan va ish harakatlarini (asosiy harakat va surish harakati) hosil qiladigan bir qator mexanizmlardan iborat bo’lishi zarur, bundan tashqari dastgohda kerakli aylanishlar sonini olish, kerakli surish qiymati hosil qilish, zagatovkani siqish va bo’shatish moslamalarini o’rnatish, kesuvchi asbobni zagatovkaga keltirish va zagatovkadan chetlatish mexanzmlari va bir qator boshqa mexanzmlar ham bo’lishi lozim.

Dastgohlarga nisbatan quyidagi talablar qo’yiladi:

1 .Zagatovkalar kesib ishlangandan keyin detallarga nisbatan qo’yiladigan talablarga javob beradigan o’lchamlarga va tozaligiga ega bo’lish uchun dastgoh aniq ishlashi lozim.

2. Zagatovkani kesib ishlash vaqtida sinish ro’y bermasligini, uzellarning detallari tez eyilmasligi va titrashga moyil bo’lmasligi uchun stanokning qismlari va barcha mexanzmlari puxta va bikr bo’lishi kerak.

3. Zagatovkann kesib ishlashda asosiy texnologik vaqti eng kam sarf qilinishi uchun stanok etarli darajada tez yurar bo’lishi zarur.

4. Dastgohga qarab turish va uni rostlash oddiy, oson bo’lishi va ortiqcha vaqt talab qilmasligi lozim.



5. Dastgoh konstrukturasida ehtiyot bo’lmay yoki bilmasdan turib ishga tushirishda dastgohning sinishiga barham beradigan saqlagich qurilmalari bo’lishi ham ko’zda tutilishi kerak.

6. Dastgohda operasiya tamom bo’lgandan keyin dastgohni yoki uning ayrim organlarini ishchisiz, avtomatik ravishda to’xtatadigan mexanizmlar ko’zda tutilishi lozim, bunday avtomatik mexanizmlar ishchining bir necha stanokda bir yo’la ishlashiga imkon beradi.

7. Dastgohni boshqarish oson va xavfsiz bo’lishi kerak.

Metall kesish stanoklari quyidagi asosiy alomatlariga, texnologik vazifaga, dastgoh konstruksiyasining o’ziga xos xususiyatlariga, joylashuviga, avtomatlashtirilganlik darajasiga, yo’nilgan yuzalarning dastgoh tahminlay oladigan tozalik va aniqlash darajasiga qarab klassifikasiyalanadi.

Texnologik vazifaga va ishlatiladigan asbobga ko’ra dastgohlar: frezalash, protyajkalash, parmalash jilvirlash dastgohlari va boshqa dastgohlarga bo’linadi.

Ixtisoslashtirilganlik darajasiga ko’ra, universal, ixtisoslashtirilgan va maxsus dastgohlariga, universal dastgohlar shakli va o’lchamlari jihatidan har xil detallar kesib ishlash uchun mo’ljallangan bo’ladi: ixtisoslashtirilgan dastgohlar shakli jihatidan o’xshash, ammo o’lchamlari turlicha detallar ishlash uchun mo’ljallanadi (masalan: tish yo’nish stanoklari) maxsus dastgohlar bir tip o’lchamli detallar ishlash uchun mo’ljallangan bo’ladi.

Avtomatlashtirilganlik darajasiga ko’ra, qo’l bilan boshqariladigan, yarim avtomat, avtomat dastgohlar, dastgohlarning avtomat liniyalari va boshqalarga bo’linadi.

Metall kesish dastgohlari aniqlik darajasiga ko’ra, quyidagi klass dastgohlari: normal aniqlikdagi dastgohlar - N, yuqoriroq aniqlikdagi dastgohlar P, yuqori aniqlikdaga dastgohlar - V, ayniqsa aniq dastgohlar - S, ayniqsa yuqori aniqlikdagi dastgohlar - A ga bo’linadi.

Og’irligi jihatidan: engil (1 t gacha), o’rta (10 t gacha) va og’ir (10 t dan ortiq) dastgohlarga bo’linadi.

1943 yilda ENIMS tomonidan ishlab chiqarilgan klassifikasiyaga ko’ra dastgohlar quyidagi tartibda nomerlanadi va markalanadi:

Biriichi raqam dastgoh kaysi gruppaga kirsa, ana shu gruppani bildiradi. Ikkinchi raqam dastgohning tipini ko’rsatadi.

Belgilardagi harflar, shuningdek uchinchi va to’rtinchn raqamlar dastgohning ishlatish uchun eng muhim parametrlaridan birini va kesib ishlanadigan detalni harakterlash maqsadida shu dastgoh ishlab chiqariladigan zavod tomonidan qo’yiladi.

Hozirgi zamonda texnologik jarayonlarni yanada takomillashtirib borilishi munosabati bilan metall kesish dastgohlarida nisbatan qo’yilidigan talablar yanada kuchaytirilmoqda. Ushbu masalani hal etish borasida stanoksozlik sohasi bir talay ijodiy ishlarni bir necha o’n yilliklar mobaynida amalga oshirdilar. Bular oddiy mexanizasiyalashgan universal dastgohlardan boshlab to hozirgi kundagi sonli dastur bilan boshqariladigan bir bir necha operasiyali ishlov berish markazlari ko’rinishida mavjud.

Quyida metall kesish dastgohlarining eng ko’p tarqalgan vakillari tokarlik avtomat va yarim avtomatlarining tuzilishi va texnikaviy ko’rsatgichlarni ko’rib chiqamiz.

Zagatovkani kesib ishlash bilan bog’liq bo’lgan barcha harakatlari avtomatlashtirilgan, zagatovkani o’rnatish, mahkamlash va kesib ishlangan detalni chiqarib olish ishlari qo’lda bajariladigan dastgohlar yarim avtomatlar deb ataladi. Zagatovka dastgohga o’rnatilgandan keyin ishchi dastgohni yurgizib yuboradi va detal o’lchamlarini tekshirib turadi.

Sozlanib bo’lgandan keyin barcha ishlarni ishchining ishtirokisiz o’zi bajaradigan dastgohlar avtomat dastgohlar deyiladi. Avtomat dastgohlarda ishchining vazifasi kesib ishlangan detalning sifatini tekshirib turishdan, stanok sozligini tug’rilashdan (kesuvchi asbobni almashtirish, dastgoh ishida sodir bo’ladigan nuqsonlarni bartaraf qilishdan) va dastgohni material (chiviq, zagatovka) bilan tahminlab turishdan iborat.



Tokarlik yarim avtomatlari va avtomatlari bir shpindelli va ko’p shpindelli stanoklariga, shpindellarinipg joylashuviga ko’ra esa gorizontal hamda vertikal dastgohlarga bo’linadi.

Hozirgi zamon korxonalarida mavjud bo’lgan stanoklar parki-ning 40—50 foizi tokarlik guruhiga kiruvchi stanoklardan iborat bo’lib, materiallarni kesib ishlash jarayonida asosiy o’rinlardan birini tashkil etadi.

Tokarlik stanoklarida turlicha ishlarni bajarish mumkin, ya’ni:

  • Silindrik, konussimon va fason yuzalarni yo’nish;

  • Konussimon va silindrik teshiklarni kengaytirish;

  • Tores yuzalarga ishlov berish;

  • Tashqi va ichki rezbalarni o’yish;

  • Parmalash, zenkerlash, razvertkalash va h.k.

Tokarlik stanoklari tuzilishi va bajariladigan ish xarakteriga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Oddiy tokarlik stanoklari — oddiy tokarlik stanoklaridan yuritish vintining mavjudligi va universalligi bilan farq qiladi.

  2. Ko’pkeskichli tokarlik stanoklari — bu stanoklarda detallarga bir yo’la bir necha keskich bilan ishlov berish mumkin. Stanok ko’ndalang, yo’nalishda harakatlanuvchi oldingi support va bo’ylama
    surish harakatini tahminlovchi orqa supportlar bilan tahminlangan. Asosan pog’onali val tipidagi detallarga ishlov berishda qo’llaniladi.

  3. Tokarlik-revolver stanoklari patronga mahkamlangan dona zagotovkadan va chiviqlardan detallar tayyorlashda ishlatiladi. Stanok kesuvchi asboblarni o’rnatish uchun reyulver kallak bilan jihozlangan.

  4. Tokar-karusel va lobovoy stanoklar — asosan katta diametrli kalta zagotovkalarni ishlashda qo’llaniladi. Karusel stanoklari planshaybasini gorizontal o’qda joylanishi bilan lobovoy
    stanoklardan farq qiladi.

  5. Tokarlik avtomat va yarim avtomat stanoklar — dona yoki chiviqsimon zagotovkalarni kesib ishlashga moslanilgan bo’ladi

  6. Bunday stanoklarda texnologik jarayon to’la avtomatlashtirilgan bo’ladi. YArim avtomatlarda esa zagotovkani maxkamlash va detallarni bo’shatib olish qo’lda bajariladi.

  7. Maxsus stanoklar — kesib tushiruvchi, o’yuvchi, nusxalovchi va h.k. iborat bo’lib, har bir stanok faqat maxsus biror tokarlik jarayonni bajarishga moslanilgan.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling