3- kurs 302 guruh talabasi xasanova Mamlakat Sharabidinovnaning


Download 1.01 Mb.
bet9/15
Sana02.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#197299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Xasanova Mamlakat Sharabidinovna

Darsning borishi

1. Tashkiliy qism.

O`quvchilarning davomatini, maxsus formalarining ahvolini tekshirish

2. Yangi materialni bayon qilish.

Xalq xo`jaligida va turmushda yupqa list metallning qo`llanishi haqida suhbat.

3. Kirish instruktaji.

O`quvchilarga mehnat topshirig`i berish (keskich uchun taglik yasash). Chizma bo`yicha taglikning konstruksiyasini o`rganish, taglikning vazifasiga ko`ra uning gabarit o`lchamlarini belgilash.

4. O`quvchilarning mustaqil ishi.

Daftarga keskich tagligining texnik rasmini chizish.

5. Joriy instruktaj.

Keskich tagligini tayyorlashning umumiy rejaini tuzish. O`quvchilarga taglikni tayyorlashning birinchi bosqichini — chizmani o`rganish, zagotovka o`lchamlarini tekshirish, zagotovkani xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan tekshirishni tushuntirish, zagotovkani ifloslikdan, zangdan tozalash; uni to`g`rilash va rejalash.

6. O`quvchilarning mustaqil ishi. Taglikni tayyorlashning birinchi bosqichini bajarish. Ish umumiy tarzda olib boriladi.

Yakunlovchi instruktaj. Ish natijalarini yakunlash. Rejalovchi kasbining xarakteristikasi.

Ish o`rinlarini yig`ishtirish.

O`quv ustaxonasida bajariladigan buyumlar ro`yxati kalendar tematik rejaga qo`shimcha ravishda yoziladi. Bu quyidagi prinsiplarga asosan ishlab chiqilgan:


  1. O`qitish unumi mehnat asosida olib boriladi.

  2. Buyumlar oddiydan murakkabga qarab joylashtirilgan.

  1. Hamma buyumlar operasiyalar bo`yicha normallashtirilgan. Bu esa, o`quvchilarni mehnat prosessini rejalashtirishga o`rgatadi.

Bu sxema tabiiy-matematik fanlar orasidagi o`zaro bog`lanishni ko`rsatadi. Bu birlashgan tematik rejada ilmiylik va nazariya bilan amaliyotning bog`lanishi asosida faqat ishlab chiqarish ta’limi maxsus texnologik fanning ayrim temalari orasidagina emas, balki boshqa umumiy ta’lim fanlari (fizika, matematika, ximiya) orasida xam umumiy texnika fanlari (metallar texnologiyasi, chizmachilik, texnik mexanika, elektrotexnika) orasida ham xuddi yuqoridagiday bog`lanish amalga oshiriladi.

Bu rejada nomi aytilgan hamma fanlar xuddi tabiiy-matematik sikl fanlarining o`zginasidir.

Shundan keyin konkret misollar bilan (o`qituvchi ixtisosi profilini ham hisobga olib) bu nomi aytilgan fanlar temalari orasidagi ob’ektiv mavjud bog`lanishlarni (sxemadagi misollar kabi) aniqlash zarur. Shundan keyin birlashgan tematik misolning asosiy mazmuni, uni ishlab chiqarish bosqichlari bilan tanishiladi. Bu ishlab chiqarishning mohiyati shundan iboratki, o`qish yili boshlanishidan oldin bilim yurti metodik komissiyasining majlisi chaqiriladi (bu komissiyaga birlashgan tematik rejada ko`rsatilgan fanlarning ishlab chiqarish ta’limi ustalari o`qituvchilari kiradi). Komissiyaning har bir a’zosi o`z fanini puxta analiz qilib, boshqa fanlar bilan bog`lanishni amalga oshirish imkonini beradigan konkret misollar vositasida bayon qilib beradi. Bu xildagi takliflar har tomonlama muhokama qilinadi, umumlashtiriladi. Fanlararo bog`lanishni amalga Oshirishga yordam beradi deb topilgan programma material birlashgan tematik reja jadvaliga yoziladi.

Shuni aytib o`tish kerakki, tabiiy-matematik fanlarning birlashgan tematik rejaini ishlab chiqishning ahamiyati ayniqsa so`ngi yillarda, ya’ni mamlakatimizda yangi tip professional texnika bilim yurtlari ixtisos berish bilan birga umumiy o`rta ma’lumot ham beradigan bilim yurtlari tashkil etilishidan keyin yana oshdi.

Mehnat ta’limi darslari o`quvchilar uchun juda qiziqarli utilishi lozim. Shunga ko`ra ularni qiziqtirish, masalan, mashg`ulotlar programmasiga bolalar uchun nihoyatda qiziqarli buyumlar yasash ishlarini kiritish kerak. Buning uchun mashg`ulotlarni har xil materiallar, asboblar va jihozlar bilan ta’minlash zarur. Bularning hammasini oldindan o`ylab qo`yish lozim.

Mehnat ta’limi darslarini ishini rejalashtirish mehnat ob’yektlarini tanlashdan boshlanadi. Bunda o`quvchilar hamma vaqt o`z imkoniyatlarini ob’yektiv baholamasligini, ularning o`z imkoniyatini yuqori baholashga moyilligini hisobga olish kerak.

Mehnat ob’yektlarini tanlashda o`quvchilar qanday texnik bilimlarga egaligini, qanday mehnat ko`nikmalarini o`zlashtirganligini nazarda tutish lozim. O`quvchilarning fan asoslaridan olgan bilimlari saviyasi ham muhim omil hisoblanadi.

O`qituvchining vazifasi o`quvchilarni xushmuomalalik bilan real ob’yektlarni tanlashga yo`naltirishdan, ularga u yoki bu ob’yektni nima uchun bajarish mumkin emasligini tushuntirishdan iboratdir.

O`quv ustaxonalarida bajariladigan buyumlar ro`yxati yarim yilga yoki bir yilga mo`ljallab tuziladi. Uni ishlab chiqishda usta mehnat ta’limi o`qituvchilari va ustaxonaning mudiri qatnashadi. O`quv ustaxonasida bajariladigan buyumlar ro`yxati kalendar tematik rejaga qo`shimcha ravishda yoziladi. Bu quyidagi prinsiplarga asosan ishlab chiqilgan:

1. O`qitish unumi mehnat asosida olib boriladi.

2. Buyumlar oddiydan murakkabga qarab joylashtirilgan.

3. Hamma buyumlar operasiyalar bo`yicha normallashtirilgan. Bu esa o`quvchilarni mehnat prosessini rejalashtirishga o`rgatadi.

Bu sxema tabiiy-matematik fanlar orasidagi o`zaro bog`lanishni ko`rsatadi. Bu birlashgan tematik rejada ilmiylik va nazariya bilan amaliyotning bog`lanishi asosida faqat ishlab chiqarish ta’limi maxsus texnologik fanning ayrim temalari orasidagina emas, balki boshqa umumiy ta’lim fanlari (fizika, matematika, ximiya) orasida xam umumiy texnika fanlari (metallar texnologiyasi, chizmachilik, texnik mexanika, elektrotexnika) orasida ham xuddi yuqoridagiday bog`lanish amalga oshiriladi.

Bu rejada nomi aytilgan hamma fanlar xuddi tabiiy-matematik sikl fanlarining o`zginasidir.

Shundan keyin konkret misollar bilan (o`qituvchi ixtisosi profilini ham hisobga olib) bu nomi aytilgan fanlar temalari orasidagi ob’ektiv mavjud bog`lanishlarni (sxemadagi misollar kabi) aniqlash zarur. Shundan keyin birlashgan tematik misolning asosiy mazmuni, uni ishlab chiqarish bosqichlari bilan tanishiladi. Bu ishlab chiqarishning mohiyati shundan iboratki, o`qish yili boshlanishidan oldin bilim yurti metodik komissiyasining majlisi chaqiriladi (bu komissiyaga birlashgan tematik rejada ko`rsatilgan fanlarning ishlab chiqarish ta’limi ustalari o`qituvchilari kiradi). Komissiyaning har bir a’zosi o`z fanini puxta analiz qilib, boshqa fanlar bilan bog`lanishni amalga oshirish imkonini beradigan konkret misollar vositasida bayon qilib beradi. Bu xildagi takliflar har tomonlama muhokama qilinadi, umumlashtiriladi. Fanlararo bog`lanishni amalga Oshirishga yordam beradi deb topilgan programma material birlashgan tematik reja jadvaliga yoziladi.

Shuni aytib o`tish kerakki, tabiiy-matematik fanlarning birlashgan tematik rejaini ishlab chiqishning ahamiyati ,ayniqsa, so`ngi yillarda, ya’ni mamlakatimizda yangi tip professional texnika bilim yurtlari-ixtisos berish bilan birga umumiy o`rta ma’lumot ham beradigan bilim yurtlari tashkil etilishidan keyin yana oshdi.

Mehnat va kasb ta’limini rejalashtirish o`quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo`lib, u didaktika prinsiplariga va o`quvchilarning mehnat, tayyorgarligi dasturi talabalarga to`la – to`kis mos keladigan bo`lishi kerak.

Mehnat va kasb ta’limini rejalashtirish vaqtida quyidagi hujjatlar tuzib chiqiladi:

1. Mehnat bo`yicha yarim yilga, istiqbolga mo`ljallangan kalendar-mavzu rejasi.

2. Har bir mehnat turi bo`yicha yarim yilga yoki bir yilga mo`ljallab tuzilgan o`quv ishlab chiqarish ishlarining ro`yxati.

3.Tabiiy-ilmiy turkumdagi fanlarning yig`ma mavzu rejasi:unda fanlararo bog`lanishlar aks etishi lozim (yarim yilgamo`ljallab tuziladi).

4. Ana shu mavzu yuzasidan batafsil konspektga ega bo`lgan dars rejasi.

Ayrim maktab o`quv-ishlab chiqarish kombinatlari,hunar-texnika bilim yurtlarining ilg`or ish tajribasi shuni tasdiqlaydiki, mehnat va kasb ta’limi bo`yicha rejalashtiruvchi hujjatlar o`quv jarayonini xamma tamoyillarini hisobga olgan xolda tuzib chiqilishi kerak.Rejalashtirishda ana shu tamoyillaridan birortasiga e’tibor bermaslik, mehnat o`qituvchisining ishida jiddiy nuqsonlarga sabab bo`lishi mumkin.

Ma’lumki,mehnat va kasb ta’limi dasturida mavzular ma’ruzalariga va darslarga bo`linmaydi, ularda soatlar miqdori ajralib ko`rsatilmaydi. Bu ish mehnat ta’limi o`qituvchisi yoki ustaga yuklanadi,u har bir mashg`ulot uchun o`quv materialining xajmini shunday taqsimlab chiqadiki, bu material mazmun jihatdan ham, matn jihatdan ham mantiqan tugallagan bo`lishi kerak. Shu bilan birga o`qituvchi ajratilgan mavzuchalardan har biriga kiradigan o`quv materialining xususiyati va mazmuniga mos keladigan nom berish kerak.

Kalendar-mavzu rejasida amaliy-laboratoriya ishlarining ro`yxati albatta berilishi lozim,zarur asbob -uskunalar, materiallar,xujjatlar ana shu ro`yxatga muvofiq ravishda tayyorlanadi.

Bunday reja o`rgatilayotgan jarayonlarni o`zlashtirishning samarali bo`lishini ta’minlaydigan maxsus moslamalarni ko`rsatmasdan o`tib bo`lmaydi (ular oldindan tayyorlab qo`yilishi lozim).

Ayrim metodistlar kalendar - mavzu rejasini soddalashtirilgan sxemasini yoqlab chiqmoqdalar. Ular bu ishni endi boshlayotgan mehnat o`qituvchilari, ustalari, muxim, lekin ko`p vaqt talab qiladigan tayyorgarlik ishining uddasidan chiqmaydilar deb tushuntirmoqchi bo`ladilar. Lekin shu rejalashtirishni har qanday soddalashtirish yoqi etarli darajada aniq rejalashtirmaslik, ma’lumki ta’lim jarayonini tashkil etishning buzilishiga, ta’lim ishida sifatni pasayishiga va nuqsonlar sodir bo`lishiga olib keladi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling