3- kurs 302 guruh talabasi xasanova Mamlakat Sharabidinovnaning


-BOB. Texnologiya darslarini rejalashtirish


Download 1.01 Mb.
bet5/15
Sana02.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#197299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xasanova Mamlakat Sharabidinovna

1-BOB. Texnologiya darslarini rejalashtirish

1.1. Mehnat jarayonining tahlili va mehnat ta`limida didaktik tushunchalar
Mehnat va kasb ta’limini rejalashtirish o`quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo`lib, u didaktika prinsiplariga va o`quvchilarning mehnat, tayyorgarligi dasturi talabalarga to`la – to`kis mos keladigan bo`lishi kerak.

Mehnat va kasb ta’limini rejalashtirish vaqtida quyidagi hujjatlar tuzib chiqiladi:

1.Mehnat bo`yicha yarim yilga, istiqbolga mo`ljallangan kalendar-mavzu rejasi.

2.Har bir mehnat turi bo`yicha yarim yilga yoki bir yilga mo`ljallab tuzilgan o`quv ishlab chiqarish ishlarining ro`yxati.

3.Tabiiy-ilmiy turkumdagi fanlarning yig`ma mavzu rejasi: unda fanlararo bog`lanishlar aks etishi lozim (yarim yilgamo`ljallab tuziladi).

4. Ana shu mavzu yuzasidan batafsil konspektga ega bo`lgan dars rejasi.

Ayrim maktab o`quv - ishlab chiqarish kombinatlari, hunar-texnika bilim yurtlarining ilg`or ish tajribasi shuni tasdiqlaydiki, mehnat va kasb ta’limi bo`yicha rejalashtiruvchi hujjatlar o`quv jarayonini xamma tamoyillarini hisobga olgan xolda tuzib chiqilishi kerak. Rejalashtirishda ana shu tamoyillaridan birortasiga e’tibor bermaslik, mehnat o`qituvchisining ishida jiddiy nuqsonlarga sabab bo`lishi mumkin.

Ma’lumki, mehnat va kasb ta’limi dasturida mavzular ma’ruzalariga va darslarga bo`linmaydi, ularda soatlar miqdori ajralib ko`rsatilmaydi. Bu ish mehnat ta’limi o`qituvchisi yoki ustaga yuklanadi, u har bir mashg`ulot uchun o`quv materialining xajmini shunday taqsimlab chiqadiki, bu material mazmun jihatdan ham, matn jihatdan ham mantiqan tugallagan bo`lishi kerak. Shu bilan birga o`qituvchi ajratilgan mavzuchalardan har biriga kiradigan o`quv materialining xususiyati va mazmuniga mos keladigan nom berish kerak.

Kalendar - mavzu rejasida amaliy-laboratoriya ishlarining ro`yxati albatta berilishi lozim, zarur asbob - uskunalar, materiallar, xujjatlar ana shu ro`yxatga muvofiq ravishda tayyorlanadi.

Bunday reja o`rgatilayotgan jarayonlarni o`zlashtirishning samarali bo`lishini ta’minlaydigan maxsus moslamalarni ko`rsatmasdan o`tib bo`lmaydi (ular oldindan tayyorlab qo`yilishi lozim).



Ayrim metodistlar kalendar - mavzu rejasini soddalashtirilgan sxemasini yoqlab chiqmoqdalar. Ular bu ishni endi boshlayotgan mehnat o`qituvchilari, ustalari, muxim, lekin ko`p vaqt talab qiladigan tayyorgarlik ishining uddasidan chiqmaydilar deb tushuntirmoqchi bo`ladilar. Lekin shu rejalashtirishni har qanday soddalashtirish yoqi etarli darajada aniq rejalashtirmaslik, ma’lumki ta’lim jarayonini tashkil etishning buzilishiga, ta’lim ishida sifatni pasayishiga va nuqsonlar sodir bo`lishiga olib keladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling