3- kurs 302 guruh talabasi xasanova Mamlakat Sharabidinovnaning


-SINF (haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat)


Download 1.01 Mb.
bet6/15
Sana02.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#197299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xasanova Mamlakat Sharabidinovna

5-SINF

(haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat)

Texnologiya va dizayn yo’nalishi


Darslar tartibi

Mavzular

Dars soati




Metallga ishlov berish texnologiyasi

18




Umumiy tushunchalar

2

1-2

Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi. Metallga ishlov berishda xavfsizliic texnikasi qoidalari. Metallning turmushda va xalq xo’jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, sohalari. Metallarning tashqi ko’rinishi va o’ziga xos belgilari

2




Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish

4

3-4

Metallga ishlov berishda qo’l asbob-uskunalari, mosla-malarining tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish qoidalari. Chilangarlik dastgohi. o’lchash va rejalash asboblari

2

5-6

Arralar va frezalar turlari. Zubilo, otvyorka va omburlar. Bolg’alar va ularning turlari: po’lat, yog’och va plastik bolg’alar va to’qmoqlar. Yog’och va jilvir qog’ozlar tuzilishi va turlari. 1-nazoratishi

2




Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish

2

7-8

Metallga ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha. Mashinalarning asosiy qismlari

2




Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi

10

9-10

Metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlari. Yupqa tunuka va simdan buyumlar tayyor-lash

2

11-12

Metall buyumlarda biriktirish turlari: harakatsiz (pay-vand) va yarim harakatchan. 2-nazorat ishi

2

13-14

Metallarga ishlov berishda qo’llaniladigan xalq hunar-mandchiligi elementlari. Metallga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to’g’risida ma'lumot

2

15-16

Detallar va buyumlar konstruktiv qirqimlarini topish.

2

17-18

Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg’unlash-tirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi

2

Kalendar - mavzu rejasini tuzish vaqtida mehnat va kasb ta’limi o`qituvchisi o`quv ishlab chiqish ishlari ro`yxatiga qanday mehnat ob’yektlari kiritilishi lozimligini oldindan bilishi kerak. Demak, kalendar mavzu rejasi o`qituvchi tomonidan o`quv ishlab chiqarish ishlari ro`yxati belgilangan bir vaqtda tuzib chiqilishi lozim. Chunki bu rejalashtirilayotgan har ikkala xujjat bir-biriga chambarchas bog`liqdir. Mehnat va kasb ta’limi bo`yicha operator dasturi asosida o`qituvchining mashg`ulotga tayyorlanishida, ayniqsa dars rejasini tuzib chiqishda mehnat ob’yektlarini tanlashda va mashg`ulotlarni zarur narsalar bilan boyitishda uning ishini ancha osonlashtiradi. Mehnat va kasb ta’limi bo`yicha kalendar-mavzu rejasi dastur asosida yarim yilga mo`ljallab tuzib chiqiladi. Reja mehnat o`qituvchilarining metod birlashmasidan ko`rib chiqilishi, unga tuzatishlar kiritilib, muloxazalar hisobga olinishi kerak. Shundan keyin maktab o`quv ishlab chiqarish kombinati va hunar - texnika bilim yurti direktorlarining tasdig`iga taqdim etiladi.

Ishlab chiqarish ta’limi dars planining tipik sxemasini o`rganishda kirishishdan oldin bu planning ishlab chiqarish ta’limi programmasi va plani asosida, maxsus texnologik va boshqa fanlarga doir darslarning planlari ayrim darslar kalendar planlari asosida tuzilishini aytib o`tish zarur. So`ngra dars planini tuzishdan ko`zda tutilgan maqsad va talablar o`ylab chiqiladi. Shundan keyin ishlab chiqarish ta’limi darsini mumkin qadar sxemasini, ya’ni har bir elementi ayrim band tarzida yozilgan mufassal planini ko`zdan kechirishga o`tish maqsadga muvofiqdir.

Mashg`ulotlarni rejalashtirish mehnat ta’limi o`qituvchisining ishida muhim o`rin tutadi. Bunda darslarning kalendar rejalari va reja-konspektlari tuziladi. Kalendar rejaning yagona, doimiy aniq shakli bo`lmaydi. Shuning uchun amalda rejalar turli shaklda tuziladi. Quyida kalendar rejaning mumkin bo`lgan variantlaridan birini keltiramiz.


T№

Mashg`ulot temasi

Mashg`ulot sanasi

Buyum

Buyum materiali

Umumiy foydalaniladigan asbob va moslamalar

Ko’rsatmali qurollar

eslatma

Sortamenti

1ta buyumga

Xamma buyumlarga

Ko`rinib turibdiki, bu formadagi reja muayyan vaqt mobaynida ustaxonalardagi normal ish uchun turli xildagi materiallardan qancha kerakligini hisoblab chiqish imkonini beradi, Ustaxonalarni zarur narsalar bilan ta’minlash o`quvchiga yuklanishi nazarda tutilsa, ishda mana shunday rejalarni qo`llash maqsadga muvofiqligi ayon bo`ladi. Rejaning mazkur formasi, shuningdek, umumiy foydalannsh uchun qanday asboblar, qanday moslamalar kerak bo`lishiii oldindan aniqlash imkonini beradiki, bu juda muhimdir. Buning muhimligi shundaki, ayrim moslamalarni o`z kuchlari bilan tayyorlashga to`g`ri keladi. Moslamalarni ham o`quvchilarning mehnat ob’yektlari jumlasiga kiritish mumkin.

Darsning yaxshi reja-konspekti — yuqori saviyadagi ta’limiy ishning zarur shartidnr, chunki bunday reja-konspektni qunt bilan tayyorlanish va mashg`ulotning har bir elementini puxta o`ylash natijasidagina tuzish mumkin.

Darsning reja-konspekti ixtiyoriy formada tuziladi, lekin har qanday holda ham unda mashg`ulotning temasi va maqsadi, uning jihozlanishi va borishi aks etishi zarur.

Topshiriq bo`yicha darsiing reja-konspektini tuzing.

Dars rejainiig namunaviy shakli yuqorida berildi. Darsnnng maqsadini ifodalab, o`rganish va mustahkamlash rejalashtiriladigan bilim va amaliy malakalarni ko`rsatish kerak. Darsning jihozlanishida dars davomida qanday asboblar, moslamalar, jihozlar, ko`rsatmali qo`llanmalar, materiallar zarurligini nazarda tutish lozim.

Ko`pincha topshiriqqa kombinasiyalangan dars kiradi, chunki uni o`tkazishda har xil didaktik vazifalar hal qilinadi. Bunday darsning strukturasi quyidagicha bo`lishi mumkin:

Tashkiliy qism.

O`tilgan materialni (savolni) tekshirish.

Yangi materialni bayon qilish (qisqa konspekt).

Kirish instruktaji.

O`quvchilarning mustaqil ishi.

Joriy instruktaj.

O`quvchilarning mustaqil ishi.

Yakunlovchi instruktaj.

Ish o`rinlarini yig`ishtirnsh.

Reja-konspektda darsshshg borishnni yoritishda ana shunday mulohazalarga asoslanish zarur.

Bilimlarni tekshirish imkoni boricha yangi materialni idrok etishga va mehnat topshirig`ini bajarishga tayyorgarlik bosqichi sifatida tashkil qilinishi kerak. Shuning uchun darsning konkret mazmuniga, shuningdek, oldingi o`quv materialiga bog`liq xolda bilimlarni tekshirish har xil yo`sinda o`tkazilishi mumkin.

Agar o`huvchilarning mazkur darsga bevosita daxli yo`q material bo`yicha bilimlarini tekshirish lozim bo`lsa, 10—15 minut vaqt ajratib kontrol ish o`tkazish mumkin. Bunda o`quvchilarga 2—3 ta savol (yoki bir necha variantli topshiriq) beriladi, o`quvchilar yozma ravishda javob qaytaradilar. Bu borada ayrim o`qituvchilar programmalashtirilgan frontal so`rashdan foydalanmoqdalar.

Agar o`tgan mashg`ulotlarda olingan bilimlarni yangi materialni idrok etish uchun tekshirish zarur bo`lsa, so`rash tushuntirishni boshlashdan oldin o`tkaziladi. Bordi-yu, bu bilimlardan amaliy ishda foydalanish zarurati tug`ilsa, material kirish instruktaji prosessida takrorlanadi. Bunda takrorlash uchun beriladigan savollarni mehnat topshiriqlariga qo`shish ma’qul.

Takrorlash uchun beriladigan savollarni oldindan puxta o`ylash va darsning reja-konspektida ko`rsatish lozim.

Yangi naterialning hajmi va murakkabligiga qarab, dars konspektida tushuntirishning rejasi yoki qisqacha mazmuni beriladi.

Agar yangi material murakkab va hajmi katta bo`lsa, tushuntirish oxirida uni o`quvchilar qanday o`zlashtirganini tekshirish mumkin. Bunday hollarda darsning reja-konspektida bilimlarni tekshirish uchun savollar keltiriladi.

O`quvchilarning mustaqil ishi darsning reja-konspektida alohida o`rin olishi kerak. Umuman, darsning samaradorligi uning ana shu bosqichi qanchalik chuqur o`ylab tashkil qilinishiga bog`liq bo`ladi. Bunda o`quvchilarning mustaqil ishidagi vazifalarni belgilash o`qituvchining vazifalarini belgilashdan ancha oson ekanligini nazarda tutish lozim. Buning ajablanarli joyi yo`q. Zotan, o`quvchining vazifalari aniq ifodalash mumkin bo`lgan mehnat topshirig`i bilan belgilanadi. Uqituvchining vazifasi topshiriqning murakkabligiga, o`quvchilar faoliyati qanday o`tishiga, ya’ni ular topshiriqni bajarishda qanaqa xatolarga yo`l qo`yishiga, qanday qiyinchiliklarga duch kelishiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun o`qituvchi o`quvchilarning mustaqil faoliyatida, bo`ladigan ishni rejalashtirnshda ular yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni analnz qilishi kerak.

O`quvchilar programmaga muvofiq yil saynn tipovoy ishlarni bajara boradilar, shuning uchun taxminan bir xil qiyinchiliklarga duch keladilar va bir xil xatolarni takrorlaydilar. Tajribali o`qituvchilar ana shu qiyinchilik va xatolarni yaxshi biladilar, endigina ishlayotgan o`qituvchilar esa bularni metodik adabiyotlardan bilib olishlari mumkin. Ana shu maqsadda o`quvchilarga beriladigan mehnat topshirig`ini avval o`qituvchining o`zi bajarib ko`rishi zarur. Shuning uchun darsning reja-konspekti bilan birga, o`quvchilarning mehnat ob’yekti sifatidagi buyumni tanlash ham kerak.

Frontal, gruppavoy va individual instruktaj bo`la oladigan joriy instruktajni rejalashtiring. Yakunlovchi instruktaj mazmunini yoritib, o`quvchilarning diqqati ,xususan, nimaga qaratilishini; ularga keyingi mashg`ulotga tayyorlannsh bo`yicha qanday topshiriq berilishini ko`rsating.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling