"Texnik mexanika" fanidan ta’lim texnologiyasi "Texnik oliy ta’lim


Download 80.59 Kb.
bet1/13
Sana30.01.2024
Hajmi80.59 Kb.
#1816968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Texnik mexanika fanidan ta’lim texnologiyasi Texnik oliy ta’l-fayllar.org


"Texnik mexanika" fanidan ta’lim texnologiyasi "Texnik oliy ta’lim



Kirish. 
“Texnik mexanika” fanidan ta’lim texnologiyasi “Texnik oliy ta’lim 
muassasalarida ma’ruza va seminarlarini o’qitish texnologiyasi” o’quv
qo’llanmasida bayon etilgan dars mashg’ulotlarida yangi texnologiyalarni qo’llash 
qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan.
Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati 
to’g’risida so’z borganda Prezidentimizning “O’quv jarayoniga yangi axborot va
pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib 
tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga e’tiborimizni
yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay 
yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz mafkazida bo’lishi darkor degan so’zlarini
ta’kidlash o’rinlidir. Bu masala Davlat dasturida ham asosiy yo’nalishlardan biri 
sifatida e’tirof etilgan.
Qo’llanmada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv 
mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti to’g’risida axborot materiallarini, pedagogik
maqsad, vazifa va qo’llangan natijalarni, o’quv mashg’ulotning rejasi, o’qitishning 
usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o’quv mashg’ulotining
texnologik kartasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchining mazkur o’quv 
mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatning
bsqichma-bosqich ta’riflanishini ham o’zichiga oladi. 
Qo’llanma tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, har
bir ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o’qitish texnologiyasidan iborat. 
Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni
o’zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan 
foydalanilgan.
Qo’llanmaning konseptual asoslari qismida dastlab “Nazariy mexanika” 
fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o’quv fanining tarkibiy tuzilishi,
o’qitishning usul va vositalarini tannlashda tayanilgan konseptual fikrlar
kommunikatsiyalar, axborotlar berilib, so’ngra loyihalashtirilgan, o’qitish
texnologiyalari taqdim qilingan. 
To’qqiz turdagi ma’ruza mashg’ulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual
ma’ruza, ma’ruza-muzokara, hamkorlikdagi ma’ruza, avvaldan rejalashtirilgan 
xatoli ma’ruza, sharhlovchi ma’ruza berilgan.
Amaliy mashg’ulotlarida muammoli mashg’ulot, bilimlarni kengaytirish va 
chuqurlashtirishga yo’hnaltirilgan mashg’ulot, ishbilarmonlik o’yinlariga
asoslangan, aniq holatlarning yechimi bo’yicha amaliy mashg’ulot texnologiyalari 
mavjud va h.k.
Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko’rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga 
o’qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali
foydalanilmoqda. Ta’lim tizmida innovatsion va pedagogik g’oyalar amalga 
oshirilmoqda: o’qituvchi bilim olishning yagona manbai bo’lib qolishi kerak emas,
balki talabalar mustaqil ishlash jarayoning tashkilotchisi, maslahatchisi, o’quv 
jarayonining menejeri bo’lishi lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish
asosida aynan shu g’oyalar yotadi. 

Nazariy mexanika” fanining dolzarbligi va ahamiyati.


Tabiiy-gumanitar fanlar ichida nazariy mexanika alohida o’rin tutadi. Hozirgi kunda 


O’zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlarning asosini shakllantiruvchi qator me’yoriy
hujjatlar qabul qilingan va amalga oshrib kelinmoqda. Bular asosida “Ta’lim to’risida”gi 
va “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi”dagi qonunlar alohida o’rin tutadi. Bu
qonunlardan kelib chiqadigan vazifa ta’lim dasturlari mazminining yuqori sifatiga 
erishish va yangi pedagogik texnologiyalar joriy qilishdir. Ilg’or pedagogik
texnologiyalar dars berishning interfaol usullarini nazarda tutadi. Bular munozara 
darslari, muammoli holatlarni, keys stadilarini yehish va hokazolardir. Ushbu usullar
talabalarning ijodiy faolligini oshirishda, muammoni hal qilishning eng maqbul yo’llarini 
topishda yordam beradi.
Davlat ta’lim standartida bakalavrning tayyorgarlik darajasiga quyidagi talablar 
qo’yilgan. Bakalavr:
- dunyoqarashni kengaytiruvchi bilimlarga ega bo’lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy 
ranlarning asosini davlatning hozirgi kundagi siyosatining dolzarb masalalarini bilishi,
ijtimoiy muammo va hodisalarni mustaqil tahlil qila olishga qodir bo’lishi; 
- mamlakatimiz tarixini bilishi, milliy g’oya va umuminsoniy qadriyatmasalari bo’yicha
o’z nuqtai nazarlarini ilmiy asoslash, milliy mustaqillik g’oyasi asosida faol hayotiy 
nuqtai nazarga ega bo’lishi;
- tabiat va jamiatda sodir bo’ladigan jarayon va hodisalar to’g’risida yaxlit tasavvurga 
ega bo’lisi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatida ilmiy asoslangan holda foydalana
olishi;

- insonning insonga, jamiatga, atrof –muhitga nisbatan bo’lgan munosabatini


boshqarishning huquqiy va ahloqiy me’yyorlarini bilish, kasbiy ish jarayonida ularni 
hisobga ola bilishi;
axborotni to’plash, saqlash, qayta ishlash va uni qo’llash usullarini bilishi, o’zining 
kasbiy ish tajribasiga asoslangan xulosalar chiqarishi;
- mustaqil ravishda yangi bilimlarni o’zlashtirishi, o’z malakasini oshirishi 
va mehnatini ilmga asoslangan holda tashkillashtirishi;
- sog’lom hayot kechirish tarzining muhimligi tog’risida ilmiy tushunchalarga va 
asoslarga, jismoniy rivojlanish borasidagi bilim va malakalarga ega bo’lishi;
- kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim 
olishi kerak. Nazariy mexanika o’qituvchsi doimo o’z pedagogik mahoratini oshirib
uni san’at darajasiga yetkazib borishi kerak. O’z fikrini tushunarli, ko’rgazmali 
ifodalay bilish, ta’lim berishga ijodiy yondashuvini rivojlantirib borishi kerak.
O’qituvchining ijodiy yondashuvi talaba tomonidan nazariy mexanikani o’rganishga 
ijodiy yondashuvining bevosita shartidir. Odatdagi ma’ruza darslarining an’anaviy
tarzda, ilg’or pedagogik usullarsiz olib borilishi talabadan faollik talab qilmaydi. 
Darsni o’zlashtirish ham osonday tuyuladfi, fanga nisbatan qiziqish uyg’onmaydi.
Muammoli holatlarning yaratilishi, talabani fanga qiziqtirish, uning faoliyatini oshirib, 
kengroq fikrlashga, maqsadga qarab intilishga, kerakli bilim va ko’nikmalar hosil
qilishga yordam beradi. Shu bilan birga xalqaro andozalarga mos keluvchi 
mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yoshlarning yuqori iqtisodiy ta’lim darajasini
ta’minlash, bu vazifani sifatli, samarali tushunarli amalga oshirish nazariy mexanika 
fanining asosiy uslubiy vazifasi hisoblanadi. Uni amalga oshirish o’qitish jarayonini
texnologiyalashtirish, ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni zarur 
qilib qo’yadi.





Download 80.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling