3- kurs 302 guruh talabasi xasanova Mamlakat Sharabidinovnaning


Tokarlik—vintqirqish stanogining tuzilishi


Download 1.01 Mb.
bet12/15
Sana02.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#197299
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xasanova Mamlakat Sharabidinovna

Tokarlik—vintqirqish stanogining tuzilishi

Quyidagi rasmda 1K62 modeli tokarlik — vintqirqish stanogining asosiy uzellari va boshqarish organlari: stanina va uning tumbalari, oldingi va orqa babkasi, surishlar qutisi, keskich tutqichli support, supportni harakatga keltirish mexanizmi joylashgan fartuk va stanokni boshqarish elementlari tasvirlangan.



Stanina va uning tumbalari (21) stanokning barcha uzellarini o’rnatish va maxkamlash uchun baza vazifasini o’taydi. Stanina yuqori sifatli cho’yandan quyiladi. Stanok ishining sifati staninaning bikrligi va eyilishiga chidamliligiga ko’p jihatdan bogliqsir. Staninaning yuqorigi yuzasida gorizontal joylashgan vurtta yo’naltiruvchi (a) bor. Oldingi prizmatik va orqa shassi yo’naltiruvchilarda support karetkasi (b), ichki yo’naltiruvchilarda esa orqa babka (15) harakatlanadi. Stanina yuqorigi qismi konstruksiyasining bunday bo’lishiga sabab shuki, support karetkasi ostidagi yo’naltirgichlar supportning tez-tez surilib turishi natijasida tezroq eyiladi, orqa babka ostidagi yo’naltirgichlar esa deyarli eyilmaydi, bu hol oldingi va orqa babkalar uchlarining bir-biriga to’g’ri kelib turishini tahminlaydi.

Oldingi babka (2) staninadan qo’zg’almaydigan qilib mahkam-langan, unda shpindel (v) ga har xil aylanish sonlari (tezliklar) beradigan yuritma bor. SHpindel ichi xovol vali bo’lib, uning oldingi uchida markazning quyrug’i, kesuvchi asbob yoki oraliq vtulka o’rnatiladigan konus bor. SHpindelning odsingi sirtiga patron yoki planshayba burash uchun rezba ham qirqilgan. Agar zagotovka chivikdan iborat bo’lsa, u chiviq shpindel ichidagi teshikdan o’tkaziladi va patronga mahkamlanadi; qisqa zagotovkalar patronga mahkamlanib yoki markazlarda siqilib yo’niladi.

Orqa babka (15) staninaning o’ng tomoniga o’rnatilgan bo’lib, markazlar orasiga siqib yo’niladigan zagotovkalarni tutib turish uchun xizmat qiladi, undan zagotovka teshik parmalashda yoki zagotovkadagi teshikka ishlov berishda kesuvchi asbobni (parma, zenker, razvyortka) o’rnatish va mahkamlash uchun foydalansa ham bo’ladi. Markaz va kesuvchi asboblar orqa babkaning penoli (g)ga o’rnatilgan. Kesib ishlanadigan detal uzunligining ortishi bilan orqa babka staninaning yo’naltiruvchilari bo’ylab siljitilishi va oldingi babkadan tegishli oraliqsa mahkam qo’yshtishi mumkin. Orqa babka korpusi (d)ni plita (e)ga nisbatan ko’ndalangiga siljitish hisobiga konus yuzalarini yo’nish mumkin.

Surishlar qutisi (23) surish qiymatini rostlash uchun xizmat qiladi va shpindel (v)dan surishlar mexanizmi orqali surish vali (j) yoki surish vinti (z) ga harakat uzatadi, surish vali yoki surish vinti esa support mexanizmlarini harakatga keltiradi.

Keskich tutgichli support (10) keskich tutqich (i) ga o’rnatilgan va mahkamlangan keskichga markazlar o’qiga nisbatan olganda bo’ylama, ko’ndalang yo’nalishlarda, konus sirtlar yo’nishida esa mahlum burchak ostida surish harakati uzatish uchun xizmat qiladi. Korrekgor stanina yo’naltiruvchilarida bo’ylama yo’nalishda qo’l bilan ham, mexanik usulda ham surilishi mumkin. Karetkaning yo’naltiruvchilarida ko’ndalang yo’nalishda salaskalar (k) qo’l bilan yoki mexanik usulda suriladi. Supportni keskich tutqich bilan birgaliqda ikkala tomonga ham 45° burish mumkin. Keskich tutqichli yuqorigi salastkalar (l) faqat qo’l bilan surilishi mumkin.

Fartuk support (20) koretkasi bilan qimirlamaydigan qilib mahkamlangan. Fartukda supportni surish mexanizmi joylashgan, bu mexanizm bilan surish valini (j) aylantiradi. Surish validan bo’ylama va ko’ndalang yo’nishda, shuningdek, spirallar qirqishda foydalaniladi. Bo’ylama yo’nalishda ham surish vinti (z)dan harakatga keltiriladi, supportning bu harakatidan, ko’pincha, rezba qirqish uchun foydalaniladi. Binobarin, surish vali hamda surish vintining aylanma harakati fartuk mexanizmlari yordamida supportning ilgarilanma surilish harakatiga aylantiradi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling