3 – laboratoriya ishi differensial va yarim o‘qlar tuzilishini o‘rganish


Download 165,25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.02.2023
Hajmi165,25 Kb.
#1232747
Bog'liq
Снимок экрана 2021—12—18 в 12.18.38



3 – LABORATORIYA ISHI
DIFFERENSIAL VA YARIM O‘QLAR TUZILISHINI
O‘RGANISH
3.1. Ishdan kozda tutilgan maqsad:
Differensiallar va yarim o‘qlarning tuzilishi, ishlashi va ularning
konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat.
3.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Ma’lumki, avtomobil burilayotganda bir xil vaqt ichida ularning
tashqi g‘ildiraklari ichki g‘ildiraklariga nisbatan ko‘proq yo‘l bosadi.
Demak, bu holda tashqi g‘ildiraklar ichki g‘ildiraklarga qaraganda tez
aylanadi. G‘ildiraklarning bu kabi har xil tezlikda aylanishi avtomobillar
(tog‘ri yo‘nalishda) notekis yo‘llardan harakatlanganda, shuningdek,
g‘ildiraklar har xil diametrga (shinalarning yoyilishi yoki havo bosimi
turlicha bo‘lganda) ega bo‘lganida ham ro‘y beradi. Yetakchi
g‘ildiraklarni har xil tezlikda harakatlanishini taminlash uchun ularni
bitta valga o‘rnatmasdan, har biri mustaqil harakatlanadigan va yarim
o‘q deb ataluvchi ayrim-ayrim vallarga o‘rnatiladi. Shunday qilib,
avtomobil burilayotganda ma’lum aylanishlar chastotasiga ega bolgan
asosiy uzatmadagi yetaklanuvchi shesternyaning harakati g‘ildiraklarga
har xil aylanishlar chastotasi bilan uzatilishi kerak. Avtomobillarda
bunday vazifani differensial bajaradi.
3.1-rasm. Asosiy uzatma va diflerensial:
1-yarim oq; 2-yetaklovchi shesternya;3-yetaklanuvchi shestemya; 4-
yarim o‘q shestemyasi; 5 -sotolet shestemyasi.
Avtomobillarda asosan shesternyali va kulachokli differensiallar
ishlatiladi.
Yarim o‘qlar differensialdan burovchi momentni yetakchi
g‘ildiraklarga uzatadi. Avtomobillarda qo‘llaniladigan yarim o‘qlarining
asosiy turlari quyida keltirilgan. Yarim o‘qlarning tashqi uchlari
g‘ildirak gupchagiga flanets, shponka yoki shlitsa yordamida ulanadi.
Ichki uchi esa ko‘pchilik avtomobillarda yarim o‘q shesternyasi bilan
shlitsa yordamida biriktiriladi.

3.3. Ishni bajarishda ishlatiladigan asbob va uskunalar.
1. Yengil avtomobillarning kuzov, dvigatel va shassi bilan birga
qirqimdagi laboratoriya stendi.
2. Differensial va yarimoqlarning detallari.
3. Differensial va yarimoqlarni yorituvchi plakatlar majmui.


3.4. Ishni bajarish tartibi.
− 
Differensialning zaruriyati;
− 
Differensialninng vazifasi;
− 
Tasviriy chizmada differensialning ishlash uslubini o‘rganish;
− 
Differensialning sxemasini chizib, kinematikasini organish;
− 
Differensiallarning turlari va ularning sxemalarini, ishlash
prinsiplarini o‘rganish;
− 
G‘ildiraklararo simmetrik differensialning konstruksiyasini
o‘rganish;
− 
Differensial korpusi konstruksiyasini o‘rganish;
− 
Ikki va to‘rt satellitli differensialning konstruksiyasi va ularning
o‘rnatilgan joylarini organish;
− 
O‘qlararo nosimmetrik differensialning konstruksiyasi va ularni
o‘rnatilgan joylarini o‘rganish;
− 
Ishqalanish yuqori bolgan differensialning vazifasi, tuzilishi va
ishlashini o‘rganish;
− 
Mushtchali yuqori ishqalanishga ishlaydigan differensial
konstruksiyasini o‘rganish;
− 
Yarimo‘qlarning vazifasi va tuzilishini o‘rganish;
− 
Yarimo‘qlarning turlarini o‘rganish.
3.5. Ish bo‘yicha hisobot.
1. 
Differensial va yarimo‘qlarning vazifasi.
2. 
Simmetrik va nosimmetrik differensialning sxemasi.
3. 
Yarimo‘qlarning sxemalari.
4. 
Differensial va yarimo‘qlarning asosiy parametrlarining qiyosiy
jadvali:

Ko‘rsatkichlar
Avtomobil turi
Neksiya Damas MAN Matiz
1. Differensial turi
2. Satellitlar soni
3. Yarimoqlar turi
4. Differensialning uzatish soni

Download 165,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling