3- laboratoriya mashg’uloti
Mavzu: Pythonda lo’g’atlar
Vazifani bajarish usuli :
DICTIONARY (LUG’AT)
Pythondagi lug`atlar kalit bo`yicha kirishga ruxsat etuvchi erkin obyektlarning tartiblangan jamlanmasi. Ularni yana assotsiativli massivlar yoki hesh jadvallar deb nomlaydilar. Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak lug’at xuddi manzillar kitobiga o’xshaydi, ya’ni biror insonning ismini bilgan holda uning manzili yoki u bilan bo’g’lanish ma’lumotlarini olish mumkin.
Dictionary – tartiblanmagan, o’zgaruvchan va indeksil to’plam. Bu to’plamda kalit-qiymat (key- value) tushunchasi mavjud, ya’ni maxsus kalit va ularga mos keluvchi qiymatlar juftlgidan tashkil topgan. Chap tarafda kalitlar, o’ng tomonda esa ularga mos keluvchi qiymatlar joylashgan bo’ladi. Buni hoir dictionary to’plamini hosil qilib bilib olamiz. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
avto = {
"brend": "Chevrolet", "model": "Malibu", "yil": 2016
}
print(avto)
dict() konstruktori bilan ham yangi to’plam hosil qilish mumkin. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
avto = dict(brend="chevrolet", model="Malibu", yil=2016) print(avto)
Dictionary elementlariga murojaat qilish uchun ularning kalitlarini kvadrat qavs ichida ko’rsatish yoki get() funksiyasidan foydalanish mumkin. Hozir ikkala usuldan ham foydalanamiz:
avto = {
"brend": "Chevrolet", "model": "Malibu", "yil": 2016
}
x = avto["model"]
Do'stlaringiz bilan baham: |