3- ma’ruza dielektriklarni qizdirish asoslari va qurilmalari. Reja Mikroto’lqinli pechlar
Elektrokimyo (anoddagi) silliqlash va yalti-ratish
Download 185.37 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektrokimyo (anoddagi) silliqlash va yalti-ratish - past tok zichligida
bajariladi va metallning makro va mikrorelefini hosil qiluvchi g‘adur-g‘udurlarini eritishdan iborat. Natijada sirtni mikrogeometriyasi yaxshilanadi, u silliqlanib oyna kabi yaltiraydi. Bu usulda sirtning g‘adir-budirligi mexanik silliqlash yoki yaltiratishdagi miqdorlariga teng bo‘ladi. Elektrokimyo silliqlash yoki yaltiratish jarayoni ishlov olayotgan sirtni chuqurchaklarida (anod) elektroliz jarayonida eritishni maxsulotlari yig‘iladi. Ular katta elektr qarshilikka ega va shuning uchun tok zichligi kamayadi (rasm -8.3). 3.6-rasm- Statsionar elektrolitda elektrokimyo silliqlash-yaltiratish sxemasi a-detalni sirtini ishlov boshlanishidagi mikrogeometriyasi va tokni chiziqlari; b- o‘shani o‘zi ishlov oxirida: 1-ishlovdagi detal; 2-elektrolit; 3-vanna; 4-katod; 5, 6- ishlov boshlanishidagi va oxiridagi tok chiziqlari; 7-manba. Sirtning balandliklarida elektr maydon konsentratsiyalanadi va tok zichligi ko‘payadi. SHuning uchun balandliklarni erish jaraeni ko‘p marta tezlashadi va metallni mikrosirtini ketma-ket tekislanishi sodir bo‘ladi. Tekislash va yaltiratish operatsiyalari odatda elektrolit tarkibini o‘zgartirmay bitta vannada ba-jariladi. Buning uchun sekin asta tok kamaytiriladi, bu tekislashga xarakterli bo‘lgan (R a 0,16 2,5 mkm) sirtni mikrogeometriyasidan tekis yaltiroq sirtga (R a 0,025 0,4 mkm) o‘tishga olib keladi. Metallning solishtirma hajmi tekislashda 50-100 mkm min bo‘ladi, yaltiratishda 0,5-5,0 mkm min bo‘ladi. Elekt-rolitni tarkibi va rejimni parametrlari metallni fizik-kimyo xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, VM-1 aralashmani tekislash va yaltiratishni birgalikda bajarish sulfat kislotani 85% eritmasida, tokni zichligi (1-4) 10 4 A m 2 amalga oshiriladi. Bunda vannadagi kuchlanish 20-30 V va xarorat 20-40 0 S bo‘ladi. Tekislash jarayonini muddati 5-6 min, yaltiratishniki 15-30 min. Elektrokimyo ishlovda energiya manbasi sifatida o‘zgarmas tok generatorlari yoki kuchlanishi 6-24 V va tok kuchi 12,5 kA-gacha bo‘lgan yarim o‘tkazgichli tug‘rilagichlar bo‘ladi. Mehnat havfsizligi shartlariga binoan to‘g‘rilagichga berilgan kuchlanish transformator orqali pasaytiriladi. Vannalar erga ulanib, ventilyasiya bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Vannalar oralari rezina gilamchalar yopilgan yog‘och pol bo‘lishi kerak. Download 185.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling