3- ma’ruza dielektriklarni qizdirish asoslari va qurilmalari. Reja Mikroto’lqinli pechlar
Materiallarga ishlov berishni elektr kimyo usullari
Download 185.37 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2.Golvanik elementlar. Galvanoplastika
- Galvanostegiya
Materiallarga ishlov berishni elektr kimyo usullari
Elektrolit-elektroliz. Bu usullar elektr tokining suyuqliklarni tok o‘tkazuvchi eritmalari-elektrolitlardan o‘tganda hosil bo‘ladigan xodisalarga asoslangan. Eritmalardan o‘zgarmas tok o‘tganda–elektroliz jaraenida-elektrolitda va o‘tkazgichlar sirtida (elektrodlar sirtida) har xil xodisalar sodir bo‘lishi mumkin: elektrolitdan modda zarrachalarini ajralishi va elektrodlarga qo‘nishi; metall elektrod (tok manbasini musbat qutbiga ulangan anod)-ni sirtini erishi; katod sirtida vodorod gazi va anod sirtida kislorod gazini ajrashi va boshqalar. Katod jaraenlari (katodda moddani ajrashi) galvanoplastikada, galvanostegiyada va boshqalarda keng qo‘llaniladi. Anod jaraenlari (anodni erishi) har xil elektrokime va kombinatsiyalangan ishlov berish usullarida (elektrokime travleniyasi-ishlov berish eki chiziqlar hosil kilish, silliqlash, polirovka kilish- yaltiratish, yaltiroq qoplama kilish, shakl berish, elektrokime tamg‘alash, charxlash, anod- mexanik ishlov berish, anod-abraziv ishlov berish va boshqalar) keng qo‘llaniladi 3.2.Golvanik elementlar. Galvanoplastika - bu metall va nometall buyumlarni sirtiga elektrokimyo yo‘li bilan metallarni yopishtirish. Galvanoplastika buyumlarni aniq nusxalarini- galvanonusxalarini olish uchun ishlatiladi, masalan: tipografik klishelarni tipik shtamplarini tayyorlash, musiqa plastinkalarini, aniq shtamplarni ishlab chiqish. Buning uchun buyumdan ottisk-teskari nusxa olinadi, uning nomi matritsa bo‘lib, u metall, qo‘rg‘oshin, mis yoki nometall bo‘lishi mumkin. Nometall (gips, yog‘och, plastmassa va h.) matritsalarga avval metall kukun, grafit yoki alyuminiy folga qoplanadi va bu bilan ularni sirtida elektr o‘tkazuvchanlik hosil qilinadi. Matritsani asl nusxadan oson ajratish uchun uning sirtiga skipidar, kerosin surtiladi va galvanik jarayondan oldin matritsa sirtini tozalanadi. Keyin matritsani galvanik vannaga solinadi va buyumning ichi bo‘sh aniq nusxasini olinadi. Galvanostegiya deb metall buyumni yuqori mexanik mustahkamlik va korroziyaga bardoshligini oshirish yoki tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun sirtiga elektrokimyo yo‘li bilan metal qoplashga aytiladi. Galvanostegiyaga nikellash, xromlash, mislash, kadmiylash, sirtni sink, qo‘rg‘oshin, ko‘mish, oltin bilan qoplash kabi jarayonlar qaraydi. Katodga qoplangan metall galvanik qoplashda mayda kristal tarkibga ega bo‘lishi kerak, sirtga tekis taqsimlangan, tarkibida bo‘shliqlar yo‘q va asosiy metall bilan mustahkam bog‘langan bo‘lishi kerak. Mexanik mustahkamlik va korroziyaga bardoshlikni oshirish uchun uglerodli po‘lat sirtiga galvanodiffuziya usuli qo‘llaniladi: galvanik qoplama berilgandan keyin issiqlik ishlov beriladi va bu bilan diffuzion qatlam hosil qilinadi. Po‘lat buyumlarni nikel yoki xrom bilan qoplashdan oldin qator xollarda detallarni mislab olinadi, keyin esa nikellanadi yoki xromlanadi. Ba’zida uch qavatli qoplama xam yaratiladi (mis, nikel, xrom). Bunday qoplamalar buyumlarni 480-500 0 C-gacha qizdirilganda ham oksidlanishdan saqlaydi. Kumushlash va oltinlash – asosan dekorativ maqsadlarda qo‘llaniladi. Oltinlash, kumushlash va mislashda qoplama yaxshiroq yopishishi uchun elektrolitga sian birikmalari qo‘shiladi. Download 185.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling