3- ma’ruza dielektriklarni qizdirish asoslari va qurilmalari. Reja Mikroto’lqinli pechlar
ishi deb ataladi. Ionni elektrolitdan metallga o‘tishi uchun esa gidratatsiya
Download 185.37 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrokimyoviy ekvivalent
ishi deb ataladi. Ionni elektrolitdan metallga o‘tishi uchun esa gidratatsiya
energiyasi deb ataladigan ma’lum ish bajarilishi talab qilinadi. Elektrolitlardan elektr tokini oqishi Elektrolitlarda ionlar molekulalar kabi tartibsiz harakatda bo‘ladi. Agar elektrolitlarga tushirilgan elektrodlarga elektr maydoni ta’sir etilsa, tartibsiz issiqlik harakatidan tashqari, ionlarning tartibli harakati yuzaga keladi. Bunda musbat ionlar - kationlar katodga qarab, manfiy ionlar - anionlar anodga qarab harakat qiladi. Belgilangan elektrodlarga etib borgan ionlar ularga o‘z zaryadlarini beradi, oddiy atom yoki molekulaga aylangach, elektrodlarda ajralib qoladi yoki elektrod materiali bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi. SHunday qilib, elektrolitlardagi elektr toki, o‘zidan, elektr maydonidagi ionlarning yo‘naltirilgan harakatini ifodalaydi. Metall va yarim o‘tkazgichlardan farqli, elektrolitlardan elektr tokining oqishi modda massasini ko‘chishi bilan birga kuzatiladi. Elektrolit qorishmasidan elektr tokining oqib o‘tishi davomida elektrodda ajralgan modda miqdori “q” Faradey qonuniga ko‘ra aniqlanadi. g= I bu erda - elektrokimyoviy ekvivalent, g/kl; I - tok, A; - tokning oqib o‘tish vaqti, s. Elektrokimyoviy ekvivalent - elektrolitdan bir kulon elektr zaryadi oqib o‘tganda ajralib chiqqan modda miqdori. Son ji’atdan bu miqdor modda kimyoviy elementining Faradey soniga nisbatiga teng. O‘z o‘rnida esa Faradey soni (F f ) bir gramm-ekvivalent modda ajralib chiqish uchun talab qilingan elektr zaryadi miqdoriga teng [F f = 96485 Kl/(g.ekv)]. Quyida elektr maydon ta’sirida elektrolitlardagi ionlarning harakatlanishini ko‘rib chiqamiz. Maydon ta’sirida elektrolitlarda harakatlanayotgan ion, suyuqlik molekulalari tomonidan ko‘rsatilayotgan qarshilik ostida bo‘ladi (doimiy tormozlanishda bo‘ladi). Buning oqibatida ionlar elektr maydoni tomonidan olingan energiyasini molekulalarga berib, ularning tartibsiz harakatini kuchaytiradi va natijada elektrolitlarning qizib borishiga sabab bo‘ladi. Ionlarning o‘ziga xos “erkin harakatlanishi masofasi” belgilab qo‘yilmaganligi sababli, ular harakat qilayotgan muhit ionlarga doimiy qarshilik ko‘rsatib turadi. Ionlarga ta’sir qilayotgan qarshilik tartibli harakat tezligining birinchi darajasiga proporsional bo‘ladi. F T =kv bu erda k - ishqalanish koeffitsienti. Elektronlarning harakati yo‘nalishida elektronlarga elektr kuchi Fe ta’sir ko‘rsatadi: F E =eE bu erda e - ion zaryadi. Agar harakatlanishning boshlanishida ion tezligi kichik qiymatga ega bo‘lsa, tezlik Fe kuchi ta’sirida ortib boradi. Tartibli harakatning o‘rtacha tezligi quyidagidan kelib chiqib aniqlanadi, Ft = Fe, yoki eE =kv, bundan v eE k E bu erda: =e/k- ionning harakatlanuvchanligi. Elektrolitdan o‘tayotgan tok zichligi: j=env=en E Musbat va manfiy ionlar tok zichligi hisobga olinsa: j=e(n + + +n - - )E bu erda n + , + ,n - , - - mos ravishda musbat va manfiy ionlar konsentratsiyasi va harakatlanuvchanligi. Elektrolitlarda tok zichligi j elektr maydoni kuchlanganligiga proporsional bo‘lgani sababli, barcha bog‘lanishlar Om qonuniga bo‘ysunadi. Elektrolit o‘tkazuvchanligi σ=e(n + + +n - - ) ionlar konsentratsiyasi va harakatlanuvchanligi ortishi bilan ortib boradi va ushbu holatni ionlar harakatlanuvchanligining ortishi va dissotsiatsiya darajasining o‘sishi bilan izohlash mumkin. Download 185.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling