3- ma’ruza dielektriklarni qizdirish asoslari va qurilmalari. Reja Mikroto’lqinli pechlar


Download 185.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana18.06.2023
Hajmi185.37 Kb.
#1561091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mikro’to’lqinli pechlar 
Dielektriklarni O‘YUCH li qizdirish yuqori chastotali qizdirishdan 
qizdiriluvchi jism yuzasidagi quvvatning zich joylashishi bilan farqlanadi va bu 
quvvat zichligi 2000 kVt/m
2
gacha bo‘lishi mumkin. O‘YUCH li qizdirish 
meditsina amaliyotida ham keng qo‘llaniladi. 
Maishiy hayotda O‘YUCH qurilmali pechlardan keng foydalmoqda. Quvvati 
0,6 – 3 kVt bo‘lgan O‘YUCH li plita tayyorlangan va muzlatilgan ovqatni 1 – 3 
minutda mazasiga va boshqa sifatlariga ta’sir qilmagan holda isitadi. 5.13 – 
rasmda O‘YUCH qurilmali plitaning sxemasi keltirilgan. 
Birinchi o‘ta yuqori chastotali, ya’ni mikroto‘lqinli pechlar o‘tgan asrning 
otmishinchi yillarida ko‘plab ishlab chiqarila boshlandi. Hozirda mikroto‘lqinli 
pechlar AQSH, Buyuk Britaniya, YAponiya, Koreya Respublikasi, Rossiyada 
ishlab chiqarilmoqda. Bu pechlar AQSH va Yaponiyada keng tarqalgan. 
Mikroto‘lqinli pechlarning aksariyati ko‘p rejimli qilib ishlab chiqarilmoqda. 
3.2 – rasm. O‘YUCH qurilmali plitaning sxemasi:
1 – rezonator; 2 – nur qaytaruvchi to‘siqcha; 3 – dissektor; 4 – qizdirilayotgan 
mahsulot 
Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan «Elektronika 3S» mikroto‘lqinli 
pechi faqat stol ustiga qo‘yilib ishlatiladi (5.14 – rasm). Pech konstruktiv jihatdan 
ishchi kamera, ventilyator, boshqarish paneli, to‘lqin tarqatuvchi tizimli 
elektromagnit to‘lqinlar generatori, elektr elementlari bloki va yuqori kuchlanishli 
transformator kabi qismlardan iborat.






3.3 – rasm. «Elektronika 3S» mikroto‘lqinli pech 
Ishchi kameraning ichida masaliqli idish qo‘yiladigan aylanuvchi likopcha 
joylashgan. Kamera ko‘rish oynasi va qulfli 7 eshikcha bilan zich yopiladi. Eshik 
ochilgan vaqtda pech qanday ish rejimida ishlayotganidan qat’iy nazar avtomatik 
ravishda tarmoqdan uziladi. Ventilyator generatorni sovutadi hamda ishchi 
kamerani shamollatadi. Boshqarish paneli elektron vaqt relesi va tarmoqqa ulanish 
ulagichidan iborat.
Barcha funksional bloklari o‘zaro bir – birlari bilan ajraluvchilar yordamida 
biriktirilgan bo‘lib, metalldan yasalgan va usti lok bilan qoplangan 6 korpusga 
montaj qilingan. Boshqarish paneli raqamli tablo 2, vaqtni boshqarish knopkasi 3, 
ish rejimlari knopkasi 4 va «tarmoq» knopkasi kabi elementlardan tashkil topgan. 
Vaqt oralig‘ini boshqarish ikki «tez» va «sekin» knopkalar yordamida amalga 
oshiriladi. Berilgan oraliqning hisoblanadigan vaqti 10 s. Ish rejimini tanlash 
quyidagi knopkalardan birini bosish bilan amalga oshiriladi («pishirish», 
«bug‘latish», «muzdan tushirish»). Korpus panelining ustki qismida ventilyasiya 
kanalining qopqog‘i 9 joylashgan. Korpus panelinig chap yonida lyuk oynasining 
qopqog‘i 8 joylashgan bo‘lib, shu qopqoq orqali kamerani yorituvchi lampasi 
almashtiriladi. Korpusning orqa panelida saqlagichlar va tarmoqqa ulanuvchi shnur 
joylashtirilgan. 
 Ko‘pgina hollarda O‘YUCH li qizdirishni boshqa turdagi qizdirish usulari 
bilan birga olib borish yaxshi samara beradi (masalan, issiq havo bilan). 
O‘YUCH li qurilmalar dielektriklarni elimlashda, oziq – ovqat 
mahsulotlarini muzdan tushirishda, tog‘ jinslarini maydalashda (bu holda 
nurlatgichlardan foydalaniladi) va boshqa texnologik jarayonlarda qo‘llaniladi.
O‘ta yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinlarning tirik organizmlarga 
biologik ta’siri, ya’ni qizdirishidan tashqari ayniqsa to‘g‘ridan – to‘g‘ri nerv 
tizimlarga ta’siri o‘ta xavflidir. SHuning uchun, bu qurilmalarni ishlatishda bu 
to‘lqinlarning ta’siridan odamlarni asrash uchun kuchli ekranlashtirish vositalari 
qo‘laniladi.

Download 185.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling