3- ma’ruza dielektriklarni qizdirish asoslari va qurilmalari. Reja Mikroto’lqinli pechlar


Materiallarga ishlov berishni elektr kimyo usullari


Download 185.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana18.06.2023
Hajmi185.37 Kb.
#1561091
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Materiallarga ishlov berishni elektr kimyo usullari 
Elektrolit-elektroliz. Bu usullar elektr tokining suyuqliklarni tok o‘tkazuvchi 
eritmalari-elektrolitlardan o‘tganda hosil bo‘ladigan xodisalarga asoslangan. 
Eritmalardan o‘zgarmas tok o‘tganda–elektroliz jaraenida-elektrolitda va 
o‘tkazgichlar sirtida (elektrodlar sirtida) har xil xodisalar sodir bo‘lishi mumkin: 
elektrolitdan modda zarrachalarini ajralishi va elektrodlarga qo‘nishi; metall 
elektrod (tok manbasini musbat qutbiga ulangan anod)-ni sirtini erishi; katod 
sirtida vodorod gazi va anod sirtida kislorod gazini ajrashi va boshqalar.
Katod 
jaraenlari 
(katodda 
moddani 
ajrashi) 
galvanoplastikada, 
galvanostegiyada va boshqalarda keng qo‘llaniladi. Anod jaraenlari (anodni erishi) 
har xil elektrokime va kombinatsiyalangan ishlov berish usullarida (elektrokime 
travleniyasi-ishlov berish eki chiziqlar hosil kilish, silliqlash, polirovka kilish-
yaltiratish, yaltiroq qoplama kilish, shakl berish, elektrokime tamg‘alash, 
charxlash, anod- mexanik ishlov berish, anod-abraziv ishlov berish va boshqalar) 
keng qo‘llaniladi 
3.2.Golvanik elementlar. 
Galvanoplastika - bu metall va nometall buyumlarni sirtiga elektrokimyo 
yo‘li bilan metallarni yopishtirish. Galvanoplastika buyumlarni aniq nusxalarini-
galvanonusxalarini olish uchun ishlatiladi, masalan: tipografik klishelarni tipik 
shtamplarini tayyorlash, musiqa plastinkalarini, aniq shtamplarni ishlab chiqish. 
Buning uchun buyumdan ottisk-teskari nusxa olinadi, uning nomi matritsa bo‘lib, u 
metall, qo‘rg‘oshin, mis yoki nometall bo‘lishi mumkin. Nometall (gips, yog‘och, 
plastmassa va h.) matritsalarga avval metall kukun, grafit yoki alyuminiy folga 
qoplanadi va bu bilan ularni sirtida elektr o‘tkazuvchanlik hosil qilinadi. Matritsani 
asl nusxadan oson ajratish uchun uning sirtiga skipidar, kerosin surtiladi va 
galvanik jarayondan oldin matritsa sirtini tozalanadi. Keyin matritsani galvanik 
vannaga solinadi va buyumning ichi bo‘sh aniq nusxasini olinadi. 
Galvanostegiya deb metall buyumni yuqori mexanik mustahkamlik va 
korroziyaga bardoshligini oshirish yoki tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun sirtiga 
elektrokimyo yo‘li bilan metal qoplashga aytiladi. Galvanostegiyaga nikellash, 
xromlash, mislash, kadmiylash, sirtni sink, qo‘rg‘oshin, ko‘mish, oltin bilan 
qoplash kabi jarayonlar qaraydi. 
Katodga qoplangan metall galvanik qoplashda mayda kristal tarkibga ega 
bo‘lishi kerak, sirtga tekis taqsimlangan, tarkibida bo‘shliqlar yo‘q va asosiy metall 
bilan mustahkam bog‘langan bo‘lishi kerak. Mexanik mustahkamlik va 
korroziyaga bardoshlikni oshirish uchun uglerodli po‘lat sirtiga galvanodiffuziya 
usuli qo‘llaniladi: galvanik qoplama berilgandan keyin issiqlik ishlov beriladi va 
bu bilan diffuzion qatlam hosil qilinadi. Po‘lat buyumlarni nikel yoki xrom bilan 


qoplashdan oldin qator xollarda detallarni mislab olinadi, keyin esa nikellanadi 
yoki xromlanadi. Ba’zida uch qavatli qoplama xam yaratiladi (mis, nikel, xrom). 
Bunday 
qoplamalar 
buyumlarni 
480-500
0
C-gacha 
qizdirilganda 
ham 
oksidlanishdan saqlaydi. 
Kumushlash va oltinlash asosan dekorativ maqsadlarda qo‘llaniladi. 
Oltinlash, kumushlash va mislashda qoplama yaxshiroq yopishishi uchun 
elektrolitga sian birikmalari qo‘shiladi. 

Download 185.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling