3- ma’ruza dielektriklarni qizdirish asoslari va qurilmalari. Reja Mikroto’lqinli pechlar
Download 185.37 Kb. Pdf ko'rish
|
Galvanostegiya vannalari. Galvanotexnik qoplash uchun vannalar odatda
po‘latdan tayyorlanadi, tuzli eritma ishlatilsa ularni plastmassa, rezina, ebonit bilan izolyasiyalanadi yoki kislota va issiqlikka qarshi laklar bilan bo‘yaladi (rasm 6.2). Katod (K) va anod (A) shinalari izolyator 3.5-Rasm. Galvanostegiya vannani sxemasi. (I)-larga o‘rnatiladi. Katod shinalariga ilmoqlar o‘rnati-lib, ularga buyumlar osib qo‘yiladi. Anod shinalari (elektrodlar) katodga qoplanadigan metalldan polosa shaklida tayyorlanadi. qator xollarda (masalan, xromlashda) qo‘rg‘oshindan eki qo‘rg‘oshin-surma aralashmadan erimay-digan anod tayyorlanadi. Bu xolda elektrolitga doim qoplanadigan metall tuzlarini qo‘shib turiladi. Elektroliz jarayonini tezlashtirish uchun elektrolit isitib turiladi. Galvanostegiya vannalari odatda o‘zgarmas tok generatorlari yoki yarim o‘tqazgichli o‘zgartirgichlardan energiya oladi. Elektrodlardagi kuchlanish 6-24V, tok esa jarayonni parametrlari va ishlov berilayotgan sirtni o‘lchamlariga qarab rostlanadi. Tokni zichligi 100-1000 A m 2 -gacha va undan yuqoriroq. Tok zichligini ko‘paytirilsa elektroliz tezlashadi, ammo qoplamani sifati pasayadi. Anod sirtidan olinayotgan metallni miqdorini Faradeyni birinchi qonuniga binoan topish mumkin: Q m K e It Bu ifodada: K e -massali elektrokime ekvivalenti, g (A soat); I-tok, A; t-ishlov berish vaqti, soat. M. Faradey topganki, har qanday metallni bir gramm- ekvivalentini eritish uchun 96500 A s eki 26.8 A soat bir xil elektr miqdori kerak bo‘ladi. YUqoridagi ifodadan foydalanib, har qanday metallni elektrkime ekvivalentini hisoblash mumkin, ya’ni elektrolitdan 1 A soat elektr o‘tganda anoddan ajraydigan metallni miqdorini (g) hisoblash mumkin: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling