3- ma’ruza dielektriklarni qizdirish asoslari va qurilmalari. Reja Mikroto’lqinli pechlar
Download 185.37 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘lchamli elektrokimyo ishlov. Asbob-katodni shaklini anod-zagotovkada
nusxalashdan iborat, zagotovka tokni maxalliy zichligiga qarab eriydi. Bu effektga erishish uchun elektrodlarni orasi (reaksiya zonasi) millimetrdan ozroqqacha kamaytiriladi va reaksiya maxsullarini olib ketuvchi elektrolitni o‘tish tezligi katta qilinadi. Natijada buyumning sirtini dastlabki mikrogeometriyasi va elektrolitni tarkibi doim tiklanib turadi, bu esa tok zichligini ming martagacha oshirishga (tekislashda Amperning bo‘laklaridan bir necha ming A m 2 -gacha) imkon beradi. Ja’mida juda yuqori unumdorlikka erishiladi (eriyotgan metallni 10000-lab mm 3 min). Ishchi asbob-katodning sarf bo‘lmasligida nusxalashning yuqori aniqligi va anod-zagotovkani sirtini tozaligi ta’minlanadi. Katta o‘lchamli buyumlarga ishlov berilganda, zagotovkadan ko‘p metall olinaetganda hamda qattiq qotishmalardan va chiniqtirilgan detallarga ishlov berilaetganda ayniqsa yuqori unumdorlikka erishiladi va hokazo. Zagotovkaga talab qilingan shaklni va o‘lcham-larni harakatsiz elektrod- asbob (nusxalash usuli) va harakatlanuvchi (masalan aylanuvchi) asbob yordamida berish mumkin. Ikkinchi xolda o‘xshash mexanik amallarni (shilish, kesish, tekislash va boshqalar) ki-nematikasini qaytarib natijaga erishiladi. Birinchisida asbobni ishlov olayotgan buyum bilan kontakti mavjud emas, chunki oraliqqa bosim bilan elektrolit beriladi. SHu sababli asbob yumshoq, tok o‘tqazuvchi materiallardan tayerlanishi mumkin. O‘lchamli elektrokimyo ishlov qo‘llaniladi: mexanik usulda qiyin ishlanadigan materiallardan tayerlanadigan, yuqori aniqlikka ega bo‘ladigan shtamplar, press-shakllarni ishlab chiqishda (rasm 47, a); murakkab shaklli sirtlarni hosil qilish uchun, murakkab shakldagi bo‘shliqlarni kesish, kalibrlash va o‘lchamlarini aniq miqdorlarga etqazish uchun (rasm 47, b); buyumlarga belgi qo‘yish va tamg‘alash uchun (rasm 47, v); qattiq aralashmalardan kesuvchi asboblarni charxlash uchun; ko‘p sonli teshiklarni (yumaloq, to‘g‘ri burchakli, fasonli va boshq.) hosil qilish uchun; Download 185.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling