3 -ma’ruza. Fagoцitoz. Reja


Adgeziya (ingl adhesion - yopishib olish)


Download 264.84 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi264.84 Kb.
#1064120
1   2   3   4
Bog'liq
maruza 3

2. Adgeziya (ingl adhesion - yopishib olish) - retseptorlar yoki nomaxsus fizik-kimyoviy ta`sirlar natijasida fagotsitlarning yot agentlarga yopishishi.
3. Endotsitoz - fagotsitlarning yot agentlarni qamrab olishi.
Endotsitozning 2 turi farqlanadi: diametri 0,1 mkm dan kichik bo`lgan moddalar pinotsitozi va diametri 0,1 mkm dan katta bo`lgan zarrachalar fagotsitozi. Bundan tashqari, fagotsitoz nomaxsus va maxsus yoki immun, ya`ni immunoglobulinlar, komplementning S3-fraktsiyasi va properdin(lot.pro-birga, ilgari; perdere – parchalamoq, o`ldirmoq ) orqali amalga oshirilishi mumkin. Buni immun fagotsitoz deb ataladi, chunki bu jarayonda maxsus antitelo va opsoninlar qatnashadi. Endotsitoz natijasida fagotsitar vakuol, ya`ni fagosoma hosil bo`ladi.
4. Yot agentning hujayra ichida parchalanishi. Bunda fagosoma fagotsitlarning lizosomalari bilan qo`shilib, fagolizosomalar hosil qiladi. Fagolizosomalar ichida yot agentlar lizosomal fermentlar ta`sirida parchalanadi. Fagotsitoz ikki xil bo`ladi: agar fagotsitoz qilingan mikroblar to`liq parchalansa, tugallangan fagotsitoz deyiladi. Agar mikroblar fagotsitlar ichida to`liq parchalanmasa, bu jarayon tugallanmagan fagotsitoz deb ataladi. Masalan, toksoplazma va sil mikobakteriyasi fagotsitoz qilinganda fagosoma lizosoma bilan birikmaydi, gonokokk, stafilokokk va streptokokkning A guruhiga kiruvchilar esa lizosomal fermentlar ta`siriga chidamli hisoblanadi, rikketsiyalar esa endotsitozdan so`ng fagotsitlar sitoplazmasi ichida uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.
Ko`pgina fakultativ va obligat hujayra ichi parazitlari fagotsitlar ichida ko`payib, ularning hujayrasini buzib chiqib ketadi.Yana bir holda esa fagotsitlar qamrab olgan mikroorganizmlarini chiqarib yuboradi. Bundan tashqari, makrofaglar tashqi muhitga tsitotsid yoki fagotsitoz qilinmagan mikroorganizmlarga bakteritsid ta`sir etuvchi moddalarni ajratadi. Kaltsiy, magniy tuzlari, elektrolitlar, komplement, limfokinlar, opsonin vazifasini bajaruvshi antitelolar, organizm haroratini oshiruvchi potogen moddalar fagotsitozni kuchaytiruvchi omillar hisoblanadi. O`z navbatida fagotsitozni susaytiruvchi omillarga bakteriya toksinlari va kapsulasi, leykotsidin, kortikosteroid, serotonin, xolesterin, alkaloid va boshqalar kiradi.

Download 264.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling