3 -ma’ruza. Fagoцitoz. Reja


Fagotsitoz hodisasini dastlab I.I. Mechnikov aniqlagan (1882)


Download 264.84 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi264.84 Kb.
#1064120
1   2   3   4
Bog'liq
maruza 3

Fagotsitoz hodisasini dastlab I.I. Mechnikov aniqlagan (1882). Ayrim hayvonlar ootsitlari, yo'ldosh hujayralari, tana bo'shlig'i devorini qoplab turadigan hujayralar va ko'z epiteliysi pigmentlar ham faol fagotsitoz qilish xususiyatiga ega. Fagotsitoz ketma-ket keladigan bir necha jarayonlar: fagotsitoz qilinayotgan ob'yektga yaqinlashuv, ob'yektning fagotsit hujayra sirtiga o'rnashib olishi, yutilishi va hazm qilinishidan iborat.Fagotsitozda hujayra membranasi yot zarrachalarni o'rab oladi va sitoplazma ichiga so'rib olib, fagosomalar hosil qiladi.
Lizosomadan fagosomaga gidrolitik fermentlar kelib quyiladi, yutilgan ob'yektni hazm qiladi. Hazm qilinmagan oziq qoldig'i uzoq vaqt hujayra ichida qolishi mumkin. Fagotsitoz asosan, yallig'lanish jarayonlarida, jarohatning bitib ketishida nospetsifik immunitet sifatida muhim ahamiyatga ega. Ba'zan " Fagotsitoz " va "pinotsitoz" terminlari endotsitoz nomi bilan yagona tushunchaga birlashtiriladi.
Fagotsitoz haqidagi ta`limot asoschisi I.I.Mechnikov, quyi – sodda organizmlarda fagotsitoz ovqat hazm qilish vazifasini amalga oshirishini, yuqori organizmlarda himoya funksiyasini bajarishini ko‘rsatib berdi. Ulug‘ rus olimi fagotsitar hususiyatga ega bo‘lgan hujayralar – fagositlarni mikrofag va makrofaglarga bo‘lib chiqdi. Mikrofaglar, ya`ni granulositlar (neytrofillar, eozinofillar) mikroblar tushgan joyda birinchi bo‘lib qarshilik ko‘rsatishadi. Makrofaglarga harakatchan qon monositlari(normal qonda topiladigan eng yirik hujayra yumaloq yoki birmuncha noto`g`ri shaklda, o`lchami 12-20 mkm), poliblastlar, gistiositlar (hajmining kichikligi yadrosining to`q bo`lib bo`yalishi bilan boshqalardan farq qiladi), harakatsizlariga esa – taloq hujayralari, limfatik to‘qima, qon-tomirlarning endoteliy hujayralari kiradi.
Yallig`lanish. Yallig’lanish jarayonlarida me’yorda uchrovchi makrofaglardan tashqari patologik holatlar makrofaglari ham paydo bo’ladi (ekssudat makrofaglari, ko’p yadroli gigant hujayralar, epitelioid hujayralar va boshqalar).



Rasm 1. Makrofag tomonidan mikroorganizmning qamrab olinishi

Mikrofaglarga neytrofillar, eozinofillar, bazofillar kiradi.


Mikrofaglarning makrofaglardan farqlari:
- butun organizm bo’ylab doimo stirkulyastiya qiladi;
- hajmi jihatdan nisbatan kichik;
- miqdor jihatdan nisbatan ko’p;
- makrofaglarga nisbatan kam yashaydi (masalan, neytrofillar hayoti davomiyligi 5-6 soat. Makrofaglar organizmdagi lokalizastiyasiga qarab 7 oygacha yashaydi, Kupfer hujayralari 21 kun, monostitlar esa 22 soat yashaydi);
- generalizastiyalangan immunitetni ta’minlaydi, makrofaglar esa mahalliy immunitetni ta’minlaydi.
Topshiriq

  1. Xemotaksis nima.

2. Adgeziya nima.
3. Endotsitoz.
4. Mikrofaglarning makrofaglardan farqlari
Download 264.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling