3- ma’ruza. O‘qish-yozish oqimlari (cin, cout) Reja


cin operatori va get funksiyasi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#189822
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza 3

cin operatori va get funksiyasi 

Qiymat  dastur  orqali  o‘qib  olinganida  probellar  qiymatlarning  ajratuvchisi 

sifatida qabul qilinadi. Agar probelning o‘zi qiymat sifatida olinishi kerak bo‘lsa get 

funksiyasidan foydalanish kerak: 

char ch1, ch2; 

int num; 

va quyidagi qiymatlar kiritilsin 

А 25 

Qiymatlarni kiritib olaylik: 



cin>> ch1 >> ch2 >> num; 


bu  operator  bajarilayotganda  ‘A’  qiymatni  ch1  o‘zgaruvchisiga  probel  belgisi 

tashlab  yuboriladi  va  ‘2’  qiymatini  ch2  o‘zgaruvchisi  va  5  qiymatini  num 

o‘zgaruvchisi qabul qiladi. Agarda siz probel belgisini ch1 o‘zgaruvchisiga va 25 

qiymatini ch2 o‘zgaruvchisiga o‘zlashtirmoqchi bo‘lsangiz, ko‘rinib turibtiki bunda 

siz  yuqoridagi  qiymatlarni  o‘zlashtirishda  >>  kiritish  operatoridan  foydalana 

olmaysiz. 

cin  kalit  so‘zi  orqali  kiritish  oqimidagi  bir  nechta  funksiyalarda  foydalana 

olishingiz  mumkin.  Belgilar  ketma-ketligini  o‘qib  olish  uchun  get  funksiyasidan 

foydalanish mumkin, uning strukturasi quyidagicha: 

cin.get(varchar); 

Misol uchun: 

cin.get(ch1); 

cin.get(ch2); 

cin >> num; 

quyidagi qiymatlar kiritiladi: 

А 25 


 

A qiymatni ch1 o‘zgarvchisi, probel belgisini ch2 o‘zgaruvchisi va 25 sonini num 

o‘zgaruvchisi qabul qiladi. 

cin.get()- funksiyasi belgi turidagi o‘zgaruvchiga faqat bitta belgini kiritish uchun 

mo‘ljallangan. Agarda bir nechta belgini kiritilishi kerak bo‘lsa, get funksiyasi bir 

necha marta chaqiriladi. 

 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling