kechiktiradi.
3. Kon joylashuvi chuqurligining ozgina oshishi, oldingi tavsiya etilgan
bilan taqqoslaganda shunga olib keladiki, jinslar siljishi zonasi stvolni qamrab
oladi.
Surilish zonasi orqasidagi jinslar ustki yondagi stvol joylashuviga quyilib
keladi, agar bu alohida sabablar bilan (ostki
yonda suv havzasi, daryo yoki
yuzaning tog‘li relefi mavjudligi) yuzaga kelgan bo‘lsa. Ba’zan stvol ustki
yondan o‘tadi, bu shuning uchunki, u erda boyitish fabrikasi joylashgan bo‘ladi,
qaysiki rudani tashish zarur bo‘lmaydi.
3.7-rasm. Ustki yonda joylashgan vertikal stvollar bilan qiyalama konni ochish: 1 – ventilyasion
stvollar; 2 – asosiy vertikal stvol; 3 – kvershlaglar; 4 – saqlovchi selik; 5 – ortlar.
Asosiy stvol kon chuqurligini kesib o‘tib, ustki yonda joylashishi mumkin
(3.7-rasm).
Bunday joylashuvning asosiy kamchiligi – saqlovchi
seliklarni qoldirish
zarurligi. Qatlamning qiyalama yotiqligida, qalinligi kamligida va katta
uzunligida ushbu sxema ishlatiladi. Bunda saqlovchi
selikda rudaning umumiy
zaxiralaridan uncha ko‘p bo‘lmagan miqdori qoladi. SHuni hisobga olish
lozimki, agar stvol odatdagi sxema bo‘yicha ostki yonda joylashgan bo‘lsa,
unda qatlamning qiyalama yotiqligida kvershlaglar juda uzun bo‘ladi.
Nihoyat, asosiy stvol konning yon tomonida,
jinslar surilishi zonasidan
tashqarida joylashishi mumkin. Bu holatda ruda tashish masofasi boshqa
barcha ko‘rib o‘tilganlarga (stvol rudali jism og‘irligi markaziga qarshi emas,
balki yon tomonlardan birida joylashgan) qaraganda uzun bo‘ladi. Bu
sxemadan uncha katta bo‘lmagan uzunlikdagi (bir
necha yuz metrdan bir
kilometrgacha) konlarni qazishda foydalaniladi. Ventilyasion stvollar konning
yon tomoniga, asosiy stvol joylashgan joyga qarama-qarshi
joylashtiriladi va
ikkita stvol mavjudligida qazib olish olib boriladi.
Boshqa barcha sxemalarda asosiy va yordamchi stvollar soni kamida uchta
bo‘ladi.