3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja
SHtolnyalar bilan ochish
Konlarni shtolnyalar bilan ochish – joyning tog‘li relefida asosiy sxema. Qatlamga nisbatan shtolnya har qanday tarzda o‘tkazilishi mumkin (qatlamning ham ustki yonidan, ham ostki yonidan, bu qatlamning yonbag‘irlikka (qiyalikka) nisbatan holati bilan aniqlanadi). SHtolnya og‘zi joylashuvi joyini tanlashda quyidagi holatlarni hisobga olish lozim. SHtolnya og‘zi vodiydan oqib o‘tayotgan daryo quyilishida suv sathidan yuqorida joylashgan bo‘lishi lozim. Tog‘ yonbag‘irlari (qiyaliklari) ko‘chkilar va o‘pirilishlarga duch kelmagan bo‘lishi lozim; yuzadagi inshootlar (dushli, lampali maishiy kombinat, kiyim saqlash joyi, kontora binosi) joylashgan maydonga ega bo‘lishi zarur. SHtolnyadan rudani, ko‘pincha, osma yo‘llar yordamida tashiladi, qabul qilish stansiyasi shtolnya og‘zi yaqiniga joylashtiriladi. Kishilarni tashish ham ko‘pincha, maxsus qabul qilish stansiyasi talab etiladigan yuk tashishga bog‘liq bo‘lmagan holda, osma yo‘l orqali amalga oshiriladi. Oxirida shtolnya og‘zi yaqiniga ko‘pincha mexanik ustaxona va elektr podstansisi qurishga to‘g‘ri keladi. SHtolnya bilan konni ochishda yuqori qatlamlar bilan aloqa qilish uchun ko‘pincha yordamchi to‘siq stvollar va barcha yuqorida joylashgan qavatlardan asosiy shtolnya qatlamiga rudani o‘tkazish uchun ruda tushirgichlar o‘rnatiladi (3.10-rasm). 3.10-rasm. SHtolnya bilan konni ochish: 1 – asosiy shtolnya; 2 – ventilyasion shtolnya; 3 – yordamchi to‘siq stvol; 4 – ruda tushirgich. SHtolnyalar bilan ochishning afzalligi rudani ko‘tarishga va suv chiqarib tashlashga xarajatlar yo‘qligida, hamda yuzadagi qurilmalarning oddiyligidadir (koperlar, shaxta usti qurilmalari va b.lar yo‘q). SHtolnya bilan ochishga Tыrnыauz shahridagi (Kabardino-Balkariya) volfram-molibden konini ochish misol bo‘ladi. Tik joylashgan volfram-molibden koni tog‘larda, dengiz sathidan 2000- 3000 m balandlikda joylashgan. Rudali jism qattiq skarnlardan, ustki yoni rogoviklardan, ostki yon marmardan to‘plangan. Rejada kon taqa shakliga ega. Konning normal qalinligi 5 dan 100 m.gacha o‘zgaradi. Kon uchta asosiy shtolnyalar: «Kapitalnaya», «Zmeyka» i «Glavnaya» bilan ochilgan. «Kapitalnaya» shtolnya sathiga yuqorida joylashgan qatlamlardan ruda 200 m balandlikdagi ikkita ruda tushirgichlar bo‘ylab tushiriladi, «Glavnaya» shtolnyasi sathiga–600 m balandlikdagi ikkita ruda tushirgichlar bo‘ylab tushiriladi (3.11-rasm). YUqori qatlamlarga kishilar va materiallarni etkazish uchun shtolnyadan yuqoriga to‘siqli stvollar o‘tkazilgan. Bu stvollar ventilyasiya uchun ham qo‘llaniladi. 3.11-rasm. Tыrnыauzsk volfram-molibden konini ochish: shtolnyalar: 1 – «Glavnaya»; 2 – «Zmeyka»; 3 – «Severnaya»; 4 – «Kapitalnaya»; 5 – shtolnya №15; 6 - «Xodovaya»; 7 – shtolnya №18; 8 – ruda tushirgichlar, to‘siqli stvollar; 9 – «Kapitalnыy»; 10 – «Slepoy»; 11 – «Pik». Qiya tushish yo‘llari bilan yoki avtoqiyaliklar bilan ochish konni qazishning uncha katta bo‘lmagan chuqurligida va konning yuqori bo‘lmagan unumdorligida amalga oshiriladi (3.12-rasm). Qiya tushish yo‘llari bilan yoki avtoqiyaliklar bilan ochishda ruda qazish joyidan yuzagacha ortiqcha yuklanishsiz samosvallarda tashiladi. 3.12-rasm. Spiralli tushish yo‘li yoki avtoqiyalik bilan ochish sxemasi Katta tik konlarni ochishda qiya tushish yo‘llari bilan yoki avtoqiyaliklar juda kam qo‘llaniladi, chunki ularning uzunligi katta va ulardan foydalanish, vertikal ko‘tarilishlarga qaraganda, qiyin va qimmat. Biroq, bunday ochish sxemasiga misol mavjud – bu Rossiya «Pechenganikel» kombinatidagi «Severnыy» koni, Germaniyadagi «Bernburg» tuz koni, AQSHdagi «Bovers- Kempbel» rux koni. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling