3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


Gorizontal va qiya konlarni ochishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

Gorizontal va qiya konlarni ochishning o‘ziga xos xususiyatlari 
Gorizontal qatlamlarni qazishda ikkita asosiy holat uchraydi. Birinchisi
qachonki kon rejada nisbatan uncha katta bo‘lmagan o‘lchamga ega bo‘lsa.
Bunday sharoitlarda stvollarni jinslar surilishi zonasidan tashqarida 
joylashtirish maqsadga muvofiqdir, bunda asosiy stvolni – taxminan qatlam 
og‘irlik markazi qarshisiga, ventilyasiya stvollarini esa – yon tomonlarga 
joylashtirish. Umuman, echim xuddi tik konlarni qazishdagi kabi bo‘ladi. Agar 
konning unumdorligi katta bo‘lmasa, unda ikkita stvol bilan chegaralansa bo‘ladi: 
asosiy stvolni konning bir yonidan o‘tkazish, ventilyasiya stvolini esa boshqa 
yonidan o‘tkazish lozim. 
Agar rejada konning o‘lchamlari juda katta bo‘lsa, ikkinchi holat yuzaga 
keladi. Bunday kon taxminan to‘g‘ri burchakli shakldagi shaxta maydonlariga 
bo‘linadi, bunda bir vaqtda faqat maydonning bir qismi qazishga jalb qilinadi. 
Saqlovchi seliklar qoldirmaslik uchun, asosiy va ventilyasiya stvollari ikkinchi 
navbatda qaziladigan qo‘shni shaxta maydonlarida joylashadi. 
Ventilyasiya stvoli asosiy stvoldan 20-30 m uzoqlikdan o‘tishi mumkin. 
Unda shaxta maydonini qazish uchun bitta ventilyasiya stvoli etarlidir. Bu 
holatlarning barchasida vertikal hamda qiya stvollarni qo‘llash mumkin.


3.6. Qazishning dastlabki chuqurligi va stvollarni chuqurlatish odimi. 
Agar aniqlash uncha katta bo‘lmagan korxona foydalanishi uchun kon 
zaxirasi 15-20 yilga etishini, katta konlardagi zaxiralar 30-40 yilga etishini 
ko‘rsatsa, konni qazish boshlanadi. Konni qazib olish jarayonida muntazam 
ravishda aniqlab borish o‘tkaziladi. CHuqurlikka qarab qatlamlar tarqalishi 
kuzatiladi, yangi rejali jismlar aniqlanadi. Ko‘pincha konlar o‘n yillab qazib 
olinadi. 
YOtiqlik burchagiga, yotiqlik bo‘yicha uzunligiga va tarqalish 
chuqurligiga bog‘liq holda, kon 30 dan 150 m gacha va undan ortiq balandlikdagi 
bitta yoki bir nechta qatlamlar bilan ochilishi mumkin. 
Agar kon bir nechta qatlamlar bilan ochilsa, unda ularning har biri 
stvoldan o‘tgan kvershlaglar bilan ochiladi. Kvershlaglar bo‘ylab tashish, 
odatdagidek, 
elektrovozlar 
yordamida 
amalga 
oshiriladi. 
Rudali 
vagonetkalardan skiplarga yuklash uchun stvollar maydalash-yuklash uzellari
bilan jihozlanadi. Ularning sonini qisqartirish uchun ruda bir nechta 
qatlamlardan stvoldagi asosiy ruda tushirgich bo‘ylab bitta qatlamga o‘tkaziladi, 
oldindan er ostida maydalashdan so‘ng undan yuzaga ko‘tariladi. Ba’zan, 
transport xarajatini kamaytirish uchun ruda tushirgichlar rudali jism yaqiniga 
o‘tkaziladi va ruda stvolga faqat bitta –pastki qatlam bo‘ylab tashiladi. Bu 
qatlam konsentratsion qatlam, qolganlari esa oraliq qatlam deyiladi. 
Vagonetkalarda kletli stvollar bo‘ylab rudani berishda ko‘tarish har bir 
qatlamdan amalga oshiriladi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling