3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi
Stvollarni birdaniga kon tarqalishining butun chuqurligiga har doim ham
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja
Stvollarni birdaniga kon tarqalishining butun chuqurligiga har doim ham
o‘tkazib bo‘lmaydi, chunki: • cheklangan chuqurlik, odatda, noma’lum bo‘ladi; • stvollarni saqlab turish ma’lum xarajatlarni talab qiladi va oldin o‘tgan stvollarni uzoq muddatga saqlab turgandan, zaruratga ko‘ra stvollarni kovlash iqtisodiy tomondan tejamlidir; • Butun chuqurlikka stvollarni kovlab borish ko‘p asosiy mablag‘lar sarflashga va yirik moliyaviy mablag‘larni uzoq vaqtga muzlatib qo‘yishga olib keladi. Ochish birinchi navbatining maqbul chuqurligini va chuqurlatishning keyingi odimini qator variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash yo‘li bilan aniqlash mumkin. Krivorojsk havzasi amaliyotini ko‘rib chiqamiz. XX asrning birinchi choragida 100 m.gacha chuqurlik bilan uncha chuqur bo‘lmagan stvollar yordamida rudani er ostida qazib olish boshlandi. 30-yillardagi aniqlashlar ruda zaxiralarining kamida 500 m chuqurlikka tarqalganini ko‘rsatdi. Bu davrda 500 m chuqurlikkacha kondan foydalanishga mo‘ljallangan stvollar o‘tkazildi (Krivorojsk havzasi konlarining birinchi qayta tiklanishi). Stvollar avval 100-150 m chuqurlikka kovlab borildi, so‘ngra esa har safar bitta qatlam (qavat) balandligiga, ya’ni 60-80 m metrga chuqurlashtirildi. Ayrim hollarda chuqurlatish birdaniga ikkita qatlamda olib borildi. 50-yillar o‘rtalariga kelib, konni qazib olish loyihaviy chuqurlikka yaqinlashdi. Biroq oldindan aniqlash shuni ko‘rsatdiki, temir rudasi zaxiralari hali tugamagan va kamida 1200-1500m chuqurlikka cho‘zilgan. XX asrning 50-yillar oxiri va 60-yillar boshida 1200-1500 m loyihaviy chuqurlikli yangi stvollar o‘tkazildi va hozirgi vaqtda ham foydalanilmoqda (konlarning ikkinchi qayta tiklanishi). Dastavval ushbu stvollarning chuqurligi 500- 800 m. tashkil etdi. Stvollarni chuqurlashtirish odimi bir-ikki qavatga teng, (80-160 m). Ushbu temir ruda konlari amaliyoti, asosan, dastlab 2-3 qavatlar ishini ta’minlovchi chuqurlikka stvollarni kovlab borishdan iborat. Keyinchalik stvollarni chuqurlashtirish 1-2 qavatda olib borildi. Bunga mos ravishda stvol oldi qo‘rasi lahimlari kompleksi, maydalash qurilmalarini ham kiritgan holda, 1-2 qavatlardan so‘ng (orqali) joylashdi. Texnologik va iqtisodiy mulohazalar bo‘yicha stvollarning dastlabki chuqurligi 75-80 m balandlikli kamida 4-5 qavatlarni, chuqurlatish odimi esa - 300-400m. tashkil etishi lozim. Ko‘pgina xorij konlarida stvollarning dastlabki kovlab borish 4-7 qavat va undan ortiq chuqurlikka amalga oshirilgan. Bunday holatlarda bir nechta qavatlardan ruda ruda tushirgichlar bo‘ylab stvol oldi qo‘rasi lahimlari va maydalash qurilmalari joylashgan asosiy konsentratsion qatlamga o‘tkaziladi. Ruda 300-400 m va hattoki 600-900 m pastga o‘tkazilgan misollar ham mavjud, bu Frud-Stobi (Kanada), Tыrnыa-uzskiy VMK konlaridir. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling