3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

 RUDA KONLARINI TAYYORLASH 
 
Ruda konlarini qazib olishda qatlamlarni tayyorlash sxemalari. 
 
Tashib chiqarish qatlamlarida lahimlarni joylashtirish. 
 
Tayyorlash – konning ochilmagan uchastkalarini qazish bloklariga va 
panellarga bo‘lish uchun, qazib olishni ta’minlash uchun kon lahimlarini 
o‘tkazish. 
Tayyorlov lahimlari – tashib chiqarish (transportli) va ventilyasion 
shtreklar va kvershlaglar, ortlar, turli vazifali blokli ko‘tarmalar
(vosstayuщie), blokli yoki panelli ruda tushirgichlar, qatlamlar o‘rtasida 
o‘ziyurar jihozlarni siljitish uchun qiya tushish yo‘llari. 
Tayyorlov lahimlarining vazifalari quyidagilardan iborat: 
• qavatni, shaxta maydonini, bloklar yoki panellarni tegralash (ajratish) ; 
• konning umumiy transport tarmog‘i bilan bloklar (panellar) aloqasini 
hosil qilish; 
• ish joylarini samarali shamollatishni ta’minlash; 
• qazish joylariga erkin kirishni va ulardan avariyali chiqishni ta’minlash, 
qazish joylarini jihozlar, materiallar, energiya bilan ta’minlash, qazilgan rudani 
yuqori unumdorlikda berish. 
3.18-rasm. Rudali qatlamni dalada tayyorlash sxemasi: 1 – rudali jism; 2 – ostki yon jinslari; 3 
– ostki yon shtreki; 4 –yuklash orti; 5 – qavatli ochuvchi kvershlag; 6 – burg‘ilash oraliq 
qavatlari; 7 – ventilyasion qatlam lahimi; 8 – blokli ko‘tarma (vosstayuщiy); 9 – ko‘tarmaning 
oraliq qavatlar bilan tutashmasi; 10 – yuklash punktlari; 11 –ustki yon shtregi 
Tayyorlov lahimlarining joylashuv o‘rniga ko‘ra tayyorlashning uchta 
usulini aniqlash mumkin: 
• rudali (lahimlar ruda bo‘ylab o‘tgan); 
• jinsli (lahimlar bo‘sh jinslar bo‘ylab o‘tgan); 
• aralash, o‘zida rudali va jinsli belgilarni birlashtirgan.
Rudali tayyorlov tik qalinligi kam qatlamlarda, har qanday yotiqlikdagi 


qalin qatlamlarda, qatlam asosi bo‘ylab rudani tashish bilan (uncha katta 
bo‘lmagan yotiqlik burchaklarida elektrovozlardan tashqari har qanday 
transportdan foydalaniladi) saqlanadigan joylashuvli qiya va gorizontal 
qatlamlarda qo‘llaniladi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling