3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


SHunga muvofiq, tayyorlovning barcha usullari ikkita sinfga bo‘linadi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

SHunga muvofiq, tayyorlovning barcha usullari ikkita sinfga bo‘linadi: 
• panelli tayyorlov; 
• qavatli tayyorlov. 
Gorizontal va qiyalama qatlamlar svitalarini tayyorlashda ayrim o‘ziga 
xoslik yuzaga keladi. Agar bunda svita vertikal bo‘ylab yuz metrlargacha 
tarqalsa, unda bu holatda ham qavatli hamda panelli tayyorlov qo‘llaniladi. 


Panelli tayyorlov panelning qanday qismlarga bo‘linishiga bog‘liq holda, 
uchta usulni o‘z ichiga oladi: 
1. Asosiy shtreklar o‘rtasida joylashgan kamerali panelli. 
2. Panelli shtreklar o‘rtasida joylashgan kamerali panelli. 
3. Panelli-ustunli. 
Qavatli tayyorlov konning xususiyatiga bog‘liq holda, ikkita usulga 
bo‘linadi: 
1. Tik va tik qiya qatlamlar uchun qavatli. 
2. Katta qiyalama va qiya qatlamlar svitalari uchun qavatli.
Lahimlarni o‘tkazishda rudaning yo‘ldosh (qo‘shimcha) qazib olinishi 
qazish ishlariga qaraganda ancha qimmat bo‘ladi. Bundan tashqari, tayyorlov 
lahimlarini bo‘sh jinslardan kovlab o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun 
konni tayyorlashga asosiy talab - tayyorlov va qirqish lahimlari soni eng kam 
bo‘ladigan tayyorlov usulini va qazish tizimini tanlash. 
Tayyorlov usulini baholash uchun 1000 t qazilgan rudaning bir metrida 
tayyorlov va qirqish lahimlari soni kabi ko‘rsatkichdan foydalaniladi, yaxshi 
holatda u qazib olinadigan zaxiralarning 2-3 m/1000 tonnasini, yomon holatda esa
5-10 m/1000 gacha tonnani tashkil etadi.
Oxirgi yillarda bu qoida ayrim istisnoliklarga ega. Tuz va gips konlarini 
qazishda lahimlarni o‘tkazishda qo‘llangan kombaynlar turidan foydalanila 
boshlandi. Lahimlar foydali qazilma bo‘ylab o‘tkaziladi. SHunday qilib,
tayyorlov va qirqish lahimlarini o‘tkazishda, shuningdek, qazish ishlarida 
rudani qazib olish taxminan bir xil turadi. Bu holatda ruda bo‘ylab lahimlarni 
o‘tkazishda tejamkorlik qilish maqsadga muvofiq emas. 
Bundan tashqari, konni tayyorlash va qirqish shunday amalga 
oshirilishi lozimki, bunda qazish bloklarining yaxshilab shamollatilishi 
ta’minlangan bo‘lishi, kon ishlarini xavfsiz olib borish qoidalariga rioya 
qilinishi, tayyorlovga xarajatlar kam bo‘lishi, jihozlar, materiallar va kishilarni 
etkazish uchun maqbul sharoitlar ta’minlanishi lozim. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling